|
Topshiriq. Namunalar asosida ishonchnoma, tilxat, tushuntirish xati matni tuzing.
Dalolatnoma
|
bet | 78/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgTopshiriq. Namunalar asosida ishonchnoma, tilxat, tushuntirish xati matni tuzing.
Dalolatnoma
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, xatti-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadi. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya-xo‘jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llaniladi. Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatbaho buyumlami hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi. Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo‘lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag‘batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo‘ladi. Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buyrug‘i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo‘lishi shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo‘lgan kishilarning tashabbusi bilan tuziladi (3-ilova). Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1. Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). 4. Matn sarlavhasi. 5. Hujjat turining nomi (dalolatnoma). 6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar). 8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnomaning matni. 10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi). 11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmabaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Dalolatnomaning mazkur shaklida umumiy holat aks ettiriladi. Biroq ba’zi hollarda zaruriy qismlarning o‘rni boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin. Chunonchi, hujjat nomi varaq o‘rtasida, tuzilgan sanasi hujjat nomi ostida chap tomonda, tuzilgan joyi esa o‘ng tomonda yozilishi mumkin. Dalolatnoma matnining sarlavhasi o‘rganilayotgan va qayd etilayotgan voqea-hodisaning yoki holatning mazmunidan kelib chiqib qo‘yilishi kerak. Masalan: institut kadrlar bo‘limida hujjatlarning saqlanish ahvoli haqida Matn sarlavhasi «...haqida» shaklida bo‘lishi ham, shuningdek, bosh kelishikda {«....hujjatlarning saqlanish ahvoli») bo‘lishi ham mumkin.
|
| |