• Karbamid yelimlar.
  • Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash




    Download 57,74 Kb.
    bet10/14
    Sana28.01.2024
    Hajmi57,74 Kb.
    #147715
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash” mavzusini oʻqitish metodikasi.

    2.2. Sintetik yelimlar.
    Sintetik yelimlarning boshqa turdagi yelimlarga nisbatan afzalliklariga ularning zamburug‘ga absolyut chidamliligi, suvga juda chidamliligi hamda yelimli birikmaning juda mustahkamligi kiradi.
    Sintetik yelimlarning kamchiliklariga juda zararliligi, uzoqqa chidamasligi va yelimlanish chokining juda qattiqligi kiradi. Sintetik yelimlar quyidagi xillarga ajratiladi:
    - fizikaviy holatiga ko‘ra qattiq, pastasimon, suyuq, kukunsimon va plyonkasimon;
    - eruvchanligi jihatidan – spirtda eriydigan, suvda eriydigan va emulsion(erimaydigan);
    - issiqlikka ta’sirchanligi jihatidan – termoplastik (qaytadigan, masalan «rasplav») va termoreaktiv (qaytmaydigan), termoreaqtivlar esa o‘z navbatida sovuq holatda qotadigan va issiq holatda qotadigan yelimlarga ajratiladi. Ko‘pgina sintetik yelimlar uy temperaturasida va yuqori temperaturada juda sekin qotadi. Qotish jarayonini tezlatish uchun yelim tarkibiga qotirgichlar qo‘shiladi.
    Yelimlar dastavval asosiy komponent smola tipi bo‘yicha belgilanadi. Turli materiallarni yelimlashda bir xil yelimlar ishlatilsa hamki, har bir gruppa yelimning asosiy vazifasini belgilash mumkin.
    Yelimlar guruhi.
    Karbamid yelimlar. Karbamid-formaldegid smolalari va yelimlari. Yeg‘och ishlash sanoatida karbamid-formaldegidli (karbamidli) yopishtiruvchi moddalar keng qo‘llaniladi. Ular yuqori adgeziyaga ega, yelimli birikmalarning suvga chidamliligini va yetarli darajada ta’minlaydi, rangsiz yelimli choklar hosil qiladi. МФ-17 yelimining asosini МФ-17 markali karbamid-formaldegid smolasi (ТУ-6-05-10–75) tashkil qiladi. Qotish jarayonini tezlashtirish maqsadida smolaga ammoniy xloridning 50% li eritmasidan ammoniy massasi bo‘yicha 1–1,2 hissa miqdorida (issiq holatda yelimlash uchun) yoki massa bo‘yicha 5–28 hissa shavel kislotasining 10% li eritmasi (sovuq holatda yelimlash uchun) qo‘shiladi, to‘ldirgich sifatida yog‘och uni nshlatiladi. МФ-17 va МФ yelimlari detallarni pardozlash va mebel uzellarini yelimlab yopishtirishda ishlatiladi. M-60 yelimi M-60 smolasi asosida tayyorlanadn (МРТ 13-06-5–67).
    Bu yelimning ikkita modifikatsiyasi mavjud:.oddiy yelimlash hamda tez yelimlash uchun. Mebelsozlik sanoatida keyinti modifikatsiyadagi yelim ko‘proq ishlatiladi. M-60 yelimining asosiy kamchiligi ishga yaroqliligining cheklanganligidir. M-70 yelimi xuddi shu nomdagi smola (МРТУ 13-06-9–67) asosida tayyorlanadi. Bu yelim mebelsozlik sanoatida egib yelimlanaditai bloklarni tezda yelimlashda hamda mebel shit elementlarini pardozlashda foydalaniladi. M-70 yeliminigg eng muhim kamchiligi uning juda zaharligi va ishga yaroqliligining qisqaligi (ko‘pi bilan 2 soat) hisoblanadi. M-19-62 va УКС smolalari (ГОСТ 14231-69) xuddi shu nomdagi yelimlar uchun asos hisoblanadi.
    Bu yelimlar uncha zaharli emas, ishga yaroqliligi ham uzoqroq (24 soatgacha), reaksiyaga kirishish xossasi qoniqarli. УКС smolasi asosida ishlangai yelimlar duradgorlik buyumlari – deraza va eshik bloklarini yopishtirishda ishlatiladi. СФК-70 smolasi asosida (ТУ 13-197–74) yuqori qovushoqligi bilan ajralib turadigan СФК-70 yelimi ishlab chiqariladi. Bu yelimning asosiy vazifasi bir prolyotli presslarda shit elementlarini tez pardozdashga mo‘ljallangan. Yelimni shit qirralarini pardozlashda ham ishlatish mumkin. Karbamid-formaldegid yelimlarining saqlash muddati 2 dan 3 oygacha, qotish vaqti 20 dan 120 sekundgacha. Mebel va duradgorlik buyumalari ishlab chiqarish korxonalarida yuqorida bayon etilgan yelimlardan tashqari, yelimlash materiallarini tejash maqsadida ko‘piklanadigan karbamidli yelimlardan foydalaniladi. Ozgina bo‘lsa ham yelimdagi ko‘pik yelim eritmasi zichligini kamaytiradi, shu sababdan surkaladigan yelim qatlami yupqalashadi, bu esa yelimning yuza qatlaminiig oqib chiqishini kamaytiradi.

    Download 57,74 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 57,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquvchilarga duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar ularni ishga tayyorlash

    Download 57,74 Kb.