|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
919
w
www.oriens.uz
February
2022
foydalanish davri davomida ularning xizmat kilish muddatiga mutanosib ravishda
eskirish hisob lanib, bu eskirish summasi xarajatlarga amortizatsiya sifatida qo’shib
boriladi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, davlat sektorida kassa metodiga
asoslangan buxgalteriya hisobi yuritilganda sodir bo’lgan hodisalar bo’yicha pul
mablag’iaoining kelib tushishi yoki pul mablag’la-rining tulanishchi paytida tan
olinsa, davlat sektorida xisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobi
yuritilganda esa sodir bo’lgan hodisalar aktivlarning qiymati va majburiyatlarning
summasi paydo bo’lgan yoki ularning iqtisodiy qiymati o’zgargan paytda tan olinadi.
Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodida aktivlarning
sof qiymatini ko’paytiruvchi hodisalar daromadlar deb, aktivlarning sof qiymatini
kamaytiruvchi hodisalar esa xarajatlar deb tan olinadi.
Davlat boshqaruv sektorining aktivlari sof qiymati hamda ular faoliyatining
natijalari bo’lib davlat boshqaruv sektorining aktivlari kiymati bilan majburiyatlari
summasi o’rtasidagi farq hisoblanadi.
Hisoblash metodi – buxgalteriya hisobida sodir bo’lgan barcha operatsiyalar va
boshqa hodisalar, ular sodir bo’lgan paytda qayd etiladigan (pul mablag’lari va uning
ekvivalenti kelib tushgan ѐki to’lanishidan oldin) buxgalteriya hisobi metodi.
Hisoblash metodi moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo’yilgan maqsad va
vazifalarni bajarishi uchun hisoblash usuli bo’yicha tuzilishi kerak. Bu usulga binoan,
voqea va hodisalar ular ro’yobga chiqarilishi bilanoq tan olinishi (pul to’langani yoki
olinganida emas) va moliyaviy hisobotda ular amalga oshirilgan davrda aks ettirilishi
kerak. Hisoblash tamoyiliga binoan tuzilgan hisobot nafaqat o’tgan voqea xodislar,
balki tashkilotning uzishi kerak bo’lgan majburiyatlari, olishi kerak bo’lgan iqtisodiy
resurslari haqida ma’lumotlar beradi. Shunday qilib, foydalanuvchilar iqtisodiy
qarorlar qabul qilishi uchun muhim axborotni taqdim etish imkoniyati paydo bo’ladi.
Hisoblash usulidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari
hisoblash (moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni bajarishi
uchun hisoblash usuli bo’yicha tuzilishi kerak) hamda faoliyatni uzluksizligi
(moliyaviy hisobot odatda tashkilot faoliyat ko’rsatyapti va operatsion faoliyatini
bundan keyin ham davom ettiradi degan taxmin asosida tuziladi) tamoyillariga
asoslangan.
Hisoblash usuliga asoslangan moliyaviy hisobot tarkibi:
moliyaviy holati haqida hisobot;
faoliyatning moliyaviy natijalari haqida hisobot;
sof aktiv/kapital o’zgarishi xaqida hisobot;
|
| |