Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish metodikasining mavjudlik holati




Download 64,92 Kb.
bet5/7
Sana22.11.2023
Hajmi64,92 Kb.
#102999
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MD

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish metodikasining mavjudlik holati

Bag‘rikenglik xalqimizning oliy qadriyatlaridan biridir. Bu tuyg‘u qonimizga ulug‘ ajdodlarimizdan o‘tgan bo‘lib, qalbimizni munavvar tutadi,dunyo afkor ommasi orasida xalqimizga cheksiz ehtirom baxsh etib turadi. Xalqimizning Olloh in’om etgan bu fe’li turli og‘ir yillar sinovlarida ham o‘zini bukilmasligi va mustahkamligini namoyish etgandir.
Bu ulug‘ tuyg‘u endilikda, mustaqillik yillarida yanada yorqinlik bilan o‘z ifodasini topib turibdi. Har yili Mustaqillik bayramini nishonlar ekanmiz, uning timsolida, avvalo, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda millatlararo ahillik va hamjihatlikni ta’minlashga doimiy muhim ahamiyat berib kelinayotganining dalolatini ko‘ramiz.
Bu ulug‘ tuyg‘u xalqimizning tinchligi va omonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli mamlakat rahbari va hukumatimiz xalqimizni xalqaro miqyosdagi turli tahlikali vaziyatlardan ogoh etib, bu masalaga yuksak ahamiyat bermoqda. “Turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi tahlikali vaziyatda bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘imizdek saqlashimiz, yurtimizda millatlar va dinlararo hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashimiz kerak”, deydi Prezidentimiz Sh.Mirziyoev.[8,10.].
Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb sahovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mintaliteti asosini tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik hamda totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbilash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz-O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bizning konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimizda 16 ta konfesseyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib borilmoqda. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda. O‘ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda.
Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 137 ta milliy madaniyat markazlari yetkachi rol o‘ynayapti. Ular o‘zlarining o‘ziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandchiligini rivojlantirib, turli madaniyatlarining bir-birini o‘zaro boyitishga, har birimizda ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi ularning faoliyatini muvofiqlashtirib, amaliy va uslubiy yordam berayotgani alohida diqqatga sazavordir.
Markaz mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan yorqin tadbirlari asosida madaniy va ijtimoiy hayotimizni yanada teran ma’no-mazmun bilan boyitmoqda. O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida tinchlik va bag‘rikenglik munosabatlarini mustahkamlamoqda. MDH davlatlari o‘rtasida faqat O‘zbekistonda shunday tuzilma tashkil etilgani e’tirof etilmoqda.
Bularning barchasi mamlakatimizda millatlararo munosabatlar sohasida nodavlat tashkilotlarning noyob tizimi shakllanganidan dalolat beradi. Ushbu tashkilotlarning serqirra faoliyati mamlakatimizda tinch va farovon hayotni ta’minlash, muhim madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda. Millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarmoqda. Bu illatlar davlatni eemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda.
Ana shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash nihoyatda muhimdir. Hech shubhasiz, bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mustaqilligimiz yangi bosqichga ko‘tarilgan bugungi kunda millatlararo totuvlik va inoqlik tamoyillari, yaxshi qo‘shnilik, xalqaro ezgu aloqalar darajasida yaxshi ifoda topmoqda. Bunda, albatta, muhtaram Prezidentimizning dono siyosati namuna bo‘lmoqda. Bu odil siyosat xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda ham. Masalan, amerikalik davlat arbobi vaolima Elis Uells shunday deydi:
“Amerikaliklar uchun mustaqillikdan ham qadrliroq hech narsa mavjud emas, chunki u har bir insonning yashash, ozod va baxtli bo‘lishdek ajralmas huquqini ta’minlaydi. O‘zbekistonda biz fikrlar hamohangligini ko‘rmoqdamiz. Bu xalq tashqi bosimlarga qarshi mardona turgan, xorijiy kuchlarga qaramlikdan qochgan, o‘z yo‘lidan og‘ishmaydigan, siyosat va ustuvorliklarni o‘zi belgilaydigan hamda ittifoqchilarini o‘z xohishiga ko‘ra tanlaydigan xalqdir.
