• Simmetrik shifrlash modeli.
  • Основы пакета




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet300/354
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,65 Mb.
    #119800
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   354
    Bog'liq
    Основы пакета (1)

     
    410
    insondan iborat bo‗ladi, buzg‗unchi bo‗lib kimdir siz bo‗lmaganingizda 
    kompyuteringizdan foydalangan inson bo‗lishi mumkin. 
    Axborotlarni shifrlashni eng ko‗p tarqalgan standart simmetrik algoritmi 
    DES (Data Encryption Standard). DES algoritmining kriptochidamligini oshirish 
    uchun ba‘zida uning kuchaytirilgan varianti ishlatiladi, uni ―uchtali DES algoritmi‖ 
    deb ataladi, u ikkita turli kalitlarni ishlatib uch martali shifrlashni o‗z ichiga oladi. 
    Simmetrik algoritmlarda asosiy muammo kalitlardadir. Birinchidan, ko‗p 
    simmetrik algoritmlarning kriptochidamligi kalit sifatiga bog‗liq, bu esa kalitlarni 
    hosil qilish xizmatiga yuqori talab qo‗yadi. Ikkinchidan, sirli yozishmalarning 
    ikkinchi qatnashchisiga kalitni uzatuvchi kanalning ishonchli bo‗lishi juda ham 
    muhim. n abonentli tizimda ―har biri har biri bilan‖ tamoyilida sirli axborotlar 
    bilan almashishni xohlovchilarga n
    kalitlar ta‘lab etiladi, ular hosil 
    qilinishi kerak va ishonchli ravishda taqsimlanishi kerak. Yaʻni kalitlar soni 
    abonentlar sonining kvadratiga proporsionaldir, abonetlar soni ko‗p bo‗lganda 
    masala juda ham murakkablashib ketadi. Bu muammoni ochiq kalitlarni ishlatishga 
    mo‗ljallangan nosimmetrik algoritmlar hal qiladilar. 
    6.4-rasm. Simmetrik shifrlash modeli. 
    Buzg‗unchi 
    Jо‗natuvchi 
    Shifrlash 
    Shifrdan chiqarish 
    Qabul qiluvchi 
    Y=F
    K
    (X

    X=F
    K
    (Y

    X- dastlabki 
    matn 
    Y- shifrlangan 
    matn 
    X- shifrdan 
    chiqarilgan matn 

    Х 
    Х 
    F- shifrlash/shifrdan chiqarish algoritmi, K- sirli kalit 


     
    411
     
    Ochiq kalitli kriptosxema modelida ham shuningdek uchta qatnashchi: 
    jo‗natuvchi, qabul qiluvchi, buzg‗unchi (6.5-rasm). Jo‗natuvchining masalasi ochiq 
    axborot kanali bo‗yicha himoyalangan ko‗rinishda qandaydir xabarni jo‗natishdan 
    iborat. Qabul qiluvchi o‗z tomonida ikki kalitni hosil qiladi: ochiq YE va yopiq D . 
    Yopiq kalit D (yana ko‗pincha shaxsiy kalit ham deb ataladi) ni abonent 
    himoyalangan joyda saqlashi kerak, ochiq YE kalitni esa kim bilan ximoyalangan 
    munosabatlarni quvvatlamoqchi bo‗lganlarning xammaga berishi mumkun. Ochiq 
    kalit ma‘tinni shifrlash uchun ishlatiladi, ammo shifrdan chiqarish uchun esa faqat 
    yopiq kalitdan foydalaniladi. Shuning uchun ochiq kalit ximoyalanmagan 
    ko‗rinishda jo‗natuvchiga uzatiladi. Jo‗natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitni 
    qo‗llab X xabarni shifrlaydi va uni qabul qiluvchiga uzatadi. Qabul qiluvchi 
    o‗zining yopiq kaliti bilan xabarni shifrdan chiqaradi. 
    Ayonki, sonlar, ulardan biri matnni shifrlash uchun ishlatiladi, boshqasidan 
    esa shifrdan chiqarish uchun foydalaniladi, ular bir-biriga bog‗liq bo‗lmasligi 
    mumkin emas, demak, ochiq kalit bo‗yicha yopiq kalitni hisoblab topish 
    imkoniyati mavjud. Bu haqiqatda shunday, biroq hisoblashlar uchun juda ham ko‗p 
    vaqt talab etiladi. 
    Ochiq va yopiq kalitlar o‗rtasida aloqa mavjud ekanligini quyidagi misol 
    orqali tushuntirishga harakat qilamiz. 



    Download 5,65 Mb.
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   354




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish