• Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • M illiy va umummadaniy kompetensiya
  • Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 24,35 Mb.
    bet27/42
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,35 Mb.
    #100260
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
    Bog'liq
    3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    III Yakuniy qism: Navoiy oz she`larida Vatan madhini jo`sh urib kuylagan
    O`zbek xalqining , o`zbek adabiyotining sevimli adiblari asarlari va ishlari davomchilari hamda yurtimizga munosib farzand bo`lish bizning vazifamizdir.
    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
    21-mavzu: Bobolarimiz me’rosi Z.M.Bobur tavallud kunlari oldidan)
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Bobur hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar.
    Asarlaridan namunalar.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
    II. Asosiy qism:
    Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
    Z ahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga
    5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr) da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.
    Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar avlodining vakili bo`lib,bolaligidan ot bilan sirlashib katta bo`lgan. Bu haqda “Boburnoma”asarida yozib qoldirgan. Unga ko`ra Bobur 10 yoshida yurib ketayotgan ot ustida turib raqsga tusha olgan, tengqurlari bilan ot sportiga oid barcha o`yinlarda qatnashgan.
    Bobur Samarqand uchun olib borilgan kurashlarda oz askarlari bilan qurshovda qolishadi. Uzoq kunlik qamalda otlarni yo`qotmaslik chorasini o`ylab topadi. Suvga yog`ochlarni ivitib, ularning qipig`lari bilan otlarni oziqlantirishadi. Uzoq safarga chiqqanda otlarni toliqtirib qo`ymaslik uchun ot qadamlarini sanaydigan kishilarni tayinlab qo`yadi . Ma`lum masofani bosib o`tgach, ularni oziqlantirishgan,dam berishgan. Chunki,ko`p yurgan otlar tashnalikdan, yoki tez chopganidan og`izlari ko`pirib, nobud bo`lishi mumkin edi.
    Bobur Samarqandda bir necha yil yashab ijod qildi, Xalqning farovonligi uchun bor kuchini ayamadi. Uning hayoti xavf ostida qolganda ham o`z yurtini tashlab ketish oson bo`lmagan . Hayotining so`nggi yillari Hindistonda o`tgan , hind xalqi shoirning san`atiga, uning asarlariga hurmat bilan qarashgan, unga yordam berishgan . Hindistonda Bobur tomonidan qurilgan Tojmahal saroyi yer yuzining tirli yerlaridan borgan sayyohlarning muqaddas qadamjolariga aylangan.
    Bobur mehribon ota sifatida ham tan olingan. O`g`li Humoyun mirzo qattiq betobligida ollohdan yolvorib” unung dardini menga ber-u, bolamni darddan xalos qil,” degan nolalari tufayli balki Humoyun mirzo darddan xalos bo`lgandir.

    Download 24,35 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




    Download 24,35 Mb.