Shu ma’noda, biz Prezident Shavkat Mirziyoevning ilg‘or, mintaqa uchun namuna bo‘lgulik “Eng avvalo, qo‘shnilar” siyosatini yuqori baholaymiz. Bunday siyosatdan nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni davlatlar ham baxramand bo‘ladi. Chegaralarning ochilishi,eski kelishmovchiliklarga barham berish tufayli ko‘p sohalarda, shu jumladan, mintaqada hamda Afg‘oniston bilan o‘zaro munosabatlarda yangi aloqalar kuchaydi. 25 yillik kelishmovchiliklar tezda hal etilgani, mintaqa mamlakatlari kuchli suveren davlat kabi birgalikda faoliyat olib borayotganini ko‘rish misli ko‘rilmagan holatdir.[6]
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosati sohasida horijiy davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida keyingi yillarda sezilarli natijalarga erishib kelayotir.
“O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalda tadbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanmoqda.
Xalqimizning bukilmas irodasi, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik tuyg‘ulari asrlar osha sinovlardan o‘tib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushi yillarida ham yana bir bor sinovdan o‘tdi. Ming-minglab jasur o‘zbek yoshlari dunyodagi ko‘plab xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik ko‘rsatdilar. Bu so‘nmas jasorat, mana, 74 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur- iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Prezident Sh. Mirziyoev 2019-yil 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek, “bu hech qachon unutulmaydigan, hech qanday kuch bizdan tortib ololmaydigan buyuk tarix, qudratli ma’naviy boyligimiz. Biz bu tarixdan kuch-quvvat olamiz. Bu tarixbizni tinchlikni asrab, barcha xalqlar bilan teng va hamfikr bo‘lib, yorug‘ kelajak bunyod etishga da’vat etadi.
Yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda diniy bag‘rikenglik masalalari ham o‘ziga xos o‘rin topadi. Ma’lumki, bizning Vatanimiz ming yillar davomida turli sivilizatsiyalar muloqotga kirishgan va bir-birini to‘ldirgan Buyuk ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashgan. Bu zaminda turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv va hamjihatlikda yashagan, musulmon dunyosi taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan xalqimiz mintalitetining asosini tom ma’nodagi bag‘rikenglik, oliyjanoblik va ezgulik kabi fazilatlar tashkil etadi.
Movarounnahrning go‘zal va betakror shaharlari, avvalo, Samarqand va Buxoro, Toshkent, Xiva ko‘p asrlar davomida islom ilm-fani, madaniyati va butun musulmon sivilizatsiyasining markazlari sifatida shuxrat qozongan. Bu saxovatli zamindan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy, Abu Muin Nasafiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahoviddin Naqshband kabi ko‘plab buyuk alloma va aziz-avliyolar yetishib chiqdi.
Insoniyat tarixidagi noyob hodisa bo‘lgan musulmon Renessansi ana shu buyuk ajdodlarimizning diniy bag‘rikenglik va insonparvarlik borasidagi ezgu g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan edi. Bu g‘oyalar bizning davrimizda, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alohida, yanada teran ma’no-mazmun kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda bag‘rikenglik madaniyatini yuksaltirish, millatlar va diniy konfessiyalararo o‘zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi va bunday yondashuv ijobiy natija bermoqda.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya tinch-totuv, do‘st-inoq bo‘lib yashamoqda. Ularning to‘laqonli ma’naviy hayot kechirishi, o‘z an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishi, milliy va diniy bayramlarini nishonlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 94 foizi asosan sunniy mazhabga mansub musulmonlardir. Ularning orasida shia mazhabiga mansub yurtdoshlarimiz ham bor, lekin bu ikki mazhab vakillari orasida hech qachon nizo va ziddiyatlar yuzaga kelmagani e’tiborga molikdir. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidanlaganidek, “Bizning ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatimizda hamkorlik,o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlash bugungi kunda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi”.[9, 456.].
