|
Tadqiqotning ilmiy farazi
|
bet | 3/7 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 64,92 Kb. | | #102999 |
Bog'liq MDTadqiqotning ilmiy farazi:
Boshlang‘ich sinflarda milliy qadriyatlar ruhida asosida darslarni tashkil etishda interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida ta’lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning integrallashgan metodik tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Tadqiqot mavzusi bo‘yisha adabiyotlar sharhi (tahlili Qadriyatlar va jamiyat munosabatlariga oid masalalar u yoki bu qarashlar tarkibida antik davr mutaffakkirlari Aristotel, Aflotun, Konfutsiy, Suqrot asarlarida, o‘rta asr musulmon Sharqi falsafasida insonning zohiriy va botiniy o‘zligini anglashga oid masalalar Abu Nasr Forobiy, Aziziddin Nasafiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy, Ibn Sino[30] asarlarida yoritilgan.
Respublikamiz ilm-fan sohasida esa milliy g‘oya, milliy qadriyatlar va siyosiy madaniyatning nazariy hamda amaliy jihatlari bilan bog‘liq muammolar A.Ashirov [37], Q.Nazarov[41], R. Mavlonovaning “Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi”[44] kitobi, N.Saidmuhammedov “Yangi pedagogik texnologiyalar “[47], Norbо‘tayev X.B. “Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim”[56], kabi olimlarning asarlarida yoritib berilgan.
MDH davlatlarida taniqli olimlardan S.A.Arutyunyan, L.P.Bueva, A.Butenko, A.Lektorskiy, P.I.Kushner [48] chop ettirgan asarlarda insonning ijtimoiy borliqda o‘zini idrok etishi, u orqali ijtimoiy jarayonlar holatiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.
Rivojlangan mamlakatlarda N.Berdyaev, T.Gobss, G.Gegel, R.Dekart, I.Kant, Sh.Monteske, Z.Freyd, E.Fromm [45] singari mutafakkirlar qarashlarida inson aqlu idroki, qadriyatlar va siyosat uyg‘unligi tajribalari murakkab ijtimoiy-ruhiy holat ekani ochib berilgan.
Biroq, qadriyatlar qaror topishida milliy unsurlarning aks etishi va mazkur jarayonlarning fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga ta’siri, ijtimoiy siyosat va milliy-madaniy qadriyatlarning uyg‘unlikda rivojlanish jarayonlari hamda ijtimoiy farovonlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqliklar, bu bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimiga doir masalalar atroflicha tadqiq etilmagani mavzumizning ilmiy nuqtainazardan dolzarb ekanini ko‘rsatadi.
|
| |