|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
914
w
www.oriens.uz
February
2022
обеспечение интеграции финансовой и статистической отчетности; в
условиях глобализации международных отношений, увеличения объема
иностранных инвестиций и донорских средств.
Ключевые слова: Бюджет, бюджетная организация, Международные
стандарты финансовой отчетности (МСФО), государственный сектор,
финансовый год, счет обязательств, счет активов, финансовые результаты,
договор.
KIRISH
Keyingi yillarda mamlakatimiz budjet va soliq siyosatida olib borilayotgan
islohotlar sharoitida budjet tashkilotlarini budjetdan moliyalashtirishni qisqartirih
uchun olib borilayotgan tadbirlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari
jamg`armalari ahamiyatining yuqori ekanligini ko`rsatib bermoqda. Bu borada qabul
qilinayotgan me`yoriy-huquqiy asoslar olib borilayotgan ishlar buning yaqqol
dalilidir.
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning
2019
yilda
mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag`shlangan Oliy
Majlisga qilgan Murojaatnomasida “ Budjet mablag`laridan samarali foydalanish
tizimini yanada takomillashtirish zarurligi, budjet hisobidan mablag` ajratiladigan har
qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko`rsatkichlaridan iborat, natijaga
yo`naltirilgan indikatorlari bo`lishi kerakligi ta’kidlab o`tildi. Ma`lumki, soliq
stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan budjetga tushadigan
mablag` albatta kamayadi. Buni samarali soliq ma`muriyatchiligi orqali bartaraf etish
va budjet barqarorligini ta`minlash mumkun. Aynan shunga erishish birinchi galdagi
vazifamiz” ekanligi prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan aytib o`tildi.
Budjet ijrosi jarayonida Davlat budjeti mablag`lari va budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari mablag`lari shakillanishi hamda sarflanishini uzluksiz hisobga
olish, ularni hujjatlashtirish va axborotlarni tizimli shakllantirish uchun budjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tashkil etilgan.
Budjet mablag`laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet taqchilligini
oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat budjeti o`lchovsiz
emas, mablag`larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni
ta`minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo`lmaydigan haqiqat”- deydi
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o`z nutqlarida. Budjet tashkilotlari budjet
mablag`larining asosiy iste`molchisi hisoblanib, davlat budjeti xarajatlarini tashkil
etadi va xarajatlar smetasi asosida budjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, budjet
|
| |