OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Ro‘yxatga olindi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
№ ______________ _______dots.S.U. Xodjaniyazov
“____” ________2018- yil “____” __________2018-yil
«O‘ZBEK TILI »
FANI BO‘YICHA
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Bakalavriyat y‘nalishi: Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish (Rus tili guruhlarda)
Urganch – 2018
Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan __-avgust 2017-yilda tasdiqlangan fan dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchi: Sh.Niyazmetova
Taqrizchi: f.f.n. A.Atajonova
Mashg‘ulot turi
|
Jami soat
| | |
Amaliy mashg‘ulot
|
24
|
Mustaqil ta’lim
|
120
| |
Reyting
|
2
| |
Jami:
|
166
| |
Haftalik soati:
|
6
| |
Ishchi dastur “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasining 2018-yil __-avgustdagi №1 majlisida muhokama qilingan.
Kafedra mudiri: X.Bekchanov
Maxsus sirtqi bo’lim boshlig’i: S. Ko’palov
O‘zbek tili fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“O‘zbek tili” fanini o‘qitish O‘zbekistonda istiqomat qiladigan boshqa millat vakillarining davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni o‘rganishiga va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida muloqot yuritishga zamin yaratadi.
“O‘zbek tili” fani davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot yuritish, tilning orfoepik va imlo qoidalari,sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili, monologik va dialogik matn tuzish, nutq uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.
Fanning maqsad va vazifalari:
Dasturning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish tanlagan ixtisosliklari doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqlarini kasbiy terminlar bilan boyitish, o‘zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishishdir.
Dasturni tuzishda ana shunga e’tibor bergan holda muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish vazifasi qo‘yilgan.
Dasturni tuzishda oliy ta’limda davlat tilini o‘qitishni zamonaviy texnologiyasi inobatga olindi hamda talabalarning oldingi ta’lim bosqichlarida o‘zbek tilidan egallashlari shart bo‘lgan bilimlar ko‘lami va darajasiga asoslanildi.
Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar.
O‘zbek tili fani bo‘yicha talaba:
o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutq uslublari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
kasbiy terminologiyani, og‘zaki va yozma nutq xususiyatlarini bilish va ulardan foydalana olish;
matn yuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|