Bu masalaga aynan bugungi kunda, dunyoning turli mintaqalarida keskinlik va radikalizm kuchayib, diniy ekstrimizm va terrorizm tobora avj olib borayotgani hozirgi vaqtda, ayniqsa, muhim va dolzarb ahamiyatga ega.
Shu ma’noda O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolotsiyani qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani chuqur mantiqiy asosga egadir. Zero, muqaddas dinimiz bag‘rikenglikka, ezgu amallar va baxtu saodatga olib boradigan yo‘l aynan ma’rifat ekanligini alohida uqtiradi.
Islom dinining tinch-osoyishta hayotga,boshqa xalqlarga hurmat, mehr-oqibat ko‘rsatib yashashga da’vat etadigan asl insonparvarlik mohiyatini har tomonlama o‘rganish va targ‘ib etishga O‘zbekistonda katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda Toshkent Islom universiteti, Toshkent islom instituti, Buxoro shahrida Mir Arab islom instituti, 9 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda, poytaxtimizda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda esa Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
Bugungi kunda bugun dunyo, ayniqsa, islom hamjamiyati davrning tahlikali tahdidlari bilan yuzma-yuz turibdi. Islom dinini siyosatlashtirish va musulmon yoshlarini radikallashtirish borasidagi urinishlar bunday xatarlarni o‘ta jiddiy tahlil qilish, baholash va ularga munosib javob berishni taqazo etmoqda.
Dunyodagi ayrim doiralar islomga qarshi kayfiyatni kuchaytirgan holda, islom dinini terrorizm mafkurasi bilan bog‘lashga urinayotganini ming afsus bilan qayd etishga to‘g‘ri keladi. Bu omil islom olamini yanada jipslashishga chorlamoqda. Islom hamjihatligi jahondagi keskinlikni yumshatishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
“Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimizning mujassam manbai sifatida bexad qadrlaymiz, - deydi muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoev – Biz buyuk dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, hayotda esa asl insoniy fazilatlarni qaror toptirishga da’vat etadi.” [9,457.].
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinliki, necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy o‘zligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga mamlakatimizda o‘ziga xos dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Keyingi vaqtda shu yo‘nalishda katta ishlar amalga oshirilib, tabarruk qadamjolar obod qilinib, yangi-yangi ilmiy, madaniy va diniy markazlar, ta’lim maskanlari tashkil etilmoqda.
Prezident Sh.Mirziyoev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigida bu haqda to‘xtalib, quyidagilarni qayd etib o‘tdilar: “Bu yil muborak Ramazon kunlarida Termiz shahrida Hakim Termiziy, Toshkent shahrida Suzuk ota va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi ulug‘ ulamolarimizning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari foydalanishga topshirilgani, joylarda besh tashabbus va boshqa ijtimoiy-ma’naviy dasturlarimiz doirasida el-yurtimiz, xususan, yoshlar va xotin-qizlar uchun qulay mehnat va turmush sharoitlari yaratilayotgani bu yo‘ldagi yangi qadamlar bo‘ldi.
O‘zbekistonning “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan tamoyil vsosida jahon miqyosida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, vijdon erkinligi va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash, islom dinining insonparvarlik mohiyatini xalqimiz va dunyo ahliga yetkazish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.”[19].
Darhaqaqat, islomiy ma’rifatning xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmatni mustahkamlash, shaxsni qadrlash, ayniqsa, farzandlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘ziga xosdir. Islom ta’limotiga ko‘ra, farzand Alloh taolo tomonidan ato etilgan ulug‘ ne’mat, shu bilan birga, ota-onaga topshirilgan mas’uliyati juda ulkan imkoniyatdir ham. Naslu nasab davomchisini aqlan va jismonan sog‘lom holda parvarishlash, odob-axloq va musulmonchilikka doir boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘rgatib borish o‘ta muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Shayx Abdulaziz Mansurning fikricha, islom dini bolalar tarbiyasiga u dunyoga kelgan vaqtdan yoki onasi qornida homila bo‘lgan paytdan boshlab emas, balki hali ota-ona oila barpo etish haqida o‘ylay boshlashlaridanoq e’tibor beriladi.
