|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 31/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism:
Bola tarbiyasi g'oyat nozik, bu narsa vaqtni qo'ldan boy bermay, doimo, muntazam shug'ullanishni talab etadi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
25-mavzu: Onajonlar, sizga ta`zim! (8-mart-Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga ota-onaga hurmat,ularga mehribon farzand bo`lish hislarini singdirish.O`quvchilarda ma`naviy qadriyatlarimizga,urf-odatlarimizga bo`lgan hurmatni,Ona-Vatanga muhabbat hislarini tarbiylash. O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoiry gazeta.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi
II.Asosiy qism:
“Alla” qo`shig`i tinglanadi.
Aqliy hujum:
-Nega go`dak alla aytilsa,osuda uyquga ketadi?
-Allada ne sinoat bor?
-Siz ham buvijonlaringiz,onajonlaringiz allasini eshitib uxlaganmisiz?
-Ularning allasini nima uchun yoqtirasiz?
Javoblar umumlashtirilish jarayonida mavzuga yana bir bor to`xtalib o`tiladi.
-Alla o`ziga xos qudratga ega bo`lib,u orqali bildirilgan ulug` niyatlar,ezgu tilaklar go`dakning insofli,diyonatli bo`lib kamol topishiga hissa qo`shadi.Shunisi diqqatga sazovorki,buyuk Vatanimizda onalar va bolalarga e`tibor bosh o`ringa qo`yilgandir.O`zbekiston aslida onalar va bolalarni e`zozlagan jannatmakon yurtdir.Ana shu yurtning onalari tamom boshqacha.Ular o`zini emas,ko`proq farzandi baxtini,saodatini,kelajagini o`ylaydi.Hayotda farzand kamoli ular uchun asosiydir.Onalar farzandlari yuragiga yoshlikdan millat va vatanga muhabbat urug`ini sochadi.Ulg`aygach,ona yurtiga sadoqatli,jasur hamda matonatli,halollikni boshida ko`targuvchi diyonatli inson bo`lib kamol topishini istaydi.
Zero,shoir aytganidek:
Oilaga qut bergan,
Bolaga oq sut bergan.
Baxt bersa ham but bergan,
Muborak hadislarda ham onalarga hurmatda bo`lish alohida ta`kidlanadi.
-Bir kishi Rasulullohdan:”Men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi?”,deb so`rabdi.”Onangga”,debdilar Rasululloh.U kishi savolni uch marotaba qaytaribdi.
Rasululloh. .”Onangga”,deyaveribdilar.To`rtinchi marotaba yana so`rabdi. Shunda
”Onangga va keyin otangga”,deb javob beribdilar janobi Rasululloh.
Nima uchun payg`ambarimiz shunday javob beribdilar? Chunki hamma odamning o`z onasi oldidagi farzandlik qarzi hech qachon tugamaydi,poyoniga yetmaydi.
Onamiz dunyodagi eng buyuk zotdir,onamiz quyoshimiz,oyimizdir,biz uchun eng mo`tabar bo`lgan aziz insondir.
|
| |