O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti




Download 1,2 Mb.
bet80/155
Sana10.01.2024
Hajmi1,2 Mb.
#133618
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti

Qadding nozik, qoshing nozik, ko’zing nozik, labing nozik,
"" Tiling nozik, so’zing nozik, tishing durri Adan nozik.


Xatingdur sabzai rayhon, labingdur kavsar andomi,
Mijang bo’ston, yuzing gul, misli gulzori chaman nozik.


Uvaysiy, o’z-o’zingcha so’zlama, tiygil zaboningni,
Mabodo kelmasin nozik dilig’a so’zlagan nozik.

Saroy adabiy muhiti hamma shoir va shoiralardan, hatto demokratik ruhdagi Gulxaniy va Maxmur singari shoirlardan ham xon she’rlariga nazirago’ylik, radifgo’ylik qilishni talab etar edi. Xonning o’zi esa she’rlarida o’z hukmdorligini maqtash bilan birga, ko’proq gul, bulbul haqida va o’z ayshu ishrati, zavqu safosi haqida kuylar, go’zallarni madh etar edi. Chunonchi, Umarxonning:


Lab o’gur takallumga, zulfingni parishon qil,
Qand qimmatin sindur, narxi anbar arzon qil
misralari bilan boshlanuvchi g’azaliga o’nlab shoirlar nazira bog’laganlar:
Ey ko’z, ayla mardumdug’, ul sanamni mehmon qil,
V-ey shararfishon ashkim yo’liga charog’on qil. (Ado.)


Kelgil, ey quyosh yuzlik, fikri shomi hijron qil,
Furqating mariziman, vasling ila darmon qil. (Xijlat.)


Dilrabo, yuzing uzra kokulung parishon qil,
Husningga niqob o’lsun, maqsadimni pinxon qil. (Uvaysiy.)
Lekin bu misralarni durustroq tahlil qilmay, ularning mazmunini uqmay turib, Uvaysiy ijodi bilan saroy shoirlari ijodi orasidagi farqni also anglab bo’lmaydi. Uvaysiy g’azalnafisligida, jumladan radifgo’yliklarida mazmun, sharm-hayo, nomus va iffat masalalariga alohida e’tibor berilgan. Shoira " kokulni husniga niqob aylab, maqsadni pinhon tutush "ni xotirdan chiqarmaydi, chegaradanchiqib ketmaslik uchun o’ziga o’zi "tiyg’il zaboningni" deb uqtiradi. U har kimsaga hasrati dil qilavermay,"sohibi asror"ga so’zlashni maqsad qilib qo’yadi:
Vaysiy, dema har kimsaga sen hasrati dildan,
Hol anglatuvchi sohibi asror kelurmish.
Adabiyotshunosligimizda Uvaysiyning saroy shoirlari davrasiga kirib qolishi sabablari haqida turli xil fikrlar bor. B’zi manbalarda Uvaysiyning eri juda johil edi, shuning uchun Uvaysiy eridan ajralib , ma’lum vaqt otasi qo’lida qolgan va o’z iltimosiga ko’ra Qo’qonga yuborilgan. Qo’qonda otasining do’sti uni "kampir" libosida saroyga kiritib yuborib, shoirlar davasidan joy oldirgan deb yozilgan bo’lsa, boshqa manbalarda uning saroyga kelishiga Nodira sabab bo’lgan deyiladi. Ayrim manbalarda esa shoiraning o’zi to’ppa-to’g’ri saroyga kelib, she’rini ichkariga kiritib yuborgan va Umarxonni ham, uning dargohidagi shoirlarni ham qoyil qoldirganidan so’ng saroyga doxil bo’lgan deb yozilgan. Lekin bu farazlarning qaysi biri to’g’riligi hali aniqlanmagan. Har holda Uvaysiyning she’rlaridan shu narsa ravshanki, u shoirlar muhitiga dohil bo’lishni istagan, bunga Nodiraxonimning umr yo’ldoshi, Marg’ilon hokimi Umarxon bilan (1800-1809) shu yerda yashagan yillari, o’z she’rlari orqali ta’sir o’tkazib, do’st tutinib, imkoniyat ahtargan, Umarxon saroyidagi shoirlar bilan "kuch sinashmoqchi" bo’lgan. Xullas, Uvaysiy saroy shoirlari orasidan o’rin olgan. Uvaysiy zamondoshlaridan farqli o’laroq, Navoiy va Fuzuliy g’azallariga ajoyib muxammaslar bog’ladi, ularning g’oyalar, san’at va mahoratlarini ta’rifladi. Ammo bu iste’dodli shoira saroy doirasidan durustroq moddiy yordam ololmadi. Chunonchi, u xon tomonidan bir tanob yer berish to’g’risida qilingan va’da ham yolg’on bo’lib chiqqanligini zo’r alam bilan shunday yozadi:
Bir tanobona uchun man senga muhtoj o’ldum,
Na uchun ahli xirad eliga man toj o’ldum.


Bargi sabz ilima olmoqqa taraddud etdim,
Ey g’ani, davlatining oldidaki qalloj o’ldum.


Hasratim minnatidin nuqtai sharh etsam man,
Lashkari g’amga ajab turfaki toroj o’ldum.


