|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti
|
bet | 61/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiUchinchi asosiy masala: «Shayboniynoma» - tarixiy-jangnoma doston.
3 – asosiy savolning bayoni:
XVI asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy voqelik, temuriylar sulolasining tarix sahnasidan chiqib ketishi va shayboniylar avlodi hukmronligiga asos solinishi tarixnavislik hamda badiiy ijodda o'z ifodasini topa boshladi. Bundan manfaatdor bo'lgan Muhammad Shayboniyxon temuriylardan arazlab uning xizmatiga bel bog'lagan shoir-u olimlar, shuningdek, o'z saroyida faoliyat ko'rsatayotgan ijodkorlarni yuqoridagi voqelik tarixiga oid adabiy, tarixiy asarlar yozishga da'vat etardi. Natijada Mullo Shodiyning 76 bobdan iborat «Fathnomai xoniy» («Xonning g'alabasi») nomli manzumasi, Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» va «Futuhoti xoniy» («Xonning g'alabasi») nomli tarixiy asarlari, Ro'zbexonning «Mehmonnomai Buxoro» asari vujudga keldi. Bulardan tashqari, noma'lum muallif tomonidan «Tavorixi guzida - nusratnoma» deb ataluvchi nasr namunasi hamda Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostoni o'zbek tilida ijod etildi.
«Shayboniynoma» - Muhammad Shayboniyga bag'ishlangan doston bo'lib, uning temuriylarga qarshi yurishlari asarda o'z ifodasini topgan. Doston 76 bob, 8902 misradan iborat. Dostonning 16 bobi an'anaviy muqaddimadan tarkib topgan. Unda AHoh hamdi, munojot, Muhammad payg'ambarga bag'ishlangan na't (1-3-boblar), so'z ta'rifi (4-bob), Shayboniyxon aqlining, ilmining, faqri va sulukining, hilmining, Qur'on o'qurining, tab'ining, qilichining, jibasining, karamining, hunarining ta'rif-u tavsifi (5-14-boblar), kitob nazmining sababi (!5-bob) va Mullo Abdurahimning ta'rifi (16-bob)kabilar o'rin olgan. Asarning asosiy voqealari 17-bobdan boshlanadi. Bu boblarda 1499-1500-yillarda Shayboniyxonning Turkistondan Samarqandga qo'shin tortib kelishi, Samarqandni bosib olish uchun dastlabki urinishlarining barbod bo'lishi va chekinishi, Buxoro viloyatining hokimi Boqi Tarxon va uning qo'shinini Dabusiya qo'rg'onida (hozirgi Ziyovuddin yaqinida) qamal qilib Buxoroni bosib olishi voqealaridan boshlab, 1506-yilda Xorazmni bosib olib g'alaba bilan Buxoroga qaytishigacha bo'lgan voqeylik tarixiylik tamoyili asosida badiiy ifoda etiladi.
Dostonning yozilgan sanasi asarda ko'rsatilgan emas. Shayboniyxonning Hirotni egallashi va o'z nomiga xutba o'qitganligi voqeasi «Shayboniynoma»da ifoda etilmaganligiga ko'ra, uni 1506- yillarda yozilgan, deyish mumkin. Muhammad Solih asarning bosh qahramoni Shayboniyxc siymo sifatida haddan ortiq madh etadi. Dostonning to'rtinci ilohiy ne'mat sanalgan so'z ta'rifiga o'rin berilganidan so'n, «ishqi jahoni»-yu «g'ayb lisoni» bo'lgan, o'zi «oshiq»-u - «Tangrining soyasi» Shayboniyxon madhiga o'tiladi. «G'aybda Muhammad bo'l»gan Shayboniyxon, shoirning fikricha, har jihai yakto. U nafsi ustidan g'olib kelgan zot. Dini iymon yo'lida g'a. qiluvchi bu ulug' xonning niyati shariatga ziynat, ahli islomga quwt berishdan iboratdir. Tangri amrini jon qulog'i bilan eshituvchi bu xol adolatini ehson bilan namoyon qiladi. Shuningdek, muallif Shayboniyxonning Qur'on tilovat qilishi, ilmi-yu hilmi haqida quyidagi ehtirosli baytlarni bitadi:
Suyubon asrag'oni qur'ondur,
Yugurub quvlag'oni shaytondur.
Nafsini o'ziga dushman bildi,
Dushman o'lturmokini fan bildi.
Nuktasi nuktai qur'oniydur,
Majlisi — majlisi ruhoniydur.
Dardmandona chekibon ovoz,
Qilsa qur'on o'qimoqni og'oz.
Yig'Iatur tengrisevar qullarni,
Bog'Iatur dev kelur yo'llarni.
Dm ahlini ajoyib istar,
Jahl qilg'onni bag'oyat qistar.
Ishi-yu kuchi bori hilm bila,
So'zi-yu uni bori urn bila.
Muhammad Solih o'z hukmdori ta'rif-u tavsifini yuqoridagi ehtirosli baytlarda ifodalash bilan cheklanib qolmaydi. U «Hazrati imom uz-zamon, xalifat ul-rahmon Shayboniyxonning aqlining ta'rifidur», «U1 hazratning tengri inoyat qilg'on ilmining tavsifi», «U1 hazratning faqrining bayoni va sulukining dostonidur», «U1 hazratning hilmining hikoyatidur», «U1 hazratning qur'on o'qurining rivoyatidunlar, «U1 hazrat tab'ining maddohligi», «U1 hazratning qilichining madhguzorligi», ko'z oldida ta'riflanayotgan qahramon siymosidan ko'ra Shayboniyxonning maishiy buzuqligi ko'proq namoyon bo'lishi bois undagi badiiyat o'z kuchini yo'qotganday tuyuladi. Biroq yuqorida ta'kid etganimizday bunday g'ayri insoniy harakatlar Muhammad Solihning ham qalbiga u qadar xush yoqmagan. U ham «aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» qabilida ish tutib, o'sha ayanchli manzaralarning mubolag'aviy tasvirini berish bilan qalbiga taskin-tasalli bergan ko'rinadi. Ayni holatni ijodkor juda ko'p murojaat etgan qarshilantirish san'atiga murojaat misolida ham kuzatish mumkin:
Toshqori chu meva bisyor o'ldi,
Ichkori xalq dilafkor bo'Idi.
Toshqori meva sarosar pishti,
Ichkori ochtig'idin el shishti.
Oqibat qolmadi nomus elga,
Bo'ldi g'avg'o-yu g'alomus elga. (Samarqand qamali, 92-b.).
Umuman olganda, «Shayboniynoma» o'zining sodda va ravon uslubda yozilganligi, o'ziga xos badiiyati bilan XVI asr o'zbek mumtoz adabiyotida yaratilgan adabiy asarlardan ajralib turadi. U o'z davri o'zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo'lishi bilan ham ahamiyatlidir. Asar ijodkori dunyoqarashining murakkabligi, tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar tasvirida taraflcashlik, biryoqlamalik unsurlarining ko'pligidan qat'iy nazar, uning juda ko'plab lavhalari tarixiy haqiqatni tiklashga imkon yaratadi. Dostonning ayni jihatlari uning adabiy-tarixiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, «Shayboniynoma» - tarixiy-jangnomaning mumtoz adabiyotimizdagi ilk namunasi bo'lishi bilan ham katta ma'naviy-badiiy ahamiyatga molikdir.
|
| |