Topshiriq. Ish yuritish hujjatlarningahamiyati xususida fikrlaringizni yozma bayon qiling. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI




Download 0,59 Mb.
bet66/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Topshiriq. Ish yuritish hujjatlarningahamiyati xususida fikrlaringizni yozma bayon qiling.
HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI.
Muayyan muassasalarga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va yuqori mansabdor shaxs - jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bo‘yicha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, tuman (shahar) rahbariyatiga, xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib, hal qila oladigan har qanday idora, har qanday mansabdor shaxs nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning asosiy qismlari: - ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi - ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi (lavozimi), ismi, otasining ismi va familiyasi; - hujjatning nomi (ariza); - hujjat matni (taklif, iltimos, shikoyat); - arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati (agar zarur deb topilsa); - ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi.

- ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Shuni eslatib o‘tish joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi quyidagicha ko‘rinishga ega.


Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uning tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Xodimlarning ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida va diqqat-e’tibor bilan ko‘rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, qonunchilikning mustahkam garovidir.
Ariza, asosan, qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab arizaning matni katta bo‘lishi bilan birga unga ilovalar keltirilishi mumkin. Arizalar, aksariyat hollarda, shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham mavjud. Xizmat arizalari - fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Davo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalariga nibatan ko‘p qo‘llaniladi.

Download 0,59 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Topshiriq. Ish yuritish hujjatlarningahamiyati xususida fikrlaringizni yozma bayon qiling. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Download 0,59 Mb.