• Dasturiy uzilishlar
  • Uzilish tizimining vazifalari
  • Uzilishlarni turlarga ajratish




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/154
    Sana10.01.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #133982
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
    Bog'liq
    UMK OT (3)

    Uzilishlarni turlarga ajratish. Signalning manbaiga bog‘liq holda uzilishlar 
    quyidagilarga ajratiladi: 
    ➢ boshqariladigan ob’ektdan so‘rovlar (boshqarish tizimlari uchun odatiy), 
    tashqi qurilmalardan so‘rovlar; 
    ➢ axborot almashuviga tayyor tashqi qurilmalar, axborot uzatishni dasturiy-
    boshqarishni tashkillashtirish uchun protsessor etiborini talab etadi
    ➢ axborot uzatish bo‘yicha ishini tugallagan tashqi qurilmalar; 
    ➢ tashqi qurilmalarda alohida (avariya) holat; 
    ➢ taqsimlangan boshqarish tizim doirasida hisoblash jarayonlarini 
    sinxronizatsiyalashda boshqa protsessorlardan uzilishga so‘rovlar. 


    93 
    Dasturiy uzilishlar, apparatli uzilishdan farqli, bajarilayotgan dasturga
    nisbattan sinxron ravishda paydo bo‘ladi. Dasturiy uzilishlarning sababi, dasturni
    bajarilishida yuzaga keluvchi dasturni bajarilishini normal davom etishiga to‘sqinlik 
    qiluvchi mahsus holatlar bo‘lishi mumkin va mahsus hizmat ko‘rsatilishini talab 
    etuvchi (to‘lish, hotira himoyasini buzilishi, operativ hotirada kerakli betning 
    yo‘qligi) hamda shuningdek mahsus INT buyruq turi. Bu buyruqlar odatda 
    operatsion tizimning ma’lum vazifalarini chaqirish uchun ishlatiladi. 
    Uzilish tizimining vazifalari
    1.Ko‘p manbalardan uzilishlarga so‘rovlarni qabul qilish va saqlash. 
    2.Kelgan so‘rovlardan eng ustunini ajratish. 
    3.Markaziy protsessorning so‘rovlarga ishlov berish imkoniyatini tekshirish 
    (so‘rovlarning ustunlik darajasini uzilish ostonasi deb ataluvchi bilan solishtirish). 
    4.Uziladigan dastur holatini (kontekstni) hotirada (stekda) saqlash. 
    5.Uzilishlarga ishlov beruvchini chaqirish. 
    6.Uzilishga ishlov berish dasturini bajarish. 
    7.Uzilgan dastur holatini (kontekstni) tiklash va uning bajarilishini amalga 
    oshirish. 
    Yuqorida keltirilgan 1 – 5, 7, bosqichlarda uzilishga so‘rov paydo bo‘lganda
    avtomatik ravishda apparat vositalar orqali bajariladi. 
    Uzilish buyruq siklini ko‘rib chiqamiz. Barcha kompyuterlarda dasturni o‘tish 
    buyrug‘i inobatga olingan. Asosiy ishlovchi dasturning uzilish sababi dasturga 
    oldindan kiritilgan shart bo‘lishi mumkin (shartli o‘tish) yoki oldindan inobatga 
    olinmagan harakatlar (shartsiz o‘tish) bo‘lishi mumkin, ular dasturni shoxlanishga 
    olib keladi. Dasturni bajarilishini uzilishini talab etuvchi harakatlardan yana biri bu 
    protsedurani chaqirish. 
    Ko‘rsatilgan holatlarni amalga oshirish maqsadida – hisoblashlarning tabiiy 
    bajarilishini o‘zgartirish, dasturning o‘tish buyruqlarini manzil qismida o‘tish nuqta 
    manzili mavjut, ya’ni keyingisi bajarilishi kerak bo‘lgan va qaerga o‘tish kerak 
    bo‘lgan buyruq manzili. 6.1-chizmada shartli o‘tish buyrug‘ini bajarilishiga misol 
    berilgan. 


    94 

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish