O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




Download 0,59 Mb.
bet79/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Ma’lumotnoma
Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish - axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko‘ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Xizmat ma’lumotnomasi - muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axboriy xususiyatga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa, raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida tuziladi. Xizmat ma’lumnotnomasi o‘z navbatida ikkiga – ichki va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo‘linadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi - muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ish faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi.
Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo‘linma boshlig‘i, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, ish yurituvchi, oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin. Tashqi xizmat ma’lumotnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga ularning ko‘rsatmasi yoki talabiga muvofiq tayyorlanib, jo‘natiladi hamda xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Ma’lumotnoma sanasi u imzolangan va yo‘llangan kuni qo‘yiladi, chunki u jo‘natma hujjatlar daftarida qayd etiladi. Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo‘yiladi. Masalan, «Korxona ma’muriy-boshqaruv xodimlari soni haqida». Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlar taalluqli bo‘lgan sana alohida ajratilib, asosiy matn oldidan yoziladi. Masalan: «2000-yil 1-iyundagi holatga ko‘ra (muvofiq)» yoki «2000-yil 1-yanvardan 1-sentabrgacha bo‘lgan davr uchun» kabi. Ushbu ma’lumotlarni matn sarlavhasi tarkibiga kiritib yuborish ham mumkin. Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi: 1. Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi). 2. Hujjatning nomi (ma’lumotnoma). 3. Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xatboshidan yoziladi). 4. Asosiy matn (ma’lumotnomaning mazmuni). 5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi. Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma’lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo‘ladi. 5-ilovada ichki xizmat ma’lumotnomasi namunasi keltirildi. Shaxsiy ma’lumotnoma - muassasalar tomonidan fuqarolarning turmush va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimga - uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida; o‘quvchi va talabaga esa - qayerda o‘qishi haqida; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHDYO) va notarial idoralar hamda fuqarolar yig‘inlari raislari - shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikohda bo‘lganligi yoki ajrashganligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda); tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi - shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar - kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida; mahalla fuqarolar yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari raislari - shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar beradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma’lumotnomalar beriladi. Yuqoridagi ma’lumotnomalar zaruriy hisoblanadi. Biroq idoralarda ayrim mansabdor shaxslarning xohishi bilan, zarur bo‘lmagan kezlarda ham, ma’lumotnoma talab qilinadigan hollar uchrab turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va farmoyishlarida fuqarolarni ishga qabul qilishda va fuqarolarning maishiy talablarini hal qilishda buzilishlar, jumladan, fuqarolardan ko‘plab xilma-xil ma’lumotnomalar talab qilgan korxona va tashkilotlar rahbarlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari tanqid ostiga olingan. Ko‘pgina zaruriy ma’lumotlarni pasportdan, mehnat daftarchasidan yoki boshqa hujjatlardan bilib olish mumkin, binobarin, davlat va nodavlat tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, korxona, tashkilot va muassasalar zimmasiga ayrim zaruriy ma’lumotlar kishining shaxsi va mehnat faoliyatidan dalolat beruvchi hujjatlar ko‘rsatilganda tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan hollarda undan yozma ma’lumotnomalar talab qilmaslik majburiyati yuklatilgan. Shaxsiy ma’lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat ma’lumotnomasiga yaqin turadi, chunki u ham aksar hollarda xos ish qog‘oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozi (blanka)ga yoziladi. Ushbu ish qog‘ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi iboralar o‘z aksini topgan bo‘ladi. Shaxsiy ma’lumotnomalarda ular yo‘llangan idora yoki shaxs nomi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ma’lumotnomaning asosi matnidan so‘ng uning maqsadi: «Ish joyiga (yashash joyiga) ko‘rsatish uchun berildi», «Toshkentdagi 507-bolalar bog‘chasiga taqdim etish uchun berildi» tarzida ko‘rsatiladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda ma’lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda, yozuv mashinkasida yoki kompyuterda yoziladi va uning chap burchagiga korxona yoki jamoat tashkilotining to‘rtburchak muhri qo‘yiladi, uning qarshisiga - o‘ng tomoniga MA’LUMOTNOMA so‘zi yoziladi. Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: 1. Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi. 2. Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi. 3. Hujjat turining nomi (ma’lumotnoma). 4. Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi. 5. Ma’lumotnomaning matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni). 6. Ma’luotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etiladigan joy nomi). 7. Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi (lavozimi va familiyasi). 8. Muhr. Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan bo‘ladi. Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy ma’lumotnomalarga tegishli muassaning bosh (katta) hisobchisi ham imzo qo‘yishi kerak. Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo‘natma hujjatlar daftarida qayd etilib, xodimning qo‘liga beriladi.



Download 0,59 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

Download 0,59 Mb.