|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti
|
bet | 53/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiUchinchi asosiy masala: Bobur armonlari.
0’qituvchining maqsadi: Bobur xayotining so’nggi yillari haqida ma’lumot berish orqali talabalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Bobur muzaffar lashkarboshi, ulug’ imperatorligini biladi.
2.«Vatandin yaxshi yor o’lmas» maqolsifat xikmatining Bobur xayoti bilan bog’lik mazmunini ayting.
3.Bobur bunyodkor shoxligiga amin bo’ladi.
4.Bobur – Xind shoxi.
5.Bobur – o’z farzandiga fido bo’lgan ota.
3- asosiy masalaning bayoni:
Xindistonni egallagan vaqtidan boshlab biz uning Xind bo’ylab zafarli yurishlarda ko’ramiz. Mislsiz keng territoriya Bobur qo’l ostiga o’tib Evropa tarixchilari Bobur imperiyasini Buyuk mo’g’ullar imperiasi deb atadilar. Yaqindagina Samarqandda o’tkazilgan «Bobur va Boburiylarning jaxon tamaddunida tutgan o’rni » masalasidagi xalqaro konferentsiyada xindistonlik olimlar: «Biz Mug’ud imperiyasi» deb xato aytar ekanmiz. Bu nuqson bizdagi Evropa ilmi tufaylidir. Endi Boburiylar sulolasi va boburiylar imperiyasi deymiz» deyishdi.
Xind viloyatlarini boshqarishni katta o’g’li va ishonarli beklariga topshirdi. Shunchalik buyuk podsholik nasib etgach Bobur: «Bundan buyon meni podshox deb atanglar» deb formon chiqardi. Shuning uchun kechagi konferentsiya uning ismini «Boburshox» deb atash taklifini qo’ydi…
Ulug’ saltanat, Bobur xuzuriga olimlar va fozillarning Movarounnaxr va Xurosondan oqib borishlari: Xindistonda turkiy va forsiy adabiyotning gullab yashnaydigan bir davri boshlanishidan darak beradi. Boburning o’zi bu ishlar boshida bo’lib ayniqsa Xindistonning turli shaxarlarida yirik binolar, masjidlar, bog’-rog’lar, xovuzlar qurilishiga bosh-qosh bo’ldi.
Konferentsiya ishtirokchilaridan Xindistonlik olim: Shirni Mousiy «Bobur shoxligidan boshlab Xind podshoxi edi: chunki u Xindistonni yuksak koshonalar, bog’-rog’lar bilan to’ldirdi. Markazlashgan buyuk yengilmas davlat tuzishga bosh bo’ldi» dedi. Muximi, Xind olimi Boburni Xind shoxi, dedi, bosqinchi demadi!
Keyingi Boburiylar xam ota va boboning bunyodkorlik an’analarini davom ettirdilar va talay Toj Maxal singari olam binokorlik mu’jizalari bilan Xinddistonni bezadilar.
Biroq inson va shoir sifatida Bobur bu ulkan baxtdan qoniqmadi: g’ariblik yosh o’tgan sari o’zini sezdira boshladi:
Tole yo’q jonimga balolig’ bo’ldi,
Xar ishni ayladim xatoliq bo’ldi.
O’z yerni qo’yib Xind sari yuzlandim,
Yo rab, netaymi ne yuz karolig’ bo’ldi…
U ikkinchi takyagoxi Kobulda xam qolmokchi emas edi:
Bekaydmenu, xarobi siyim emasmen,
Yo mol yigishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat qildi Bobur, dersiz,
Andog’ demanggizki muqim emasmen.
Uning bir gal Andijondan keltirilgan qovun kesilishi ustida kqz-yoshi qilgani voqeasi qam bor…
Xindistonda Ibroxim Lodiyning onasi Bobur joniga qasd qilib oshpazlar yordamida zaxarlashga urindi. Bobur ziyrakligi tufayli, bir o’limdan qoldi…
Biroq xarbiy tashvishlar, Xind iqlimiga chidayolmagan xamsafarlarining mu’tadil iqlimlarga ketib qolishlari (Xoja Kalon singari), mustaqil Xind viloyatlari boshliqlarining xujumlari Boburni toliqtirdi. Ayniqsa o’g’li Xumoyunning og’ir xastaligi va buning uzoqqa tortishi otaning jon-jonidan o’tib ketdi. Va o’g’li uchun fido bo’ldi: Yirik kengashda Xumoyunni tuzatish maslaxati bo’lganda «eng qimmatbaxo narsani sadaqa qilish» so’zini vaziri Qosimbek aytadi. Bobur: «o’g’lim Xumoyun uchun mendan qimmatbaxo narsa yo’q. Men sadaqa bo’laman!» deb, o’g’li atrofidan uch aylanadi.
«Xar na darding bo’lsa men oldim. Sen sog’ayib tur»- deydi xar aylaganida. Va imon – e’tiqodi mustaxkam Bobur bir-ikki kunda og’irlashib yotib qoladi, Xumoyun esa sog’ayib ketadi… Bobur 1530 yilda Agrada vafot etdi.
|
| |