• Ish tuzilmаsining tаvsifi
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari.
  • Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi




    Download 64,92 Kb.
    bet4/7
    Sana22.11.2023
    Hajmi64,92 Kb.
    #102999
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MD

    Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy, psixologik-pedagogik, falsafiy adabiyotlarni o‘rganish, tajriba-sinov, pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, suhbat, test kabi metodlardan foydalanildi.
    Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati kreativlikka asoslangan interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodologik yondashuvlar va pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirishda foydalanish bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati milliy qadriyatlarga asoslangan interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarga sadoqatini rivojlantirish, interfol ta’lim muhitini yaratishning informatsion-metodik tizimini yanada takomillashtirish hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
    Ish tuzilmаsining tаvsifi: Dissertatsiya kirish qismi, uchta bob, boblarga xulosalar, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


    I BOB BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MILLIY QADRIYATLARGA BO‘LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘z hayotining barcha sohalarini sifat jihatdan yangilash, dunyoviy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan bormoqdaki, mamlakat Konstitutsiyasi o‘zining huquqiy bazasi, milliy istiqlol mafkurasi esa axloqiy-g‘oyaviy asosi bo‘lib qoldi. “Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi, - deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov. – O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratadigan bo‘ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo‘ldik”.
    Ushbu muhim vazifalarni amalga oshirish uchun jamiyat barcha a’zolarining, ayniqsa, respublika aholisining yarmidan ko‘pini tashkil qiladigan yoshlarning kuch-g‘ayratini safarbar etish talab qilinadi. Madaniyat ma’naviyatini, rivojlanishning intellektual boyliklarini bo‘lajak jamiyatdoshlar ongiga joylash aynan yoshlarning vazifasidir2. Yoshlar bunday mas’uliyatli vazifani bajara olishi uchun O‘zbekistonda uning erkin rivojlanishi hamda mehnat faoliyati uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.
    Gap shundaki, globallashuv sharoitida O‘zbekiston yoshlarini milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mamlakatda mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirishda ma’naviy sog‘lom avlodni voyaga yetkazish hamda ularda milliy urf-odatlarimizni shakllantirishga katta ahamiyat berilmoqda. I.Karimov “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” risolasida “... Vatanning har asl farzandi o‘zini ota yurtning ajralmas bo‘lagi deb his etayapti va bundan faxrlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, yanglishmagan bo‘lamiz”, deb ta’kidlagan edilar.
    Vatanparvarlik o‘z mamlakati va xalqini sevish bilan birga, uning oldida turgan muhim mas’uliyatli vazifalarning tub mohiyatini anglashi, ularni amalga oshirish yo‘lida o‘zining butun bilim va malakasini, kuch va irodasini safarbar etishdir. Har bir fuqaro o‘zini Vatanning, xalqning tarkibiy qismi deb, o‘z burchini yuksak onglilik, fidoiylik bilan ado etgandagina vatanparvarlik e’tiqodi mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy omilga aylanadi.
    Vatanparvarlik tug‘ma irsiy xususiyat emas, balki muayyan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy vaziyatda ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadigan ko‘nikma, qadriyatdir. Mamlakat tarixining burilish pallalarida vatanparvarlikning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri kuchli namoyon bo‘ladi. Ana shu mas’uliyatli davrlarda mamlakat va millat taqdiri fuqarolarning Vatan, xalq, istiqlol va istiqbol oldidagi o‘z burchlari va mas’uliyatlarini qanchalik to‘g‘ri va to‘la tasavvur qila olishlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tuyg‘u, tasavvur va dunyoqarash dastlab oilada boshlanadi.
    Vatanparvarlik tarbiyasida tarixiy shaxslar, milliy qahramonlar, buyuk tarixiy voqealar va ularning tavsiflari muhim ahamiyatga egadir. Shu o‘rinda buyuk vatandoshlarimiz – Shiroqning o‘z yurtini yovlar zulmidan ozod etish uchun jon fido etgani, To‘maris jasorati, Spitamen, Mahmud Torobiy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi daholarimiz vatanparvarligi to‘g‘risida oila a’zolariga beriladigan ma’lumotlarning ahamiyati kattadir. Vatanparvar insonlarning nomi xalq va millat qalbida abadiy yashaydi.
