|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
915
w
www.oriens.uz
February
2022
tashkiloti qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag`lar yuzasidan tashkil
bo`lish manbalari va foydalanish yo`nalishlari ko`rsatilgan holda budjetdan tashqari
mablag`lar bo`yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda
davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so`nggi natijaga
yo`naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, budjetining g`azna
ijrosiga o`tilishi, o`rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari
surilishi, davlat hamda budjet siyosatidagi boshqa o`zgarishlarning amalga oshirilishi
budjet tashkilotlarida o`z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish,
budjetdan tashqari mablag`larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab
etmoqda.
Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mablag’lardan
maqsadli va oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada budjet
hisobining xorij tajribalarini o’rganish ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda alohida
axamiyat kasb etadi. Shuningdek, budjet hisobi va hisobotini takomillashtirishda
byudjet hisobining xorij tajribalri, ularni qo’llashning afzallaliklari va bosqichlarini
chuqur o’rganishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotini
takomillashtirish Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarni asosiy
yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi va kontseptsiya qabul qilindi. Kontseptsiyaga
ko’ra Budjet hisobi standartlarini qabul qilish belgilandi.
Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda
qo’llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlar davlat sektori faoliyati natijalarini
baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, Budjetga
moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini
ta’minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to’liqligini oshishi hisobiga davlat
aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa
mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi, xalqaro
munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni
o’z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi shuningdek moliyaviy xolatni
tushinish asosida chet el ivestitsiyalarini xajmini oshishi va donorlik mablag’larini
ko’payishi imkonini beradi.
Yuqoridagilardan aytish mumkinki Davlat sektorida buxgalteriya hisobi Xalqaro
Standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto
ba’zi mamlakatlar Davlat sektorida buxgalteriya hisobi Xalqaro Standartlarini o’z
standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan
kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar.
|
| |