|
T arbiyaviy mashg`ulotning
|
bet | 12/42 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 24,35 Mb. | | #100260 |
Bog'liq 3-sinf sinf soati ish reja va konspektiT arbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tashkiliy qism:
a) Psixologik muhit yaratish.
b) Navbatchi hisoboti.
II.Asosiy qism:
Inson hayotida ro`zg`or, uy-joy tutishda tejamkorlik,ya`ni isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik,reja bilan ish tutish katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz “Tejog`lik ish –bejog`lik” deb bejiz aytmagan.Tejamkorlik – insonning ma`naviyatini boyitadi,oilasida qut-baraka olib keladi.Tejamkorlik kichiklikdan o`rgatiladi.
Ikromjonlar oilasida nonushtadan so`ng,otasi Yoqubjon aka:”Qani o`lab ko`raylik-chi, bugun sizlar nonushtada baham ko`rgan narsalar qayerdan kelib qoldi? Oyijoningiz bugun ertalab dasturxonga qo`ygan ne`matlar: non, sariyog`, tuxum qayerdan olinadi va qanday tayyorlanadi? Choy qaynatish,ovqat pishirishda foydalaniladigan gaz qayerdan olinadi? Burchakda turgan sovitkich elektr tokisiz ishlamaydi. Elektr toki qayerdan keladi?”-deb so`radi.So`ngra davom etib:
-Biz bularni qadrlab, tejab ishlatimiz kerak,-dedi Yoqubjon aka,-insonlar yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak,shunda oilamiz, davlatimiz boyiydi.
Tejash –bu narsalarni isrof qilmaslik uni qadrlash,har buyumni o`z me`yorida ishlata bilish, kerak-kerakmas narsalarni pala-partish xarid qilmaslik,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.
Ajdodlarimiz tejamli oilalar barakali, to`kis, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.
Davlatimiz, oilamiz boy bo`lsin desangiz har bir narsadan oqilona,isrof qilmay foydalanishga odatlaning.
Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalanganligi uchun boyib,mol-u mulkka ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.
III.Yakuniy qism:
Aqliy hujum:
Isrofgarchilik qanday illat deb o`ylaysiz?
Javob.
-Isrof –keraksiz narsalarga behudaga pul sarf etish,foydasiz sarf-harajatlar tushiniladi.
-Isrofgarchilik yomon oqibatlarga olibb keladi.
-Isrofgar odam qanchalik boy bo`lmasin,bora-bora kambag`alga aylanadi.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 201__yil
|
| |