|
O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua
|
bet | 71/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgNizom -ustav
Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilarning tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilish tartibini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tegishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasaning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi. Nizomning asosiy zaruriy qismlari:
1. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasaning (tarkibiy qismning) nomi.
2. Hujjat turining nomi (nizom).
3. Mazmuni (matni): muassasa tuzilishining maqsad va asoslari; asosiy vazifalari; muassasaning tuzilishi, huquqi, ishni tashkil qilish tartibi.
4. Muassasa rahbarining imzosi.
5. Sana va joy.
6. Tasdiqlash ustxati (yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi). Tashkilot tuzilishi bilan bog‘liq nizomlarda «muassasa rahbari imzosi» o‘rniga jamoa umumiy yig‘ilishi tasdig‘i sanasi qo‘yiladi, shuningdek, ularda tegishli hokimiyatda tasdiqlanadigan sana, qaror raqami ham qayd etiladi. Shu munosabat bilan ularda rekvizitlarning joylashish shakli umumiy shakldan o‘zgacharoq bo‘lishi mumkin. Ustav muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, vazifasini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan kengtushunchadir.
U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. Chunonchi, davlat nashriyotlari bo‘yicha namunaviy ustav qabul qilingan, shu asosda har bir nashriyot o‘z nizomini qabul qiladi. Ustavning zaruriy qismlari nizomning zaruriy qismlariga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ustavning mazmun qismida moliyaviy va moddiy bazalari, hisobot berish, taftish organlari ishining tartibi va shu kabilar ko‘rsatiladi. Tarmoq (soha)ning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning ustavida qo‘shimcha qismlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlari ustavida a’zolik haqidagi qoida: aksiyadorlik jamiyatiga a’zo bo‘lish, undan chiqish yoki chiqarish va shu kabi qoidalar bo‘ladi.
|
| |