|
Rezorsin-formaldegid smolalar va ular asosida tayyorlangan yelimlar
|
bet | 12/14 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 57,74 Kb. | | #147715 |
Bog'liq Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi. Rezorsin-formaldegid smolalar va ular asosida tayyorlangan yelimlar. Rezorsin-formaldegid yelimlar rezorsin-formaldegid smolalardan tayyorlanadi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, rezorsin-formaldegid smolalar to‘q jigar rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan bir jinsli suyuqlikdan iborat. Smolalarni termoreaktiv holatga o‘tkazish uchun unga ma’lum miqdorda formaldegid (metilen gruppasini hosil qiladigan) kiritish lozim. Rezorsin-formaldegid smolalar issiq va sovuq holatda ham qotadigan yelimlar hosil qilishga yaroqli, ular issiqlikka va suvga chidamli yelimli birikmalar hosil qiladi. ФР-12 yelimi ФР-12 smolasi asosida (МРТУ 6-05-1202-69) tayyorlanadi, uni saqlash muddati 6 oy. Yelim FR-12 smolasi bilan paraformaldegid aralashmasidan iborat (ТУ 6-05-930–73). Polimerni qotirgich bilan bir jinsli aralashma hosil qilguncha aralashtirib yelim olinadi. Bu yelimning ishga yaroq-liligi 4 soat. Yelimdan (20°С dan yuqori bo‘lmagan temperaturada) foydalaniladi. Ular bilan yog‘och-sellyuloza materiallari hamda ular asosidagi plastiklar yelimlab yopishtiriladi. Rezorsinformaldegid yelimlar fenol-formaldegidga qaraganda kamroq zaharli.
Aminoaldegid smolalar (shimdiriladigan). Qog‘oz asosli pardozlash va yelimlash materiallari tayyorlash uchun MMП, МФП, ММПК va boshqa markali aminoaldegid smolalar ishlatiladi. MMП smolasi karbamid va melaminning formaldegid bilan kondensatsiyalanish mahsuloti bo‘lib, pardozlash plyonkasi tayyorlashda hamda tyokstura va qoplama qog‘ozga shim-dirishda ishlatiladi (dekorativ faner tayyorlashda qo‘llaniladi). MФП smolasi karbamidning formaldegid bilan kondensatsiyalanish mahsuloti bo‘lib, mebellarning ichki detallarini pardozlashda ishlatiladigan qog‘oz-asos va berkitish qog‘oziga shimdirishga mo‘ljallangan. MMПК smolasi yelimlab yopishtiriladigan qog‘oz plyonka, tekstura qog‘ozi, shuningdek, plitalarni pardozlashda qo‘llaniladigan qog‘oz-asoslarga shimdirishda ishlatiladi.
Plyonka yelimlari. Plyonka yelimlari detallarni yog‘och materiallar hamda qog‘oz bilan pardozlashda foydalaniladi. Press bilan presslash jarayonida temperatura va bosim ta’sirida plyonkaning yelimlash tarkibi erib, yelimlanadigan sirtlarni ho‘llaydi va keyin qotadi. Plyonka yelimlarning ishga yaroqliligi 2 oy, shundan keyin ular yelimlash xossasini yo‘qotadi. Plyonka formaldegid yelimlar bakelit plyonkalar deb ataladi. Ular uchta A, Б va В (ГОСТ 2707–95) markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlarda asos sifatida sulfit qog‘ozi ishlatiladi.
A va Б markali bakelit plyonkalarni tayyorlashda С-50 smolasidan foydalaniladi. В markali plyonkani tayyorlashda ЛБС-1 bakelit lokidan foydalaniladi. ВИАМ Ф-9 smola asosli yelimda birinchi sortli kerosin kontakti, etil spirti bo‘ladi. ВИАМ Ф - 9 yelimi KБ-3 yelimiga qaraganda kamroq zaharli. С-50 (СНИИФ) smolasi – suvda eriydigan va faner, yog‘och plitalarni issiq holatda yelimlashga, shuningdek, plyonka yelimlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Rezorsin-formaldegid smolalar va ular asosida tayyorlangan yelimlar. Rezorsin-formaldegid yelimlar rezorsin-formaldegid smolalardan tayyorlanadi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, rezorsin-formaldegid smolalar to‘q jigar rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan bir jinsli suyuqlikdan iborat. Smolalarni termoreaktiv holatga o‘tkazish uchun unga ma’lum miqdorda formaldegid (metilen gruppasini hosil qiladigan) kiritish lozim.
|
| |