• Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar
  • Topshiriq. “Men sevgan asar” mavzusida insho yozing.Unda badiiy tasvir vositalaridan kengroq foydalaning. 10-AMALIY MASHG‘ULOT




    Download 0,59 Mb.
    bet64/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    Topshiriq. “Men sevgan asar” mavzusida insho yozing.Unda badiiy tasvir vositalaridan kengroq foydalaning.


    10-AMALIY MASHG‘ULOT
    MAVZU: “IQTISOD VA HAYOT”. UMUMXALQ LEKSIKASIGA KIRGAN IQTISODIY TERMINLAR. ISH YURITISH TILI VA USLUBI. HUJJATLAR TARIXI MAVZUSIDA MATN TUZISH. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI. TASHKILIYHUJJATLARVA ULARNING TURLARI. FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI.


    Umumxalq leksikasiga kirgan iqtisodiy terminlar
    Iqtisodiyot terminologiyasining yuzaga kelish va taraqqiyot bosqichlarini, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida iqtisodiy terminlar quyidagi tarzda shakllanmoqda.
    1. O‘zbek tilida iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshladi: haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va boshqalar.
    2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtirilayapti, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatilmoqda: taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, yetakchi, yig‘im, qaydnoma, baho, xo‘jalik. Semantik-sintaktik usulda so‘z yasalishi natijasida boshqa sohalarga tegishli so‘zlar iqtisodiyot terminologiyasining mulkiga aylanmoqda: daromadning qoldig‘i, bozor hajmi, foyda miqdori, qiymat solig‘i, kreditning elastikliligi, talabning egiluvchanligi, o‘zgaruvchan narx, pul massasi, pul undirish, iqtisodiy o‘sish, yetakchi valuta, o‘rinbosar tovarlar, o‘rmalovchi inflyatsiya. Demak, yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida qo‘llanilyapti.
    3. Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar hisoblanadi: ijarachi, nazoratchi, moliyachi, iqtisodchi, iste`molchi, jamg‘arma, uyushma, ustama, undirma, tejamkor, tadbirkor, iqtisodiyot, hisobot, raqobat, ta’minot, bojxona, zarbxona, qarzdor, sarmoyador, mulkdor, xaridor, hissador, shartnoma, omonatnoma, so‘rovnoma, boylik, rentabellik, bebaho, befoyda, merosxo‘r, sudxo‘r, kirim, chiqim, bitim, to‘lov, o‘lchov, mulkchilik, tejamkorlik, unumlilik, aksiyadorlik.
    4. Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan bir qatorda fors-tojikcha, arabcha leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir: sarmoya, davlat, tijorat, tojir, maosh, mablag‘, sarkor, daromad, dastmoya, manfaat.
    5. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasi ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga ham boyib bormoqda: avans, aktiv, aksiz, budjet, birja, buxgalter, bank, balans, biznes, veksel, valuta, debitor, demping, dotatsiya, diler, zalm, kredit, kassir, litsenziya, lizing, menejment, saldo, tarif va boshqalar. Ba’zi ruscha-baynalmilal iqtisodiy terminlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi yoki muqobil varianti qo‘llanilmoqda: auksion - kimoshdi savdosi, barter - ayirboshlash, brakeraj - saralash, garant - kafil, defitsit - taqchillik, dolya - hissa, kapital - sarmoya, makler - dallol, oborot - aylanma, ssuda- qarz, schet - hisob.
    Terminlarning bir qismi tegishli ruscha-baynalmilal muqobil-larining o‘zbek tilidagi kal`kasi sifatida yuzaga kelgan. Umuman, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi mustaqillikdan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi va har lahzada yangi-yangi terminlar yuzaga kelmoqda. ko‘ngilni xotirjam qila olmaymiz. Chunki terminlarni tartibga solish masalasini barcha soha terminologiyalarida ham bir xilda olib borilyapti, deb bo‘lmaydi.



    Download 0,59 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriq. “Men sevgan asar” mavzusida insho yozing.Unda badiiy tasvir vositalaridan kengroq foydalaning. 10-AMALIY MASHG‘ULOT

    Download 0,59 Mb.