Shayx hazratlarining ma’lumot keltirishcha, islom dini yoshlarga keng qamrovli, har taraflama: jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy tomonlardan tarbiya berishga da’vat etadi. Shuningdek, jamiyat a’zolariga mas’uliyatni teng taqsimlab, yuklaydi, uni biror shaxs yoki muayyan jamoalargagina tayinlab qo‘ymaydi. Islom dini ta’limotida bolalar tarbiyasiga juda katta hissa ajratilgan. Muqaddas dinimiz ko‘rsatmalari bo‘yicha, mo‘min-musulmonlar imon-e’tiqodli, ixlos va ibodatli bo‘lishlari kerak. Lekin oyat va hadislarda ilm-ma’rifat bilan shug‘ullanish nafl ibodatidan ulug‘ ekanligi to‘g‘risida ham yetarli dalillar bor. Ayrim kishilar ilm deganda faqat diniy ilmlarni nazarda tutib, dunyoviy fanlarning qadri islomda yo‘qdek noto‘g‘ri fikr yuritadilar. Aslida esa, diniy ilmlar ham, dunyoviy ilmlar ham bir ilm. Ularni bir-biridan ajratish nojoizdir. Masalan, Odam alayhissalomga farishtalarning ta’zim sajdasini bajo keltirishlariga nima sabab bo‘lgan? Qaysi xislatlari bilan farishtalardan afzallik qildilar? Ha, biz hozir dunyoviy ilm deb ataydigan ilmlar bilan Odam ato maloikalardan ustunlik qildilar. Ul zoti boborakat mavjudot va maxluqotlarning nomlarini birma-bir aytib berganlari tufayli ta’zimga sazavor bo‘ldilar. Yana boshqa bir misol. “Tafsiloti Ahmadiya” kitobida yozilishicha, Qur’oni karimda imon, e’tiqod, shar’iy ahkom kabi diniy bilimlardan tashqari, fizika, matematika, astronomiya, tibbiyot kabi dunyoviy va tabiiy fanlarga oid ma’lumotlar ham mavjud bo‘lib, ellik turdan ortiq ilmu fanlarga dalolat qiladigan oyatlar o‘z ifodasini topgan.
Yana shuni qayd etib o‘tish lozimki, o‘tgan barcha payg‘ambarlar, shu jumladan, bizning janob Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) ham o‘z ummatlariga faqat diniy ta’lim berish uchun yuborilmaganlar, balki dunyoviy ishlarga, turmush tarzi, tirikchilik, tijoratdan tartib,dehqonchilikkacha, uy-ro‘zg‘or ishidan tortib, sport ishlargacha tegishli ko‘rsatmalar berib ketganlar.
Janob Payg‘ambarimiz: “Har biringiz bamisli cho‘ponsiz va har biringiz qo‘l ostingizdagilar haqida so‘ralursiz”, deganlar.
“Ilmiy tarbiya aqlni o‘stiradi, turli bilimlar, xoh u diniy bo‘lsin, xoh dunyoviy, inson dunyoqarashini kengaytiradi, o‘zi yashayotgan muhit bilan munosabatida unga foyda beradi, - deydi so‘zida davom etib Shayx hazratlari – Islom ilm eshiklarini hech qachon yopgan emas, hamisha ochiq qoldirgan, unga kiruvchilarni qo‘llab-quvvatlagan. Bugungi kun yoshlari ichida, ma’lumki, yaxshilari ham bir, tarbiyaga muhtojlari ham bor. Yoshlarning ilmu ma’rifati, madaniyati oshgani sari, ularning malaka va aqli ham yetilib boradi. Ulardan kimdir hidoyat yo‘lini tutadi, taraqqiy etgan zamon imkoniyatlarini g‘animat deb bilib, turli ilm-fanlarni o‘rganadi, ikki dunyoda saodatga erishish uchun go‘zal axloq sohibiga aylanadi. Biroq to‘g‘ri yo‘ldan yurgan, fikrlash, yurish-turishda, aqida va amal qilishda xatoga yo‘l qo‘yadiganlari ham bor. Yoshlarning yo‘ldan ozishi bu ijtimoiy razolat bo‘lib, qadim zamonlardan beri barcha jamiyatlarda ham bo‘lib kelgan. Har qanday jamiyat ham axloqiy kamchiliklardan xoli emas. Yo‘ldan ozish sabablarini o‘rganganlar uning uchta sababi bor deydilar: shaxsiy sabablar, oilaviy sabablar, tashqi sabablar,bularning tafsilotiga ehtiyoji yo‘q, deb o‘ylayman. Islom dini mazkur sabablarning har biri uchun munosib chora va ko‘rsatmalar ishlab chiqqan. Biz farzandlarimizni iymon-e’tiqodli, ilm-ma’rifatli insonlar bo‘lib yetishishlarini istaymiz.”[56].
Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikning ezgu qadriyat sifatida ulug‘lanishi xalqaro do‘stona aloqalarning yo‘lga qo‘yilishda ham ahamiyatli ekanligi xorijlik ulamolar tomonidan ham samimiy e’tirof etilmoqda.
Bugun muhaddislar, olimu ulamolar yeshtirib bergan zaminda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi bilan bog‘liq savobli yumushlar amalga oshirilayotgani, xususan, u kishining qalamiga mansub va boshqa diniy-ma’rifiykitoblar chop etilib, yurtimizda tashkil etilgan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan masjid va madrasalarga yetkazib berilayotgani, Toshkent shahrida Shayx Hazratlarining nomlari bilan yuritiluvchi ko‘rkam masjid ochilganidan mamnun bo‘lgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi, Kavkaz xalqlari Oliy diniy kengashi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda quyidagilarni ta’kilaydi: “O‘zbekistonda yashab o‘tgan ulug‘ allomalar Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Iso va Hakim Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Muhammad Qaffol, Shoshiy, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab daholarning bebaho ilmiy-ma’rifiy merosiga suyangan holda faoliyat olib borayotgan o‘zbek jamiyatining tanlagan yo‘li eng to‘g‘ri ekanini butun jahon afkor ommasi e’tirof etib turibdi.
Shavkat Mirziyoev janobi oliylari davlat rahbari sifatidagi faoliyatining boshlaridayoq yurtingizda o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlar kengashi 43-sessiyasida ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l ekanligi g‘oyasini ilgari surgan edi. Diniy islohotlarning zamonaviy dunyoga, ona sayyoramiz tinchligiga, insonlar hayoti xotirjamligiga, farovon turmush kechirishiga, baxtli-saodatli bo‘lishi, yosh avlod kelajagini ta’minlashga qaratilgan, islom jamiyatining eng ilg‘or tamoyillarini o‘zida mujassam etgan bu hayotbaxsh g‘oyalar ko‘p o‘tmay butun yer yuzini qamrab olib, ajoyib samaralar berayotganiga barchamiz guvoh bo‘ldik.
Bugungi kunda dunyodagi barcha musulmon ahli islomning O‘zbekistondagi ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlayotgani bejis emas. Ma’rifat, madaniyat, bag‘rikenglik, ta’lim-tarbiya, ayollar va yoshlarga g‘amxo‘rlik, keksalarga hurmat, o‘zga din ahli izzatini joyiga qo‘yish kabi insonparvarlikka yo‘g‘rilgan g‘oyalarning barchasi islomga xosdir. Ular bugungi O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgani islom ta’limotining to‘g‘ri yo‘nalishini belgilab olish naqadar zarurligini aks ettiradi.”[57].
