|
Topshiriq. O‘rganilgan har bir hujjat turi bo‘yicha namuna yarating.
FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI
|
bet | 73/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgTopshiriq. O‘rganilgan har bir hujjat turi bo‘yicha namuna yarating.
FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI
Farmoyish (распоряжение)
Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinidigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyishning matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘rniga «TAVSIYA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi. 20-ilovada farmoyish namunasi berildi.
Buyruqdan ko‘chirma
Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatlardan ko‘chirma - asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirmada buyruqning farmoyish qismidan faqat aniq holat uchun zarur bo‘lgan ma’lumot olinadi. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi. «Asliga to‘g‘ri» so‘zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.
Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.
Topshiriq. Farmoyish hujjatlarining faoliyat jarayonidagi ahamiyatini ko‘rsating. Farmoyish hujjatlari namunalarini yarating.
|
| |