    Vatan haqidagi tushunchani faqat tarixiy faktlar bilangina emas, balki mamlakatning kelajak istiqboli, vazifalari bilan ham bog‘lab shakllantirish ahamiyatlidir. Vatanimiz qudrati qanchalik kuchli bo‘lsa, ona yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, ahillik doimiy bo‘lsa taraqqiyot, ezgulikka intilish, yuksak g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish imkoniyati shuncha kuchli bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, oilada mamlakatimiz qudratini yanada kuchli qilish uchun har bir oila a’zosi, - u olim bo‘ladimi, muhandis-texnik bo‘ladimi, yoki fermer bo‘ladimi, talaba bo‘ladimi, o‘quvchi bo‘ladimi,- ularning har biri o‘zlarining vazifalarini yuqori darajada anglashlari va bajarishlari muhimdir. Ayniqsa, bugungi xalqaro moliyaviy inqiroz kuchaygan bir davrda O‘zbekiston iqtisodiyotining bir maromda rivojlanayotganligi mamlakat fuqarolarining mehnatsevarligi, fidoiyligi, tadbirkorligi bilan uzviy bog‘langandir.
    Vatanparvarlik tarbiyasida ogohlik tarbiyasi ham muhim o‘rin egallaydi. Muqaddas Vatanning bir qarich tuprog‘i ham yovuz niyatli kishilar tomonidan oyoqosti qilinishi mumkin emas. Chunki u muqaddasdir. Bu tuproqda O‘zbekistonni O‘zbekiston qilgan ne-ne ulug‘ zotlarning hoklari yotibdi. Bu muqaddas tuproqda Vatanimizning obro‘-e’tiborini butun jahonga yoyadigan ne-ne ulug‘ allomalar hali tug‘iladi, unadi, o‘sadi. Shuning uchun oilada oila a’zolarining har biri birinchi galda o‘z oilalarining tinchligi va osoyishtaligini saqlashlari, shu orqali yurtimiz, davlatimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun o‘z jonini ham fido qilishga tayyor tura oladigan kishilarni shakllantirish bugungi notinch zamon uchun zarur bo‘lgan omillardan biridir. Mustahkamlanib borayotgan o‘zbek oilasi o‘zida tarixiy taraqqiyot jarayonida vatanparvarlik dunyoqarashi, qadriyatini shakllantirish bo‘yicha to‘plangan barcha tajribalarni jamlagandir. Bu tajribalar avloddan avlodga o‘tish jarayonida tobora boyib bormoqda.
    Bularning bari yoshlarning mavjud imkoniyatlarini va qobiliyatini faollashtirishni talab qiladi. Ushbu global muammoning yechimi esa shaxsning o‘zini-o‘zi takomillashtirishni ijtimoiy manfaatlar bilan, har bir kishini, har tomonlama rivojlantirishni davlatning ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlari bilan, bozor iqtisodiyoti talablarini ma’naviyatni o‘stirish bilan qovushtirishning yangi shakl va usullarini izlab topishdadir.
    Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. 
    Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. 
    Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. 
    Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib, hayotdan munosib o‘rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 
    Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun asosida qat’iy davom ettiriladi. 
    Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan hatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish; - qaytd etiladi.
    Bu borada xalqaro hamjamiyat tomonidan har qanday davlatda amalga oshirilayotgan ishlarning natijasiga baho beruvchi ikki mezon tan olingan. Bu o‘sha mamlakatdagi sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlaridir.
    “Oldimizdan turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etishini inobatga olsak, bu naqadar jiddiy masala ekanligi yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Shu o‘rinda farzandlarimizning qalbi va ongida mafkurafiy immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq vazifalarga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman. Avvalambor, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrashga, ularning ta’lim-tarbiyasiga har birimiz mas’ul ekanligimizni hech qachon unutmasligimiz kerak” – deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligida nomzod Shavkat Mirziyoyev[7].
    Yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda uni milliy va umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qadim tarix sahifalarida ulug‘ donishmandlar bitiklarida, xalqning ruhi va qalbini ifodalovchi rivoyat-u hikoyatlarda, ilg‘or va hur fikrli ijodkorlar, san’atkorlar, siyosat namoyandalarining ma’naviy-ma’rifiy meroslarida ulug‘ qadriyatlar silsilasi namoyondir. Ular ezgulik g‘oyalari bilan jilolangan durdonalardir. “Bori yaxshilig‘ qilg‘ilkim, ondin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qildi falondin yaxshilig‘” degan Boburning ezgu qarashlari butun-butun avlodlarga ibrat namunasidir. Yaxshilik chinakam insoniylik bo‘lib, u xalqimizning insonparvarlik qarashlarining mehr-oqibatlilik fazilatining ifodasidir. Ota-bobolarimiz o‘z turmushlarida doimo yaxshi niyat bilan, orzu-istaklarini ularda jo qilib yashaganlar, ular o‘zlarining yaxshi nomlari bilan butun jahonga dong taratganlar. Sohibqiron Amir Temur “Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim”, degan. [30,12.].