Haddim ermas sagi qo’yungga Uvaysiy o’lsa duchor,
Bir tanobona uchun man senga muhtoj o’ldum.
Ko’rinib turibdiki, Uvaysiyni saroyga faqat shoirlar bilan "kuch sinash" istagi emas, balki tirikchilik o’tkazish tashvishi ham boshlab kelgan edi. U "ahli xirad eliga toj" bo’lgani holda muhtojlikda qolib, ilgiga "bargi sabz" ham ololmay, bir tanob yerga ham erisholmay, cheksiz g’am ostida qolgan va hukmdorning "sagi ko’yi"ga duchor qilingan edi. Shundan so’ng Uvaysiy saroydan ketib, o’gli Muhammad va qizi Quyoshxon bilan birgalikda dehqonchilik bilan kun kechira boshlaydi. Endi shoira dunyoning vafosizligidan nolib, shunday misralarni to’qiydi:
Avvalo, men ushbu dunyoning vafosin bilmadim,
Vojgun zolim falakning muddaosin bilmadim.
Shoira ko’p she’rlarida, saroy shoirlari she’riga, hatto xonning suyangan tog’laridan biri bo’lgan shoir Vazir she’riga bog’lagan muhammasida ham o’zining "ojizu zoru hazin"ligini bayon qilgan:
Donadek ko’mdi o’zin tufroq aro bo’ldi nihon,
Ojizu, zoru, hazing, garchi zaifu notavon.
Barham urdi to jahon bo’ldi Uvaysiyi zamon,
Shukrkim shah oldida bo’ldi Vaziri komron,
Ostoni dargahida qadri miqdorin ko’ring.
O’z devonida shoira ulug’ ayyomlardan birida "go’n" yo’qligidan o’g’li "Majnun" ko’chaga chiqa olmaganligi, "ko’ylak-la ro’ymol debon" qizi Quyoshxon yig’idan bosh ko’tarmaganligi sababli she’riy arznoma yozib, "shahanshoh"ni o’zidan ham, uning oldiga borganligi haqida quyidagilarni yozadi:
Id o’ldi bu kunki, ey shahanshoh,
Bo’lgilki bu xalq dilidin ogoh.


To’n deb to’kadi yoshini Majnun,
Qildi mani onchunon jigarxun.
Ko’ylakla ro’mol debon Quyoshim,
Oning yig’isidin qotti boshim.
Oz bo’lsa ham alarda giryon,
Qilg’ay edim ushbu sirni pinhon.
Oldinga kelibman ushbu soat,
San-sanki muqarrabi saxovat.
Vaysiy so’ziga qilmagin shak,
O’g’limga to’nu, qizimga mursak...
Bu masnaviyda shoirning shaxsiy hayoti va xalqning o’sha vaqtdagi hayotini o’rganishga aloqador bo’lgan yana ikki moment ko’zga tashlanib turadi. Birinchidan, "Oldingga kelibman ushbu soat" misrasidan shoiraning umrbod saroy muhitiga bog’lanib qolmagani, ikkinchidan,
Oz bo’lsa ham alarda giryon,
Qilg’ay edim ushbu sirni pinhon.
Misralaridan ko’z yoshi to’kkan Muhammad va Quyoshxon moddiy ahvolining og’irligi namoyon bo’ladi. Ma’lumki, O’rta Osiyo xonlari, jumladan Qo’qon xonlari, lozim ko’rganlarida, o’zlariga yoqmagan, amr-farmonlaridan chetga chiqqan, o’zlarining yaramas sirlarini fosh qilgan kishilarni darxol surgun qilish, qamchilash, darralash, hatto dorga osishdan qaytmas edilar. Xoljon otin(shoira Mag’ziy)ning aytishiga qaraganda, o’sha vaqtlarda Uvaysiyning Muhammadga ham bir joyda tinch bosh ko’tarib yurishiga mone’lik qilganlar. Bu alamli ko’rgilik munosabati bilan shoira farzandi, jonining "darmoni", "ko’zgu ko’ngli"ning ziyosini sog’inib, nola va fig’on tortib, quyidagilarni yozgan edi:
Bukun, ey do’stlar, farzandi jononimni sog’indim,
Gado bo’lsam na ayb, ul shohi davronimni sog’indim.


Musofirman, g’aribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudim darda to’ldi, emdi darmonimni sog’indim.


Tilimning zikriyu, ko’nglimning fikri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolg’izim, davlatli sultonimni sog’indim.


Kecha-kunduz yo’lig’a muntazirdurman, tikarman ko’z,
Kelib holim so’rubon ketsa, mehmonimni sog’indim.
Qorong’u bo’ldi olam ko’zima ushbu judolig’din,
Ko’zgu ko’nglum ziyosi mohi tobonimni sog’indim.
Buning ustiga Uvaysiyning 30 yoshlardagi qizi Quyoshxonning qiz ko’rib, dunyodan o’tishi g’oyat qattiq fojea bo’ldi. Endi ona yurtida o’zini "bevatan", kulbasini "baytulhazan" kabi his etgan g’arib ona va dil azoblarini quyidagicha bayon etadi:
Seningdek shahga mendek bir g’aribi bevatan yig’lar,
Sabab uldur ko’rib ahvolimi baytulhazan yig’lar.

Agar dardi dilim izhor qilsam bazm arosinda,
Qaroru sabr etolmay ulfatu ham anjuman yig’lar.

Uvaysiy ham qizini, ham o’g’li o’rnida qolgan yolg’iz nabirasi Xadichabibini (Xoljon otinning onasini) bag’riga olib, tarbiyalay boshlaydi. Lekin nevarasini 11 yoshga ham yetkazolmay, 60 yoshlarda (tahminan 1850 yillarda) vafot etadi.





Download 1,2 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   155




Download 1,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti

Download 1,2 Mb.