|
O‘quv yili Tushuntirish xati
|
bet | 10/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiIII.Yakuniy qism: O`quvchilar fikrlarini xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ______________________ sana_____ ____ 201__yil
8-mavzu: Ona tilga ehtirom
(O`z.Res.”Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Yosh avlodni ona zaminga,ona tiliga mehr,g`ururlanish ruhida tarbiyalash.Kattalarni hurmat,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish,sof o`zbek tilida so`zlashishga o`rgatish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Tarbiyaviymashgulotning jihozi: Ona tili haqidagi donolarning so`zlari yozilgan ko`rgazma, devoriy gazeta.
II.Asosiy qism.
Aziz bolajonlar!Bugungi darsimizni “Ona tilga ehtirom” deb atadik.
Deyarli hamma hayvonlar,parranda va hasharotlarning ham tili bor. Til issiq sovuqni,ta`m-mazani biluvchi,ovqatlanishda ishtirok etuvchi a`zo.
Insonda esa bulardan tashqari nutq tovushlarini hosil qiladi,ya`ni so`zlash qobiliyati til orqali amalga oshadi. Yer yuzida qancha millat,xalq,elat,qabila bo`lsa,shuncha til bor. Tilsiz xalq
yo`q,xalqsiz esa til bo`lmaydi.
Til insonlar o`rtasidagi aloqa,fikr ifodasi,insonlarning bir-biri bilan fikr almashishiga xizmat qiladi.
Bobomiz Alisher Navoiy so`zning yumshoq,go`zal,nafisligi va inson ruhiyatiga ta`sirini shunday tasvirlagan edilar:
So`zdadur har yaxshilikning imkoni bor
Mindin debdilarki,nafasning joni bor.
O`zbek tili o`z millati,o`z xalqi,o`z ruhiyatini,g`ururini,kimligini anglatish imkonini beruvchi qadimiy boy tildir.
Savol:Qani ayting-chi,O`zbekiston Respublikasida davlat tili qaysi til?
Javob:O`zbekiston Respublikasida davlat tili – o`zbek tili.
Savol:O`zbekiston Respublikasida,”Davlat tili to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
Javob:1995 –yil 21-dekabrda.Respublika Oliy Kengashi tomonidan yangi tahrirdagi” Davlat tili to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilindi.
Savol:Qachon o`zbek tiliga davlat maqomi berildi?
Javob:1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.
|
| |