• Kalit sozlar
  • -MA’RUZA. PROGRAMMA TA’MINOTINING SIFATI VA ISHONCHLILIGI. TAKRORAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI.KO’CHIRISH XUSUSIYSTI.FUNKSIONALLIK




    Download 0.93 Mb.
    bet5/81
    Sana08.06.2023
    Hajmi0.93 Mb.
    #71250
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    Ovqat resepti
    Kiber xavfsizlik mavzukar va topshiriqlar, Azimov Aziz Obyektivka, СТИПЕНДИЯ НИЗОМ, meva sharbat majmua, Matematika o\'qitish metodikasi (1), Презентация1, Agrokimyo.Сатторов-Ж, O\'rtacha va kuchli shorlangan erlarni o\'zlashtirish texnologiyas, 1 маъруза, asosiy texnologik jarayon va qurilmalar (2), 1-topshiriqlar..., 10-Mavzu, 9-Mavzu, TGjFJ2Vy1INkZ4FuT72tTvy9SKIEIS96anVTRIn3
    3-MA’RUZA. PROGRAMMA TA’MINOTINING SIFATI VA ISHONCHLILIGI. TAKRORAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI.KO’CHIRISH XUSUSIYSTI.FUNKSIONALLIK.

    Reja:



      1. Dasturiy ta'minot ishonchliligi.

      2. Dasturiy ta'minot xavfsizligi.

      3. Dasturiy ta'minot ishonchliligi va xavfsizligining xususiyatlari.

      4. Dasturiy ta'minot xavfsizligining ehtimolligini boshqarish.



    Kalit so'zlar: Ishonchlilik, xavfsizlik, xususiyat, ehtimollik, boshqarish, mustahkamlik, himoyalanganlik, barqarorlik, xavf.
    Dasturiy ta'minot ishonchliligi. Dasturiy ta'minot tizimlarining hajmi va murakkabligi oshib borgani sari, dasturiy injiniring sohasida uchraydigan eng muhim talab bu - biz tizimga ishonishimiz mumkinligini ta'milash ekanligi oydinlashmoqda. Biz biror tizimga ishonishimiz uchun bu tizim talab qilingan ishga mos kelishi va bu ishni to'g'ri bajarishi kafolatlanmog'i lozim. Buning ustiga tizim xavfsiz bo'lsin, ya'ni bizning PC larimiz yoki ma'lumotlarimiz bu tizim orqali xavf ostida qolmasin. Bizning ushbu ma'ruzamiz ishonchlilik va xavfsizlik borasidagi muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
    Hisoblash tizimlari shaxsiy hayotimiz hamda ishlarimizga chuqur kirib borgani sari tizim va dasturiy ta'minot nosozligi oqibatida kelib chiqadigan muammolar ham ortib bormoqda. Masalan, elektron tijorat bilan shug'ullanuvchi kompaniyaning serveri dasturiy ta'minotida paydo bo'lgan nosozlik ko'p miqdorda yillik daromad boy berilishi, mijozlarning yo'qotilishiga sabab bo'ladi.
    Hozirda dasturiy ta'minot intensiv tizimlari hukumat, kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun juda ham zarur, shuning uchun keng qo'llanadigan dasturiy ta'minotlarga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri bu ishonchlilik bo'ladi. Dasturiy ta'minot talab qilingan vaqtda javob berishi , vazifani to'g'ri bajarishi hamda autorizatsiyalanmagan ma'lumotlarni oshkor etilishi kabi ishning maqsadiga to'g'ri kelmaydigan ta'sirlardan yiroq bo'lishi kerak. 'dependability' ya'ni 'ishonchlilik' termini 1995 - yilda Lepray tomonidan tizimining tayyorlik, mustahkamlik, xavfsizlik va himoyalanganlik xususiyatlarini qamrab oluvchi atama sifatida taklif etilgan edi.
    Quyidagi sabablarda ko'ra tizimlar ishonchliligi hozirda ularning barcha funsionalligidan ko'ra muhimdir:
    Tizim nosozligi ko'p sondagi insonlarga zarar keltiradi. Ko'pgina tizimlarning ichki funksionalligi kam ishlatiladi. Agar bu funksionalliklar ya'ni xizmatlardan biri tizimdan olib tashlansa oz miqdordagi foydaanuvchilar zarar ko'radi. Tizim yaroqliligiga zarar yetkazuvchi nosozlik esa bu tizimdan foydalanayotgan barcha iste'molchilarga zarar ketirishi mumkin. Nosozlik vaqtida normal ish yuritib bo'lmay qoladi.

    1. Foydalanuvchilar odatda mustahkam bo'lmagan, himoyalanmagan yoki xavfsiz bo'lmagan tizimlarni rad etadilar. Agar foydalanuvchilar tizimni ishonchsiz va himoyalanmagan deb topsalar, uni ishlatishdan bosh tortadilar. Bu narsa esa keyinchalik ushbu tizimni ishlab chiqargan kompaniyaning boshqa mahsulotlariga nisbatan ham foydalanuvchilar ishonchining so'nishiga olib keladi.

    2. Tizim nosozligi juda qimmatga tushishi mumkin. Yadro reaktorini nazorat qilish yoki airoplanlarni boshqaruvchi tizimlarga o'xshash tizimlarda paydo bo'ladigan nosozliklardan keladiga zarar, ularni boshqarishga sarflangan xarajatlar qiymatidan ham o'tib tushadi.

    3. Ishonchsiz tizimlar axborot yo'qotilishiga sabab bo'lishi mumkin. Gohida hisoblash tizimiga joylashtirilgan ma'lumotlar shu tizimning o'zidan-da qimmat bo'ladi. Yo'qotilgan ma'lumotlarni qayta tiklash esa yanada qimmat turadi.

    Ishonchli tizimni loyihalashda quyidagilarni e'tiborga olmoq lozim:

    1. Apparat ta'minotidagi nosozliklar. Tizim apparat ta'minoti o'zining qurilishidagi xatolar yoki biror ehtiyot qismning o'z vazifasini o'tab bo'lgani sababidan nosozlikka duchor bo'ladi.


    2. Download 0.93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA. PROGRAMMA TA’MINOTINING SIFATI VA ISHONCHLILIGI. TAKRORAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI.KO’CHIRISH XUSUSIYSTI.FUNKSIONALLIK

    Download 0.93 Mb.