Rossiya Muftiylar kengashi va Rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Shayx Ravil Gaynutdinning quyidagi e’tiroflari ham g‘oyat qimmatli haqiqatdir:
“O‘zbek zamini azal-azaldan islom ilmlarining o‘chog‘i sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan. Buxoro, Samarqand shaharlarida istiqomat qilgan aziz-avliyolar jahon tamadduniga beqiyos ulush qo‘shganlar. Ular ilgari surgan insonparvarlik g‘oyalari asrlar davomida dolzarb bo‘lib, bugungi kunda ham dunyo afkor ommasining e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Ulug‘ allomalar tomonidan muqaddas Qur’on va Payg‘ambarimizning sunnatlari asosida shakllantirilgan yo‘nalishlarda shaxsning ma’naviy tarbiyasi bilan bir qatorda, butun jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga alohida o‘rin berilgan. Masalan, Bahouddin Naqshband hazratlari asos solgan, ayni paytda ham Yer yuzining turli nuqtalarida o‘z davomchilariga ega bo‘lgan naqshbandiya tariqatiga xos “Dast ba koru dil ba yor”, ya’ni “Qo‘ling ishda, qalbing Allohda bo‘lsin”, degan so‘zlar ham shunchaki xayolot mahsulining o‘zi emas. Ulamolar madaniyat, ma’naviy-ma’rifiy tushunchalarni oddiy odamlar hayoti bilan bog‘liq holda talqin etishgan.
Islom ta’limotiga tayangan holda, o‘lkada bog‘u-rog‘lar, masjidu madrasalar, karvonsaroylarusavdo do‘konlari barpo etilgan. Qadim o‘zbek zamini Buyuk Ipak yo‘lining nafaqat ma’naviy, balki iqtisodiy markazi ham bo‘lgani barchaga ma’lum.
O‘zbek diyori rossiyalik musulmonlar uchun ham alohida ahamiyatga ega. Islom dinining birinchi targ‘ibotchilari Volga, Ural qirg‘oqlari va Sibirga aynan o‘sha yerdan kelishgan. Bizning ota-bobolarimiz ham bir necha asr davomida aynan o‘sha yerga ta’lim olish maqsadida borishgan. Rossiyalik mashhur olimu ulamolar Gabdunnasr Kursavi, Shixobutdin Marujani, Galimdjan Barudi, Axmat Kadirov va ko‘plab boshqa dinshunoslar Buxoro madrasalarini bitirishgan. Menga ham “Mir Arab” madrasasida o‘qish nasib etganidan nihoyatda baxtiyorman.
Hatto dinga qarshi siyosathukm surgan sovet davrida ham o‘zbek xalqi musulmon tamadduniga tegishli moddiy va ma’naviy xazinani avaylab saqlab keldi.
Qadimiy hamda biz uchun yaqin va qadrdon o‘zbek Zaminida bugungi kunda ro‘yobga chiqarilayotgan savobli ishlarni diqqat va mamnuniyat bilan kuzatar ekanmiz, Prezident Shavkat Mirziyoev olib borayotgan siyosat asosida ulug‘ allomalar, ma’rifatrarvar shaxslarning ezgu g‘oyalari yotganiga ishonch hosil qilamiz.
O‘zbekiston Rahbarining tashabbusi bilan BMT Bosh Assamleyasi tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolitsiyasi qabul qilindiki, bu xujjat barchaga ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash, savodsizlikka va jaholatni tugatish, bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish, diniy erkinlikka erishish, dindorlar huquqini himoya qilish va ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik singari xayrli ishlarga da’vat qiladi. Shu bois ham u butun sayyoramiz aholisi uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ulug‘ mutafakkirlar va allomalar xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha tadbirlar bilan bir qatorda, ularning ta’limotlarini o‘rganish, targ‘ib etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilayotgani tahsinga loyiqdir. Faoliyat yuritayotgan diniy o‘quv yurtlari – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va qator madrasalar yuksak e’tirofga sazavordir. Ularda Buxoro dinshunoslik maktabining an’analari bilan hozirgi zamon fan-texnikasi taraqqiyotining yutuqlari mujassamlashgan.”[59].
