• 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
  • 1-asosiy savolning bayoni
  • O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti




    Download 1,2 Mb.
    bet55/155
    Sana10.01.2024
    Hajmi1,2 Mb.
    #133618
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   155
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti

    Asosiy masalar:
    1.”Boburnoma”- ham badiiy, ham tarixiy asar.
    2.”Boburnoma”da tarixiy va ijodkor shaxslar talqini.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Gulbadanbegim «Humoyunnoma», Mirzo Haydar «Tarixi Rashidiy», Hasanxo’ja Nisoriy «Muzakkirul ahbob», Rashid Rahmati Arad, Abdurauf Fitrat, Yahyo g’ulomov,Vohid Zohidov,Homil Yoqubov, Aziz Qayumov, Hamid Sulaymon, Said Aliyev, B.Valiyxo'jayev S.Hasanov, Muni La'l, Flora Anna Stil «Boburxon», Fernand Grenand «Bobur» , Harold Lemb «Bobur - sher», Vamber Gaskoni «Bobur va uning avlodlari yoki buyuk Mo‘g’ullar», Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov, Umarshayx Mirzo, Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmudxon, Ali Do’st tog’oy, Uzun Hasan. Jahongir Mirzo. Xoja Yahyo. Xoja Mavlono Abdullo qozi. Oysha Sultonbegim, Shayboniyxon, Boysung’ur Mirzo Sulton Ali Mirzo, Xusravshoh, Xonmirzo, Shoh Ismoil, Ibrohim Lo’di, Rano Sango, «Kobul devoni», «Hindiston devoni», «Xatti Boburiy», «Boburnoma», «Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya».



    1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: “Boburnoma” ham tarixiy, ham badiiy asar sifatida o’rganish.


    Identiv o’quv maqsadlari:
    1. Asarning badiiylik xususiyati haqida talabaga ma’lumot bera oladi.
    2.”Boburnoma”ning tarixiy asar sifatidagi o’rni haqida talabaga to’liq ma’lumot bera oladi.
    1-asosiy savolning bayoni:
    Zahiriddin Muhammad Bobur o’z davrining katta bilimdoni sifatida asrida mavjud bo’lgan barcha bilimlarni puxta o’rgandi va o’zlashtirdi. Undagi ana shu donishmandlik zarrama-zarra asarlariga ko’chib bordi. Xususan, o’lmas «Boburnoma»ga kelib muallifdagi keng qamrovli bilim zahirasi o’zining butun tajassumini topdi. Natijada qomusiy asar — «Boburnoma» vujudga keldi. Ushbu javohir xazinasi paydo bo’lgan zamonidayoq, o’zi va muallifiga beqiyos shuhrat keltirgan ediki, bu an'ana hozirga qadar davom etmoqda. «Boburnoma» va uning muallifi bu sha'n-u shavkatga to’la sazovor. Chunki, «Boburnoma» badiiy, tarixiy, yodnoma asar sifatida adabiyotshunos va tarixchi, tilshunos va urfshunos, tibbiyot va jug’rofiya sohasi, shuningdek, yana bir qator mutaxassislarga qimmatli ma'lumotlar bera oluvchi bebaho xazinadir. Shuning uchun ham bu asar turli davrlarda yashab, turfa tillarda so’zlashgan sharqshunoslar diqqatini jalb etdi, dunyo kengliklarida aks-sado berib keldi. Boburnoma»-Zahiriddin Muhammad « Boburning goh ixtiyoriy, goh majburiy tarzda janggohlarda kechgan sarguzashtlarining aql va ko’ngil mezonlarida o’lchangan esdaliklaridir. Bu tarixiy-badiiy asar 1494—1530-yillardagi, Bobur Mirzoning Farg’ona viloyatining hokimi bo’lganidan boshlab Kobulda o’zini podshoh deb e'lon qilgani va nihoyat, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solishi bilan bog’liq voqealarni o’z ichiga qamrab oladi. Asar dastlab «Vaqoye» nomi bilan atalganligini muallifning o’zi ruboiylaridan birida eslatib o’tadi:
    Bu olam aro ajab alamlar Har kim bu «Vaqoye»ni o’qur, bilg’aykim, Ne ranj-u ne mehnat-u ne alamlar ko’rdum. Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum.
    Bobur Mirzo esdaliklari keyinchalik «Voqeoti Boburiy», «Tuzuki Boburiy», «Tavorixi Boburiy», «Boburiya» tarzda atalib, nihoyat, «Boburnoma» nomi bilan shuhrat qozondi.
    Jahondagi eng nodir memuar namunasi sifatida e'tirof etilgan bu noyob durdonaning yozilishi tarixi haqida turli xil fikrlar bildirilgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar Bobur Miizo dastlabki yillardan boshlab o’z sarguzashtlari va turli xil tarixiy voqealarni xotira daftarlarida aks ettirib borgan va keyinchalik hayotining Hindiston davrida «Bobumoma»ni yozgan, degan fikmi ilgari suradiiar. Taniqli adabiyotshunos, akademik B. Valiyxo’jayev «Boburnoma»ning yozilish sanasi 925-hijriy — 1518-1519-yiIdan boshlanib, keyingi yillarda sodir bo’lgan voqealar tarixiylik tamoyiliga ko’ra ketma-ket yozib borilganligini keltirilgan asosli dalillaiga tayanib e'tirof etadi. Shuningdek, olim «Boburnoma»da hijriy 910, 915-924, 927-931-yillardagi, ya'ni 16 yillik voqealar bayonining uchramasligini mavjud qo’lyozmalardagi kamchiliklar sifatida emas, balki muallifiiing o’ziga xos uslubi sifatida baholaydi. Shu bois tadqiqotchi «Boburnoma»dagi 16 yilga tegishli bo’lgan voqealar bayonining uchramasligini asarning yaxlitligiga katta ta'sir ko’rsatmaydi, deya ta'kidlaydi. «Boburnoma» o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan nasr namunasidir. Unda ma'lum bir sanaga oid muhim bir voqea hikoya qilinadi, so’ng voqea sodir bo’lgan joy (viloyat, shahar)ga tavsif beriladi. Uning geografik o’rni, o’simlik va hayvonot dunyosi, xalqining urf-odatlari, yirik inshootlari o’quvchiga tanishtiriladi. Bo’lib o’tgan voqeaning asosiy ishtirokchilari xususida asarda niufassal ma'lumot keltiriladi. Chunonchi, muallif ularning tug’ilgan yili, nasl-nasabi, shakl-u shamoyili, xulq-atvori, urushlari, viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida bilganlarini bayon qiladi. Shu tariqa o’quvchi asarning bosh qahramonlari boshidan kechirgan jang-u jadallarni ko’z o’ngidan o’tkaza boshlaydi. Asarning sodda va ravon uslubda yozilganligi kitobxonni voqealargirdobiga chorlaydi. U XV - XVI asrdagi Muvarounnahr-u Xuroson, Afg’oniston-u Hindistondagi ko’plab tarixiy shaxslar, bu mamlakatlardagi turli viloyatlarning tabiati, shaharlari va ulardagi memoriy yodgorliklar, asar muallifming jang-u jadallardagi ruhiy holati bilan bir qatorda, uning bunyodkorlik faoliyati, ilm-u ijodi bilan yaqindan tanishadi.



    Download 1,2 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   155




    Download 1,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti

    Download 1,2 Mb.