|
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
|
bet | 23/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiAxborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Tarbiyaviy mashg`ulot jihozi:yo’l harakati qoidalariga oid plakatlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
Ma`naviyat daqiqasi
II.Asosiy qism: O’qituvchi:
P iyodalarning ko'chadan kesib o'tish joylari yo'lning transport yuradigan qismida chizilgan chiziqlar bilan ajratiladi yoki axborot - ko‘rsatkich belgilari bilan ko'rsatiladi.
B u - piyodalar o'tish joyining belgisi. Ko'chani faqat piyodalar uchun mo'ljallangan joydan kesib o‘t.
Svetofor o'matilmagan piyodalar o'tish joyi ,,zebra“ shaklidagi chiziqlar bilan belgilangan.
Piyodalar o'tish joyida svetofor o'matilgan bo'lsa, o'tish joyi i yuqorida ko'rsatilganday belgilanadi.
Agar piyodalarning o'tish joyi chorrahaning faqat bir tomonida bo'lsa, anashu ko'rsatilgan joydangina o'tish mumkin.
Yuqoridan chapda ko‘rsatilgan belgi oldinda piyodalarning o'tish joyi borligi haqida ogohlantiradi.
O ’ngdagi rasmda esa keng va serqatnov ko'chalarda piyodalar o'tish joyining o'rtasidagi „xavfsizlik orolchalari" ko'rsatilgan bo‘lib, piyodalar u yerda mashinalar oqimining o'tib ketishini kutib turishlari mumkin.
Transport harakati serqatnov bo'lgan yo'llarda piyodalar yo‘l ustidagi ko'priklardan o'tishlari mumkin.Transport va piyodalarning harakati juda ham gavjum bo'lgan katta shahar ko‘chalarida piyodalar yerosti yo'lidan o'tadilar. Bunday o'tish joylari ham yo‘l belgilari bilan ko’rsatiladi.
Piyodalarning o'tish joyi ko'rsatilmagan yo'llarda bir tomondagi yo'lkaning burchagidan ikkinchi tomondagi yo'lka burchagiga o‘tish kerak. Bu xavfsizroq.
Agar ko'cha juda ham serqatnov bo'lsa, kattalardan yoki militsiya xodimidan yo'ldan o‘tkazib qo'yishlarini iltimos qil. Ular senga yordam berganlari uchun minnatdorchilik bildirishni unutma
Yo‘lning o'rtasiga borib to‘xta. Agar transport harakati boshlangan bo'lsa xavfsizlik orolchasi“ da kutib tur.
|
| |