• 1-amaliy ish. Klaviaturada ishlash. (Shaxsiy kompyuterning klaviatura qurilmasida alfavitli raqamli tugmachalar bilan ishlash, sichqoncha qurilmasi) Ishning maqsadi
  • Kerakli asbob va jihozlar
  • SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI




    Download 6.59 Mb.
    bet3/74
    Sana20.01.2023
    Hajmi6.59 Mb.
    #38790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma (
    SAID AHMAD QORAKO‘Z MAJNUN (HIKOYA)
    SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI
    • Kompyuter xonasida tushayotgan yorug’lik o’quvchining ish joyiga tepadan yoki chapdan tushishi, monitor ekrani va tugmalar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq.
    • Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24° C atrofida bo’lishi lozim.
    • VIII-IX sinf O’quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan uzluksiz ishlash vaqti 30-35 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi lozim.
    • O’quvchi kompyuterdan eng kamida 40—50 sm narida o’tirishi kerak.

    • O’quvchilarning ekranga qarash burchagi ekran tekisligiga nisbatan perpendikular bo’lishi lozim.

    • Kompyuter xonasida o’tkazilayotgan dars paytida o’quvchilarga tana mushaklarida va ko’zlarda zo’riqish hosil bo’lmasligi uchun ularga 2-3 minutdan dam berilishi lozim. kuy eshitish, kursida o’tirgan holda qo'1 va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

    • Har bir o’quv guruhi shunday kichik guruhlarga bo’linishi kerakki, mashg’ulotda qatnashayotgan o’quvchilarning umumiy soni 20 tadan oshmasligi zarur.

    Quyida ko’z uchun jismoniy mashqlardan namunalar keltirilgan. Mashqlar o’tirib yoki turib, kompyuter ekraniga qaramagan holda, davriy ravishda nafas olib, ko’zni katta-katta ochgan holda bajariladi:
    1) 1-4 hisobda ko’z mushaklarini qattiq tarang tortib, ko’zni yuming, 1-6 hisobda ko’z mushaklarini bo’sh qo’ying, ko’zni oching (4—5 marta takrorlansin);
    2) 1-4 hisobda burun uchiga biroz qarab turing, keyin ko’zni yuming. So’ngra 1—6 hisobda ko’zni ochib, uzoqqa tikiling (4—5 marta takrorlansin).
    1-amaliy ish. Klaviaturada ishlash.
    (Shaxsiy kompyuterning klaviatura qurilmasida alfavitli raqamli tugmachalar bilan ishlash, sichqoncha qurilmasi)
    Ishning maqsadi: Kompyuterni ishga tushirish va uni ishini yakunlash tartibi, klaviatura qurilmasi tugmachalari bilan ishlashga o’rgatish.


    Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, monitor, tizimli qism (sichqoncha, markaziy pritsessor, mikpoprotsessor, xotira, qattiq disk), mavzuga doir tarqatma materialar.

    Download 6.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 6.59 Mb.