|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 8/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiI II.Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi
M aktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20___yil
6-mavzu: Bo`lay desang baquvvat bardam, sport bilan shug`ullan hardam
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarni ma`nan barkamol,jismonan sog`lom va baquvvat qilib kamol toptirish hamda sport turlari bilan tanishtirish orqali nazariy bilimlarini boyitsh.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: AKT vositalari, proektor, tarqatma material,rasmlar, plakatlar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tarbiyaviy mashg`ulotnio`tish joyi: Sinf xonasi.
Mashg`ulotmavzusiningmaqsadvavazifasibilano`quvchilarnitanishtirish. O`quvchilarni 3-4 guruhga bo`lish
II. Asosiy qism
O`qituvchi o`quvchilarga shaxsiy gigiyena, kun tartibi va sog`lomlashtiruvchi mashqlar haqida ma`lumotlar beradi.
O`qituvchining kichik ma`ruzasi:
Azizo`quvchilar! Mustaqillikka erishgan ilk kunimizdan boshlab Prezidentimizning shaxsan o`zlarining rahnamoligi ostida sportga, ayniqsa bolalar sportini yanada ommaviylashtirish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Bu esa, mamlakatimiz yoshlari orasida ko`plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga va davlatimiz bayrog`ini Xalqaro sport musobaqalarida yuqori ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda. shqlarini bajarib boring!
Kelinglar hozir barchamiz badantarbiya mashqlarini bajaramiz.Bunda qaysi guruh faol qatnashsa rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadilar.
Badantarbiya mashqlari 2-3 martadan takrorlangan holda bajariladi. Faol qatnashgan guruhlarga rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadilar.
1-mashq.D.h. qo`llar belda. 1-Boshni oldinga egish; 2-D.h.; 3-boshni orqaga egish; 4-D.h.; 5-boshni chapga egish; 6-D.h.; 7-boshni o`ngga egish; 8-D.h.
2-mashq. D.h. qo`llar belda. 1-Chap tomonga egilish; 2-D.h.; 3-o`ng tomonga egilish; 4-D.h. qaytish.
3-mashq. D.h. A.t.t. qo`llar pastda oyoqlar yelka kengligida. 1-Qo`llarni yuqoriga baland ko`taramiz;
2-qo`llarni pastga tushuramiz.
4-mashq. D.h. A.t.t. qo`llar belda, oyoqlar yelka kengligida. 1-Oldinga egilib, qo`llarni oyoqlar uchiga tekkazish; 2-D.h.; 3-Orqaga egilish, qo`llar bel orqasida; 4-D.h.
5-mashq. D.h. Qo`llar oldinga uzatilgan. 1-Asta sekinlik bilan qo`llarni yuqoriga ko`tarib, oyoqlar uchida turamiz; 2-D.h.
6 -mashq. D.h. qo`llar pastda, oyoqlar yelka kengligida. 1-Chuqur nafas olib, qo`llarni yuqoriga ko`tarish (olingan nafasni ushlab turish); 2-Asta-sekinlik bilan nafas chiqarilib, qo`llar pastga tushuriladi.
|
| |