    Yaxshilik komil tarbiya ko‘rgan kishilarga xos bo‘lib, bu ma’naviyat bilan bog‘lanadi. Ma’naviyatlilik esa, avvalo, o‘zlikni anglash bilan bog‘lanadi. “O‘z xalqi tarixini bilmagan millatlar xotira va idroklarini yo‘qotib qo‘ygan dovdirlarga o‘xshaydi.” [31,5.].
    Demak, ma’naviyat to‘g‘rilikka eltuvchi yo‘l, aniqroq aytganda, to‘g‘rilik-rostlikning o‘zidir.
    “Ma’naviyat tushunchasi asosida rostlik, haqqoniylik, to‘g‘rilik mujassamdir. Misol: odamlar payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni “amin”, Amir Temur bobomizni do‘stlari va raqiblari “rostgo‘y” deyishgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev haqida xalqimiz “to‘g‘ri so‘z”, “adolatli odam”, “so‘zi bilan ishi bir odam ekan” deyishmoqda. Hadislarda “Iymondan keyin keladigan, ammo iymon qadar aziz turadigan so‘z bormi?”- deb so‘rashganda, Payg‘ambarimiz: “Bor, u so‘z lafzdir”, deganlar. Lafz esa to‘g‘rilikdir.Biz to‘g‘rilik zamonida yashayapmiz”[25,92.].
    Ma’lumki, inson shaxs sifatida tarbiyalanib shakllanishida xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy – ma’rifiy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Bunga ilmiy – texnika va aqliy imkoniyatlar, ta’lim – tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, milliy qadriyatlar, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va boshqalarni kiritish mumkin.
    Shunday qilib, xalqimizning milliy qadriyatlari, umuminsoniy ezgu qadriyatlar bilan uyg‘unlik, hamohonglik kasb etadi. Buni milliy g‘oyamiz va milliy mafkuramizning tarkibiy tushunchasi deb qarasak o‘rinli bo‘ladi. Chunki milliy mafkura tushunchasidagi “milliy” aniqlovchisi etnik mansublikni bildirmaydi, balki mamlakatga, muayyan jamiyatga mansublikni bildiradi. Shu bois milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalari “milliy istiqlol”, “milliy byudjet”, “milliy yalpi mahsulot”, “milliy xavfsizlik”, “milliy gerb”, “milliy bayroq” tushunchalari kabi O‘zbekistonda yashovchi barcha halqlarga tegishlidir.
    Xalq ongiga milliy g‘oya qanchalik chuqur singsa, uning o‘zligini anglashi, ichki mushtarakligi, millati, tili va dinidan qat’i nazar, o‘zini yagona xalq-o‘zbekistonlik deb his qilishi shunchalik kuchayadi.
    Milliy mafkura milliy g‘oya tevaragida shakllanadi va u ifodalagan oliy maqsad yo‘lida jamiyat a’zolarining etnik mansubligidan, ijtimoiy ahvolidan, jinsi,yoshi, tilidan qat’i nazar, jiplashtiradi. Boshqacha aytganda, milliy g‘oya milliy mafkuraorqali xalqning kuch – g‘ayrati, irodasini, aqliy va hissiy salohiyatini belgilangan omollarga, orzu-umidlarga erishish tomon yo‘naltiradi, bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga safarbar etadi.
    Ma’lumki, o‘zbek xalqi ko‘p qirrali boy madaniyatga ega bo‘lgan va o‘z maqsadi bilan jahon sivlizatsiyasi rivojlanishiga munosib hissa ko‘shib kelgan. Xalqimiz tomonidan uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaralgan madaniyatimiz o‘zining tarixiy ildizlariga, o‘z qadriyatlariga ega.
    Yoshlarning komil insonlar, mustahkam oila vakillari bo‘lib yetishishida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni beqiyos. Mustaqil O‘zbekistonning kuch–qudrat mabai–xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, yaxshilik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangicha mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik,madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishining kamol topishiga erishish uchun zarur shart – sharoit yaratishda o‘z ifodasini topmoqda.