Insoning bag‘rikenglik fe’lida yuksak kechirimlilik ham ifoda topadi. Bu g‘oyalar davlat siyosati, xalqaro munosabatlar doirasida yanada yuksak mazmun-mohiyat kasb etadi. Qadim davlatchiligimiz tarixida ham mehr-shafqat, kechirimlilikka oid hujjatlar ko‘p uchraydi. Jumladan, yuqorida eslaganimizdek Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida “Menga yomonliklar qilib, boshim uzra qilich ko‘targanlar, ishimizga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, agar ular iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelsalar, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim”, deydi. Sohibqiron bobomizning bu ishi Qur’ondagi ko‘rsatmasiga hamda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) sunnatlariga muvofiqdir.
Chunki islom dinida mehr-shafqat va kechirimlilikka ko‘p da’vat qilingan. Negaki, rahm-shafqat qilish Alloh taoloning mehribonliklaridan biridir.
“Alloh taolo“... Agar sizlar (ularni) afv etsangizlar, koyimasalaringizlar va kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh (ham) mahfiratli va rahmlidir” (Tag‘obun, 14), deb ta’lim beradi. Ushbu oyati karimadan anglashiladiki, agar bizga moddiy,ma’naviy zarar yetkazgan kimsani kechirsak, Alloh taolo uni o‘sha gunohi uchun kechirar va yana uning gunohidan o‘tganimiz uchun bizning gunohimizdan ham o‘tar ekan.
Ayonki, biron nomaqbul ishga qo‘l urib qo‘ygan odam o‘sha qilmishining xato ekanini qalban his qilib, pushaymon bo‘lsa-yu, unga yana bir imkoniyat berilsa, u davlat va jamiyatga ko‘p foyda yetkazadi. Uning samimiy afsus-pushaymoni unga kuch beradi. Binobarin, Alloh taolo “Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas, siz (har qanday yomonlik)ni go‘zal so‘zlar bilan daf’ qiling! (Shunda) banogoh sizbilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qattiq sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur” (Fussilat, 34) deb marhamat qilgan.
Payg‘ambarimiz (s.a.v) “Odam bolasining har biri ham gunoh qiladi, ammo ularning ichida eng yaxshilari – qilgan gunohlariga tavba qiladiganlaridir”, deb marhamat qilganlar.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning taraqqiyot va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun yashamog‘i adolatga bog‘liqdir”, deb yozganida qanchalar haq gapni aytgan edi.”[59].
Millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalqaro do‘stona aloqalarning yaxshi yo‘lga qo‘yilayotgani mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga ham rag‘bat bermoqda. Xalqaro tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyo sayyohligida ziyorat turizmi salmog‘i borgan sari ortib bormoqda.
Yurtimiz islom olami taraqqiyotining beshigi bo‘lgan ulug‘ allomalar mamlakatidir. Bu ziyoratgohlar ichida, so‘zsiz, Samarqand viloyatining Poyariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi alohida o‘rin tutadi. To‘qqizinchi asr diniy ulamolarining eng peshqadami bo‘lmish Imom Buxoriy payg‘ambarimizning 600 mingdan ziyod hadislarini to‘plagan, bularning ichida eng ishonchli yetti mingtasi “ Al-Jome as-Sahih”, ya’ni ishonarli to‘plam sifatida tan olingan. U Alloh kalomi – Qur’oni Karimdan so‘ng ikkinchi o‘rindagi shariat kitobidir. 1992 yilda buyuk muhaddis olim qadamjosi butunlay boshqatdan barpo etilib, har yili dunyodan millionlab ziyoratchilar tashrif buyurishi uchun yetarli imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, yurtimizdagi ziyoratgohlarni sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarilishi, islom dinining insonparvarlik, ezgulik mohiyatini yanada chuqur his ettiradigan darajaga yetkazilishi kerak.
Shunday qilib, mamlakatimizda yosh avlodni chin vatanparvar, insonparvar kishilar qilib tarbiyalashda xalqimizning ezgu qadriyatlari, xususan, mehr-muruvvat, himmatlilik, saxovatlilik, o‘zaro hurmat, xalqlar do‘stligi, diniy bag‘rikenglik kabi xalqimizga xos ulug‘ qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 64,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 64,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirish metodikasining mavjudlik holati

Download 64,92 Kb.