|
Korxona foydasining mutlaq miqdori, ya’ni hajmi FOYDA MASSASI (P)ni tashkil qiladi
|
bet | 59/137 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #247086 |
Bog'liq 1 ta\'lim texnologiyasiKorxona foydasining mutlaq miqdori, ya’ni hajmi FOYDA MASSASI (P)ni tashkil qiladi.
Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati foizlarda FOYDA NORMASI (P’) deyiladi. P’=(P/W)*100
Foyda normasi ishlab chiqarish hajmiga to’g’ri mutanosib, xarajatga teskari mutanosib.
O’RTACHA DAROMAD (AR) - sotilgan bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan daromaddir, ya’ni:
Average Revenue – revenue matching for one sold product. AR= TR/Q= P*Q/Q=P So, average revenue equals to product price
AR= TR/Q= P*Q/Q=P demak o’rtacha daromad mahsulot tannarxiga teng.
CHEKLI DAROMAD (PIROVARD) (MR) - bu qo’shimcha bir birlik mahsulotni sotish natijasida umumiy daromadning o’sgan qismi:
MR=^R(Q)/^Q= ^R=P;
Misol: Qisqa muddat oralig’ida firmaning maksimal, foydasini ta’minlaydigan mahsulot hajmini aniqlashimiz zarur.
Firma o’z mahsulotini bozorda 40 dollarga sotadi, doimiy ishlab chiqarish xarajati 50 doll, korxonaning umumiy xarajati ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mos ravishda ortadi. Firmaning foydasi daromad bilan umumiy xarajatlarning farqiga teng bo’ladi:
P(q) = R(q) - TC(q)
Ishlab chiqarish hajmi kam bo’lganda, firma foydasi salbiy miqdorga ega bo’lib, doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni Qoplash uchun daromad yetarli emas. Ishlab chiqarish hajmi ortib borishi bilan foyda ortib boradi. Mahsulot miqdori 8 birlikka yetkuncha foyda ortadi: so’ng foyda kamayadi.Pirovard daromad (MR) pirovard xarajat( MC) ga yaqin kelgandagina Q=8 ga teng bo’ladi va foyda maksimal darajaga yetadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki qo’simcha daromad qo’shimcha xarajatlarga teng bo’lganda, foyda maksimal bo’ladi.
Qisqa davrdagi daromadlar va firmaning xarajatlari.
|
| |