• Suyuqlanuvchan yelimlar.
  • Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash




    Download 57,74 Kb.
    bet13/14
    Sana28.01.2024
    Hajmi57,74 Kb.
    #147715
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi.

    Dispersion yelimlar. Vinilatsetat polimerlari hamda ularning hosilalari, kauchuk latekslari asosli yelimlash dispersiyalari eng ko‘p tarqalgan. Polivinilatsegat dispersiyasi (polivinilatsetat emulsiyasi) vinilatsetatning suvda polivinil spirti ishtirokida polimerlanish mahsulidir. Polivinilatsetat dispersiyaning (ГОСТ 18992–93) past qovushoq (Н), o‘rtacha qovushoq (С) va yuqori qovushoq (В) xillari ishlab chiqariladi. Uni plastifikatsiyalanmagan va plastifikatsiyalangan dibutilftalat (ДБ) yoki dibutilsebatsianat (ДС) dan tayyorlanadi. Polivinilatsetat dispersiya shipli birikmalarni yelimlab yopishtirishda, qog‘oz asosli plyonkalar va dekorativ qog‘oz qatlamli plastiklar, matolardan iborat pardozlash qatlamlarini yopishtirishda, penoplastlarni yog‘och detallarga yopishtirishda ishlatiladi. ГИРК-141 yelimi (ТУ 6-05-251–92) S-135 markali dispersiya asosida tayyorlanadi (ТУ 6-10-1079–90). U vinilatsetatning dibutilmaleot bilan qo‘shma polimerlanishidan hosil bo‘ladi. Bu yelim panellarni ПВХ plyonkasi bilan pardozlashga mo‘ljallangan.
    Suyuqlanuvchan yelimlar. Suyuqlanuvchan yelimlar (ТУ 13-117–92) termoplastik yelimlar bo‘lib, temperatura ko‘tarilgaida oquvchan va uy temperaturasida qattiq holatda bo‘ladi. Ulardan qirralarni, shponlarning shit elementlarini hamda qog‘oz qatlamli plastiklar bilan o‘tib yurish joylarini pardozlashda foydalaniladi. Suyuqlanuvchan yelim tarkibida eritgichlar bo‘lmaydi. Bu yelimlar yelimlanadigan sirtlarga qaynoq holatda surkaladi, 6u vaqtda uning temperaturasi 170–190°С bo‘lgani uchun sirt teshikchalariga yaxshi singib, juda yaxshi agdeziyalanib, tekis surkaladi.
    Bu yelimning qotish muddati 3–5 sekund. Saqlash muddati 12 oya. Eruvchan yelim rangiga qarab ikki modifikatsiyada ishlab chiqariladi: A –mebelni och tusli qilib pardozlash uchun, B – mebelni to‘q tusli qilib pardozlash uchun. Etilen va vinilatsetat qo‘shma polimeri – suyuqlanuvchan yelimning asosi bo‘lib, unga agdeziya xossasini, isitilganda juda oquvchanlikni va soviganda mustahkamlikni ta’minlaydi. Kumaron smolasi bilaya kanifol modifikatorlar hisoblanadi. Ular suyuqlanuvchan yelimning ho‘llash xossasini oshirish bilan uning agdeziyasini kuchaytiradi, qovushoqligini kerakligicha kamaytiradi. To‘ldirtichlar yelim chokini qotiradi, suyuqlanuvchan yelimning issiqlikka chidamliligini yaxshilaydi, uning narxini kamaytiradi. КН-54 (ТУ В-215-75) yelim ip shponli polosalarni qovurg‘ali qilib yelimlashda hamda teksturali qog‘oz plyonkalarni to‘la formatli listlarga yopishtirishda ishlatiladi. Elim ip shisha ipga bir tekis qilib surkalgan termoplastik qoplamadan iborat. Qovurg‘alarni yelimlash jarayonida yelim ip poliamid smolasi bilan erish temperaturasigacha qizdiriladi. Ip maxsus qurilma bilan list sirtiga qo‘yiladi va ustidan sovuq rolik yurgiziladi. Bunda erigan yelim qotadi va yelim ip material polosasini mahkam qilib yopishtiradi.


    XULOSA.
    Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam ke- ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bi­lan turli xil materiallami biriktirish mumkin, bunda buyum kon- struksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmas- sa, yog’och va boshqa ko’pgina materiallami biriktirish mumkin.
    Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag’ va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo’riqish kamayadi Avtomobilsozlikdayelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalov- chi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydala- nilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila bosh- landi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi nati­jasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sez­ilarli darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Ho­zirgi kunga kelib, yelim va germetiklaming assortimenti yana-da kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasi- ga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.
    Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:

    • Xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;

    • Juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);

    • Boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murak­kab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;

    • Konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning bir necha elementlarini biriktirish mumkin;

    • Yelim asosida hosil qilingan birikmalaming mustahkamligi bir qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalaming mus- tahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;

    • yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taqsim lanadi,

    • yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi; boltli va parchin mixli birikmalar o‘miga yelimli birikmalar­dan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi

    • Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotir- gichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi.

    • Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, kamdan kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Le­kin 500°C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-se- mentlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mus­tahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki par­da bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning xossalari yaxshilanadi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular ishlatiladigan sohalar ko‘payadi.

    Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha asosida tayyorlan­gan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi.
    Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalar- da ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenol- formaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda yelimlaganida, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish jarayoni tezlashadi.
    Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida 90-93 foiz epoksid smolaga 7-10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorla­nadi. Tayyorlangan yelimni 1-2 soat ichida ishlatib yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yelimli birik­malar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60- 150°C. Xona haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil qilish uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallar­ni bir-biriga bosmasa ham bo‘ladi (ularning o‘z massasi yetarli).
    Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo‘shishdan oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall kukunlar, grafit, maydalangan sluda, talk va boshqalar) qo‘shiladi. Qo‘shiladigan to‘ldirgichning miqdori uzelning turi va ishlash sha­roitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustahkamligi ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120-200°C haroratda 0,5- 4,0 soat mobaynida kechadi.
    Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosi­dagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona haroratida va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir va poliizotsianatlaming gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliure­tan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi- yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga- rishiga chidamli.
    Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11K-1, Вилад 13- 2M, ГПК 24-11, KJIM-l, РУ-2, BK-5, BK-11 kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar- ning siljishdagi mustahkamligi 3-20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha (ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin. Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal- gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish­latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130-200°C haroratda va 0,5-1,2 MPa (5-12 kgk/sm2) bosim ostida 1-4 soat mobaynida qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni­da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi tufayli kam ishlatiladi.

    Download 57,74 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 57,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash

    Download 57,74 Kb.