• Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil 23-mavzu: Did bilan kiyinish odobi Mashg’ulotning maqsadi
  • Kommunikativ kompetensiya: jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi; Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
  • Mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Mustahkamlash
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 24,35 Mb.
    bet29/42
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,35 Mb.
    #100260
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
    Bog'liq
    3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    III.Yakuniy qism:
    Inson husnini va orastaligini buzadigan odatlar:
    -Barmoqlaringizni og`iz va burunga tegizmang.
    -Odamlar oldida tish kavlamang.
    -Og`zingiz va burningiz suvini baland ovoz bilan tashlamang.
    -Esnasangiz,qo`lingizni og`zingizga qo`ying.
    -Odamlarga qarab kerishmang,baland ovozda xoxolab kulmang.
    -Tilingizni tiyib,unga erk bermang,bo`lmasa bir kun boshingizga yetadi.
    Savollar:
    1.Orastalik haqida qanday tasavvurga ega bo`ldingiz?
    2.Kiyinish madaniyati nima degani?
    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
    23-mavzu: Did bilan kiyinish odobi
    Mashg’ulotning maqsadi:O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish.
    O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish.: O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib boorish.
    Kommunikativ kompetensiya:
    jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi;
    Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi:
    odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi; - Kiyinish madaniyatiga rioya qiladi. - jamoada ishtirok etish odobi va qoidalarini biladi.
    Mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
    Asosiy qism:
    Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.
    Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam ekanligidan dalolat beradi.
    O`g`il-qizlarning milliy xususiyatlarni e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini nazorat qilishi ham orastalikdir.
    Rivoyat. Sukutning xosiyati
    Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek sovut,zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band,ya`ni temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan.
    Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval o`yla,keyin so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati Dovud kiyimni tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi:
    -Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol jangga kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.
    Bu gapni eshitgan Hakim:”Sukut –aql belgisi.Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-da,qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida.
    Hissadan hissa shuki:o`ylab ish tutish,sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim.


    Mustahkamlash:Inson husnini va orastaligini buzadigan odatlar:
    -Barmoqlaringizni og`iz va burunga tegizmang.
    -Odamlar oldida tish kavlamang.
    -Og`zingiz va burningiz suvini baland ovoz bilan tashlamang.
    -Esnasangiz,qo`lingizni og`zingizga qo`ying.
    -Odamlarga qarab kerishmang,baland ovozda xoxolab kulmang.
    -Tilingizni tiyib,unga erk bermang,bo`lmasa bir kun boshingizga yetadi.
    1.Orastalik haqida qanday tasavvurga ega bo`ldingiz?
    2.Kiyinish madaniyati nima degani?
    Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi



    Download 24,35 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




    Download 24,35 Mb.