|
Milliy va umummadaniy kompetensiya
|
bet | 26/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiMilliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Alisher Navoiy hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar. Asarlaridan namunalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II.Asosiy qism: O`qituvchi:
Jahonki, muqaddas neni ko`ribdi,
Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Xalqim, ta`zim etsang arzigay tamom.
Asrlar qa`ridan boqib turibdi,
Uning nomi bilan birga bitilgan
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Dunyo daftariga o`zbek degan nom.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil, 9-fevralda Hirotning Bog’i Davlatxona atalmish joyida dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad ( G’iyosiddin Kichkina) Тemuriylar saroyida amaldorlardan, onasi Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher 7-8 yoshlarida she`r yoza boshladi.
U Mavlono Lutfiyni o’z ustozi deb bilar edi. Lutfiy yosh Alisherning qobiliyatiga qiziqdi, iste`dodiga yuksak baho berdi. Aziz bolalar , bu misralar orqali kimni yodga olyapmiz? Bobomiz Alisher Navoiyni “Navoiy va bulbul ”hikoyasini bolalar sahna ko`rinishida ijro etishadi va Navoiy taxallusi qanday qo`yilgani eslatiladi.
Alisher Navoiyning ulug`ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste`dodli kishilarga o`z shaxsiy jamg`armasidan homiylik qilib, o`nlab san`at asarlarini yaratishga o`z hissasini qo`shgan. Shulardan biri odamlarning uzog`ini yaqin qilayotgan qo`shni Afg`oniston viloyatidagi Saripul ko`prigidir .Ko`prik bunyodkori bilan teng umr ko`rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo`lida xayrli va savobli ishlarga o`z hissasini qo`shgan. Uning oqil va donoligiga Husayn Boyqaro va butun saroy ahli lol qolgan “Non isi ” hikoyasi o`qib beriladi.
Har bir insonning bolaligidan mehr qo`ygan jonivori bo`ladi. Ularga shunchalik bog`lanib qolishadiki, undan ayrilib qolish juda og`ir bo`ladi.
|
| |