    Qadriyatlar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy omil sanaladi. Qadriyatlar ta’lim – tarbiyaning muhim vositasi sifatida inson hayoti uchun, vujudning tirikligi, sihat–salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi kabilarga jiddiy ta’sir etadi. Yosh avlodda qadriyatlarga munosabatda bu xususiyatlarni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
    Jamiyat taraqqiy etgan sari umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib boraveradi. Masalan, erkinlik, tinchlik, tenglik, ma’rifat, haqiqat, ma’naviyat, go‘zallik, yaxshilik,insonparvarlik, ijtimoiylik, demokratiya, qonun ustuvorligi va boshqalar. Bu tuyg‘ular mustaqilligimizning yangi bosqichga ko‘tarilishi jarayonida xalqimizning ong va shuuriga tobora mustahkamlanib bormoqda. Shuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz “Navro‘z falsafasida, Navro‘z qadriyatlari-odamlar dardu–tashvishi bilan yashash, keksalarni hurmatlash, muhtoj oilalarga e’tibor va yordam ko‘rsatish, adolat va xalqparvarlik faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”, deydi. [9, 479.].
    “Bizning havas qilsa arziydigan tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Men ishonamanki, Xudo xohlasa, havsa qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham, albatta, bo‘ladi”, degan edi Muhtaram Prezidentimiz Toshkent shahri vakillari bilan saylovoldi uchrashuvidagi nutqida.[7,482.].
    Albatta, buyuk kelajakning egalari hozirdan tarbiyalanadi. Tarbiya esa ijtimoiy hodisa bo‘lib, o‘zaro aloqadorlikni talab etadi. Bu deganimiz ana shu ulkan, mas’uliyatli, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgandagina yuksak samaraga erishiladi.
    Bola – boshdan, degan gap bor xalqimizda. Demak, tarbiyaning boshi, asosi oiladadir. Oila jamiyatimizning birinchi bo‘g‘ini, jamiyatning boyligi, osoyishtalik va mustahkamlik u bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham ijtimoiy taraqqiyotda oila va jamiyat muammolarini bir-biridan ajratib qarash mutlaqo mumkin emas. Ularning muammolari hamisha umumjamiyat, umumdavlat ahamiyatiga molik muammolardir. Oilaning muqaddas vazifasi qobiliyatli farzandlarni o‘stirish,ularni jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan yetuk qilib, ota–onasiga, vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir, ya’ni ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol inson faqat sog‘lom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi sog‘lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining asosidir.
    Oila mas’uliyati, uning qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat bilan qarash xalqimizning ezgu fazilatidir. Ammo bugungi kunda axborotlashgan jamiyat, cheklanmagan miqdordagi ma’lumotlar, turfa qarashlar, taraqqiyot shiddati asrlar davomida shakllangan an’analarga o‘z salbiy ta’sirini ham o‘tkazyapti. Aynan shu jarayonda oila, uning shaxs kamolotidagi o‘rni, qadriyatlarini, oilaning majburiyati va mas’uliyatini yanada kuchaytirish dolzarb vazifaga aylandi.
    Demak, sog‘lom fikrli, inoq oilada yetuk insonlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari tomonidan bu masalaga juda katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunonchi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ham bu borada ishlarni yaxlit tizimga solish, natijadorlikni oshirish yo‘lidagiamaliy qadam bo‘ldi.
    Avvalo, buning uchun zarur bo‘ladigan huquqiy baza mustahkamlandi. Prezidentning “Xotin – qizlarni qo‘llab – quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bu ishda o‘ziga xos dasturulamalga aylandi. Shu asosida markaz mutaxassislari tomonidan zamonaviy oila, undagi ajralishlar muammosi, yoshlarning oilaga munosabati, mas’uliyati, oilaviy parokandalikning sabablarini o‘rganish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hamkorlikda loyihalar ro‘yobga chiqarilmoqda.
    Shunday qilib, mamlakatimizda oila muqaddas dargoh sifatida e’zozlanadi. Negaki, unda umuminsoniy, diniy va milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan. Ajdodlarimizdan meros tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi go‘zal an’anayu urf- odatlar, ming yillardirki, oila sharoitida hayot sinovlaridan o‘tib kelmoqda. Zotan, oilaning eng asosiy vazifalaridan biri-insoniyat shajarasini sog‘lom va iqtidorli avlodlar bilan davom ettirishdan iboratdir.


      1. Download 64,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 64,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi

    Download 64,92 Kb.