|
Melamin-karbamid-formaldegid asosli smola va yelimlar
|
bet | 11/14 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 57,74 Kb. | | #147715 |
Bog'liq Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. Melamin-karbamid-formaldegid asosli smola va yelimlar. Bu tipdagi smolalarning suv, issiqlik va kimyoviy ta’sirlarga chidamliligi oddiy karbamid smolalaridan ustun turadi, bunga sabab melaminning o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lganligidir. Melamin juda qimmat turganligi sababli uni ancha arzon hisoblanadigai ximikat - karbamid bilan almashtiriladi. MMС smolasi oq-qul rang bir jinsli siropsimoi suyuqlik (texnik melamin asosdagi) yoki sarg‘ish tusli shaffof (qayta kristallangan melamin asosida) bir jinsli siropsimon suyuqlik karbamid, melamin hamda formalin (37% li eritmasi) dan tuzilgan. Uning ishga yaroqliligi 6 soat, saqlash muddati 3–4 oy. Bu smola sovuq suvda erimaydi va qaynoq suvda aralashtirib turilganda yaxshi eriydi. MMS smolasi yog‘och materiallarni, mebel uzellarini issiq presslab yopishtirishda, yuksak chastotali tok maydonida qizdiriladigan yog‘ochdan ishlanadigan qurilish materiallarini, shuningdek, suv, issiqlnk hamda yorug‘lik ta’siriga chidamliligiga yuqori talablar qo‘yiladigan boshqa yog‘ochlarni yopishtirishda ishlatiladi. MMФ smolasi oqdan och jigar ranggacha bo‘lgan yarim shaffof suyuqlikdir. Saqlash muddati 6 oy. U bilan yog‘och materiallar isitib hamda normal temperaturada ham yopishtiriladi. Qotirgich sifatida fosfor kislotasining 20% li eritmasi ishlatiladi.
Bu yelimning ishga yaroqliligi 3– 4 soat. Fenol-formaldegid smolalar. Fenol-formaldegid smolalar fenollarni formaldegid bilan nordon yoki ishqorli katalizatorlar ishtirokida yarim kondensatsiyalash jarayonida olinadi. Fenol-formaldegid smolalar yog‘och ishlash sanoatida shimdirish tarkiblari hamda yelimlar uchun asos sifatida ishlatiladi. Fenol yelimlari issiqlikka va yelimli birikmalar hosil qiladi. Biroq bu yelimlar nihoyatda zaharli. Ularning rangi qizg‘ish, shu sababdan ularni ochiq yelim chokli oqish buyumlarni yelimlab yopishtirishda ishlatib bo‘lmaydi. Shu sabablarga ko‘ra fenol yelimlaridan foydalanish ayrim hollarda (yog‘ochlarni, plastmassalarii va metallarni yelimlab yopishtirishda) cheklangan. Fenol yelimlar yelimlab yopishtiriladigan yuk ko‘taradigan qurilish konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi. KБ-3 yelimi B fenol-formaldegid smolasidan va kerosin kontaktidan iborat.
|
| |