|
-topshiriq. Ish yuritish hujjatlarining ro‘yxatini tuzing.
2-topshiriq
|
bet | 69/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org1-topshiriq. Ish yuritish hujjatlarining ro‘yxatini tuzing.
2-topshiriq. Har bir hujjat turi bo‘yicha namuna yarating.
Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
Guvohnoma
Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarni, shuningdek, biror ishga (masalan, taftish o‘tkazishga) oid vakolatini ko‘rsatuvchi hujjat. Har bir kishi ishga qabul qilinganda kadrlar bo’limi (yoki kadrlar ishi bilan shug‘ullanuvchi lavozimdagi shaxs) dan guvohnoma oladi. Bunday guvohnoma yonda olib yurishga moslashtirilib, daftarcha shaklida tayyorlanadi.Uning zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi («Guvohnoma» so‘zi odatda muqovaga yoziladi).
2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi.
4. Lavozimi.
5. Guvohnomaning amal qilish muddati.
6. Idora rahbarining imzosi.
7. Shaxsning imzosi.
8. Surati.
9. Muhr (bir qismi suratga ham bosilishi kerak).
Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi.
Xizmat safariga jo‘nab ketish oldidan va qaytib kelgandan so‘ng o‘sha sanalarni ko‘rsatib, muassasa mansabdor shaxsi guvohnomaning tegishli joyiga imzo chekadi va muhr bosadi. Umuman, xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirishda muhrlar va imzolar bo‘lishiga alohida ahamiyat berish kerak, aks holda, xizmat safari bilan bog‘liq sarflar bo‘yicha hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini o‘tay olmaydi. Xizmat safari guvohnomasi maxsus blankaga rasmiylashtiriladi. Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi guvohnoma va shu turdagi boshqa guvohnomalarda uning muddati ko‘rsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va a’zolari imzosi bo‘ladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yozilishi kerak.
|
| |