|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
918
w
www.oriens.uz
February
2022
ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun
asos bo’lib xizmat qilish;
hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida
mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi;
hisobni yuritishda to’la foydalanish uchun qabul qilish (standartlardan
o’zgartirishlarsiz foydalanish).
Jahon amaliyotida davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa metodi,
modifikatsiyalashtirilgan kassa metodi, modifikatsiyalashtiril-gan hisoblash metodi
va xisoblash metodi mavjud.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa metodi. Mazkur metodda
barcha hodisalarni pul mablag’larining harakati bo’yicha qayd qilish ko’zda tutiladi.
Bunda aktivlar va majburiyatlarga doir ko’pgina hodisalar buxgalteriya hisobi
doirasida hisobga olinmay qoladi. Mazkur metod sharoitida sotib olingan asosiy
vositalar sotib olib kelingandan so’ng bir yo’la xarajatlarga qo’shib yuboriladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining modifikatsiyalashtirilgan kassa
metodi. Mazkur metodda hisobot yili tugagandan so’ng keyingi yilning birinchi oyida
sodir bo’lgan va avvalgi hisobot yiliga doir barcha hodisalar tugagan hisobot yiliga
tegishli deb qabul qilinadi, bu davr ichida avvalgi hisobot yilida qabul qilingan
barcha majburiyatlarni davlat to’lav beradi va davlat Budjeta avvalgi hisobot yilida
olishi kerak bo’lgan daromadlarini oladi. Bu tartib hisobotlar davlat sektori uchun
buxgalteriya hisobining hisoblash metodi bo’yicha tuzilganda ham sakdanib qoladi.
Bu esa qandaydir darajada aktivlar va majburiyatlarni baholash imkonini yaratadi.
Mazkur metod sharoitida ham sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan
so’ng bir yo’la xarajatlarga qo’shib yuborish tartibi saqlanib qoladi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining modifjatsiyalashtirilgan hisoblash
metodi. Mazkur metodda sodir bo’lgan barcha hodisalar sodir bo’lishi bilan
daromadlar daromad deb, xarajatlar xarajat deb hamda ayrim aktivlar va
majburiyatlar ham sodir bo’lgan paytda tan olinadi. Mazkur metod sharoitida kassa
metodidagi kabi sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan so’ng bir yula
xarajatlarga qo’shib yuborish tartibi saqlanib qoladi. Bu esa hisobni osonlashtirish
imkonini beradi hamda davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash
metodiga o’tishni ancha osonlashtiradi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodi. Mazkur
metodda sodir bo’lgan barcha hodisalar sodir bo’lgan paytda tan olinadi. Bu metod
qo’llanilganda asosiy vositalar sotib olib kelingandan so’ng bir yo’la xarajatlarga
qo’shib yuborish tartibi amal qshgmaydi. Barcha aktivlar qiymati ular-dan
|
| |