|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 24/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism: O`quvchilar fikrlarini xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
19-mavzu: Ko`hna obidalar-tarix guvohi
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga “Vatanimiz tarixiy obidalarga boyligi,bu obidalarimiz tariximizning ulug`vorligi va ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat ekanligi haqida ma`lumot bеrish.
O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,ko`hna tariximizga hurmat va qiziqish uyg`otish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Darslik, mavzuga oid turli xil rangli rasmlar. o`quv matеrillari, tushuntiruvchi chizmalar va ona diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar.
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. O`qituvchi “Vatanni sevish nima” mavzusi yuzasidan savol –topshiriqlarga javob olib , mavzuni mustahkamlaydi.
II.Asosiy qism: O`zbekiston siyosiy xaritasi yordamida tarixiy shaharlarni ko`rsatish, u yerdagi obidalarni rasmlar yordamida ko`rsatish va asoslash. Yurtimizda ajdodlarimizdan qolgan juda ko`p tarixiy obida-yodgorliklar bor.Ular O`zbekiston tarixining turli davrlarida yashb o`tgan ulug` kishilar,podsholar va vatan qahramonlari,ilm egalariga atab bunyod etilgan. Bu osori-atiqalar ming-ming yillik tariximizdan so`zlab,guvoh bo`lib turibdi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida:”Har bir fuqaro O`zbekiston xalqining ma`naviy va madaniy merosini asrab-avaylashi lozim”ligi qayd etilgan.Bunday yodgorliklarni qasddan nobud qilish jinoyat hisoblanadi.
Tarixiy,madaniy yodgorliklar davlatimiz tomonidan himoyalanadi.Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan.Respublikamizdagi ayrim tarixiy va madaniy yodgoliklar UNESCO Xalqaro tashkiloti tomonidan ham nazorat qilinadi.
|
| |