Topshiriq. Namunalar asosida tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma matni tuzing. Ishonchnoma




Download 0,59 Mb.
bet76/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Topshiriq. Namunalar asosida tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma matni tuzing.
Ishonchnoma
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi». Muayyan harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot nomidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi. Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra ishonchnomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir martalik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmatbaho buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar deyiladi (masalan, 2000-yil davomida sud (hakamlik) idoralarida korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador turli-tuman ishlarni amalga oshirish huqiqini beradi. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Mabodo, ishonchnoma berilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi tasdiqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarida ishonchnomaning barcha zaruriy qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va ko‘rsatmalar mavjud bo‘ladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda ishonchnomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri qo‘yiladi.
Moddiy boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish va berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarida korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi bilan rasmiylashtirilib, faqat shu korxona xodimlariga berilishi mumkin.
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:
1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.
2. Ishonchnomaning tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi).
3. Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirilayotgan) shaxsning lavozimi va to‘liq nomi (ismi, otasining ismi, familiyasi).
4. Qimmatbaho buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi.
5. Ishonchnomaning berilish sababi.
6. Ishonchnomaning amal qilish muddati.
7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.
8. Moddiy boyliklarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).
Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan, tuzatishlarsiz rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda, moddiy boyliklarni berishga ruxsat etilmaydi. Bunday ishonchnomalarni rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga rioya qilish, shuningdek, ulardan foydalanishni nazorat qilish korxona bosh (katta) hisobchisining vazifasidir. Ishonchnomalarning ikkinchi xili shaxsiy, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Bunday ishonchnoma bilan muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlarni olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga bo‘linadi. Odatda ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalar notarial idoralar, ular bo‘lmagan joylarda shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollari tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir. Bularga notarial idoralar rasmiylashtiradigan xilma-xil shartnomalarni (masalan, turar joyni hadya qilish, sotish, merosni o‘tkazib berish, mulkni boshqarish, yengil avtomobildan foydalanish, merosga haqdorlik huquqi haqidagi guvohnoma olish kabilar) amalga oshirish uchun yozilgan ishonchnomalar kiradi. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining nomlari qayd etilgan muhr qo‘yiladi. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarning boshqa turdagi ishonchnomalardan yana bir farqi shundaki, ularda hujjat nomidan keyin uning tuzilgan joyi va sanasi ko‘rsatiladi.

Tilxat
Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (tilxat)
2. Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zarurat bo‘lganda muassasa nomi);
c) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi);
d) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.


Download 0,59 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Topshiriq. Namunalar asosida tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma matni tuzing. Ishonchnoma

Download 0,59 Mb.