|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 28/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII Yakuniy qism: Bobur asarlarida Vatanga sog`inch tuyg`ulari ifoda etilgan . Hayotining so`nggi damlari vatandan uzoqda – quvg`inlikda o`tgani o`z she`rlarida yaqqol ifoda etilgan . O`zbek xalqining , o`zbek adabiyotining sevimli adiblari asarlari va ishlari davomchilari hamda yurtimizga munosib farzand bo`lish bizning vazifamizdir.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
22-mavzusi: Jamoat joylarida o`zini tuta bilish. Did bilan kiyinish
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish. O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish. O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid ko`rgazma.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi.
II.Asosiy qism: O’qituvchi:
Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.
Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam ekanligidan dalolat beradi.
O`g`il-qizlarning milliy xususiyatlarni e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini nazorat qilishi ham orastalikdir.
Rivoyat. Sukutning xosiyati
Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek sovut,zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band,ya`ni temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan.
Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval o`yla,keyin so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati Dovud kiyimni tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi:
-Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol jangga kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.
|
| |