• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism: “Bilim-xazina”
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 24,35 Mb.
    bet36/42
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,35 Mb.
    #100260
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
    Bog'liq
    3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    III.Yakuniy qism: O`quvchilar fikrlarini xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
    30-mavzu: Ilm- baxt kaliti
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: o’quvchilarga xalq og’zaki ijodi namunalari bo’lgan rivoyat va maqollar haqida ma’lumot berish, o’quvchilarning maqollar va rivoyatlarga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish, o’quvchilarda fikrlash, qiyoslash, xulosalash ko’nikmalarini va vatanparvarlik, ezgulik tuyg’ularini rivojlantirish
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism.
    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga jalb qilish.
    II.Asosiy qism:
    Bilim-xazina” mavzusi slaydlar orqali namoyish etiladi. Rivoyat o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridandir. Rivoyatlar hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi xalq og’zaki ijod turidir. Rivoyatlarda tarixiy hodisalar va ayrim tarixiy shaxslar bilan bog’liq hodisalar hikoya qilinadi. Rivoyatlar u yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini bajaradi. Rivoyatlar mavzusiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: Toponimik rivoyatlar va tarixiy rivoyatlar. Toponimik rivoyatlarda joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog’liq hikoyalar ifodalanadi. Masalan:Samarqand nomining kelib chiqishi bilan bog’liq rivoyatlar. Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qhramonlari bilan bog’liq bo’lgan voqealarni aks ettirib, ahloq va odobning go’zal ko’rinishlarini ulug’laydi. Masalan:To’maris, Shiroq, Ibn sino haqidagi rivoyatlar. O’quvchilar bilan birgalikda quyidagi rivoyat o’qiladi va savol-topshiriqlarga javob beriladi: “Bir podsho uch o’g’liga nomingizni qoldiradigan ish qiling deb mablag’ beribdi. Katta o’g’il chiroyli maqbara qurdiribdi. O’rtanchasi bog’ yaratibdi. Kenjasi do’st orttiribdi. Buni eshitgan ota: “Vaqti kelib maqbara nurab bitadi, bog’ quriydi ammo chin do’st umrinig oxirigacha do’stiga yaxshilik qiladi, kichik o’g’lim juda to’g’ri ish tutibdi,”- deb butun boyligini unga topshiribdi.”
    Xalqning dono, purhikmat ifodalari, yirik madaniyat arboblari olimlar, davlat arboblarining ibratomuz gaplari xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarini ixcham shaklda ifodalovchi asarlar maqolllardir. ,,Maqol” so’zi arabcha bo’lib, ,,so’z” demakdir.



    Download 24,35 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




    Download 24,35 Mb.