• I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Tashkiliy qism
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 24,35 Mb.
    bet15/42
    Sana17.11.2023
    Hajmi24,35 Mb.
    #100260
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
    Bog'liq
    3-sinf sinf soati ish reja va konspekti

    III.Yakuniy qism:
    Mashg`ulot so`ngida turli davlatlar bayroqlarini topish musobaqasi o`tkazilishi , davlatlar bayroqlarini yaxshi o`rganib olishlariga yordam beradi.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 201__yil
    12-mavzu: Yo‘llardan o‘tish qoidalari (yo‘l harakati qoidalari).
    I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: tartibga solish vositalari, ahamiyati va yo’l harakati
    qoidasiga rioya etish umr foydasi ekanligini turli misollar orqali tushuntirish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm, DVD
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
    II.Asosiy qism:
    Piyodalar o‘tish joyi – yo‘lning qatnov qismini piyodalar kesibo‘tishi uchun mo‘ljallangan chiziqlari bilan ajratilgan bo’ladi. Qatnov qismi faqat transport vositalarining harakati uchun emas, balki piyodalarning yurishi uchun ham mo‘ljallangandir. Shu sababli yo‘lning cheti piyodalarning harakatlanishi uchun ajratilib, uni trotuar deb ataymiz. Trotuar – yo‘lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.
    Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan yurishlari kerak.
    YHQda piyodalarning yurishiga ruxsat beradigan yoki uni taqiqlaydigan maxsus belgilar bor. Masalan, axborotishora belgilari guruhida to‘g‘ri burchak shaklidagi 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgisi bor. Bu belgi haydovchini yo‘lning piyodalar kesib o‘tishi mumkin bo‘lgan yeriga yaqinlashayotganidan ogohlantiradi, 4.6. aylana shaklidagi havorang asosda tasvirlangan buyuruvchi belgi guruhidagi 4.6 «Piyodalar yo‘lkasi» belgisi faqat piyodalarning yurishiga ruxsat etadi. Ba’zan bu belgi (3.10 yo‘l belgisi bilan birga) metro stansiyalari oralig‘ida piyodalarning bir taraflama harakatini joriy etish uchun ham ishlatiladi. Taqiqlovchi belgilar guruhida shakli bo‘yicha xuddi shunday belgi bor,lekin u havorang asosda emas, balki oq asosda bo‘lib, uning chetlari bo‘ylab va o‘rtasidan qizil rangli chiziq chizilgan. U yo‘lning belgidan keyingi qismida piyodalarning yurishi taqiqlanganligini bildiradi. Ushbu yo‘l belgilari piyodalar o‘tish joyini belgilab, «zebra» shaklidagi yotiq chiziq bilan yoki ularsiz ishlatilishi mumkin. 5.16.1 belgi. Yana yerning ostidan va ustidan o‘tish kerakligini bildiruvchi belgilar
    ham bor. «Piyodalarning yer ostidan o‘tish joyi», «Piyodalarning yer ustidan o‘tish joyi»
    Ushbu belgilar yer ustidan (ko‘pincha temir yo‘l ustidan) va yer ostidan (serqatnov ko‘chalarning ostidan) o‘tish joylarini ko‘rsatadi. Piyodalar piyodalarning o‘tish joylari, shuningdek, yer ostidan, yer
    ustidan va qatnov qismining yuzasidan o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak. Piyodalarga yo‘lni kesib o‘tayotganida, ularga
    yaqinlashib kelayotgan avtomobil yo‘l quruq paytda kamida 50 metr, ho‘l yoki qor bosgan vaqtda kamida 100 metr narida bo‘lganda o‘tish tavsiya qilinadi. Bunday masofa haydovchiga zarurat tug‘ilganda transportni to‘xtatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish imkonini beradi..



    Download 24,35 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




    Download 24,35 Mb.