|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti
|
bet | 82/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiNazorat topshiriqlari:
1.Uvaysiy she’rlari badiiyatining qaysi unsurlarda ko’ramiz?
2.Shoira qo’llagan ma’naviy san’atlarni ko’rsata olasizmi?
3.Shoira g’azallarining mumtozligini ko’rsata olasizmi?
4.Uvaysiy ijodining ta’sirchanligini izohlab bering.
Uchinchi asosiy masala: Uvaysiy dostonlari.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Shoira ijodi haqida tassavvur hosil qiladi.
2. Uvaysiyning mumtoz shoira ekanligini biladi.
3. Shoira ijodi o’zbek mumtoz adabiyoti namunasi ekanligini isbotlab bera oladi.
4. Shoira she’rlari ma’naviy san’atlar bilan ziynatlanganini ko’radilar.
3 – asosiy savolning bayoni:
Uvaysiy "Shahzoda Hasan", "Shahzoda Husayn" nomli dostonlarni hamda "Voqeoti Muhammad Alixon" nimli she’riy manzumasini yozdi. Ikkila dostonning temasi ham Sharq adabiyotida Uvaysiygacha o’nlab-yuzlab shoir va yozuvchilar (ayniqsa islom dini muhiblari) tomonidan qalamga olingan edi. Bu temaning Uvaysiy tomonidan "ne maqsad bilan qalamga olingani" haqida o’rni bilan mulohaza yuritamiz.
"Voqeoti Muhammad Alixon". Bu asrda Muhammad Alining tug’ilishi, uning taxtga o’tirishi, Qashqarga harbiy yurish qilishi voqealari tasvirlangan. Dostonda tasvirlanishicha, Alixon Qashqarda ro’y bergan "g’azot" munosabati bilan u yerga harbiy yurish qiladi. Bunga ayrim vazirlari va saroy ahllari qarshilik ko’rsatishiga qaramay, u onasi Nodiraxonimdan ruxsat olib, yo’lga tushadi. Onasi o’z o’g’lini Marg’ilongacha kuzatib borib, safar natijasini shu yerda toqatsizlik bilan kutib qoladi. Dostonda Nodiraning sabrsizlik bilan xudoga sig’inib, o’g’lining salomat kelishini so’raganligi, uning kechalarni uyg’oq, kunduzlarni betoqat bo’lib o’tkazganligi tasvirlanadi. Chunonchi:
Ul kecha uyda bo’ldi bedor,
Hazrat oyim ki sarvraftor.
Xurshid kabi yuzni o’shal kun,
Qo’ydi, misoli bo’lidi majnun.
Asosan, masnaviy formasida yozilib, ora-sira g’azallar ham keltirilgan bu manzuma tugallanmay qolgan. Asarda Qashqardagi "g’azot" voqeasining natijasi nima bilan tugaganligi— Muhammad Alixon va boshqalarning safari haqida hech narsa bayon qilinmagan. Shuningdek, dostonning xom va sohta o’rinlari, ko’p baytlarining bo’shligi sezilib turadi.
Bu dostonda diniy rivoyatlar ko’pligidan qat’i nazar, unda Nodiraxonimning hamsuhbat zamondoshi tomonidan Nodiraga xos ayrim xususiyatlar ishonarli qilib tasvirlanishi g’oyat muhimdir. Chunonchi, dostonda Qo’qondan Marg’ilonga kelgunga qadar Nodiraxonimning ayrim kishilarga "saru po" berib, "g’aribu g’urabo"larni to’ydirganligi, "ehson" qilishda himmatli ekanligi, rahmdilligi, shafqat-muruvvati bilan darhol ko’zga tashlanib qolganligi hikoya qilinadi:
Ul kuni turib berib saru po,
To qildi ulug’lig’in bar a’lo.
Ser ayladi har g’arib g’urabo…
Ehsoneki beadad qilib ul,
To tushti Marg’ilona g’ul-g’ul.
Marg’ilonda intizorlikda qolgan Nodiraning ham, Tunqator onasining ham, Uvaysiyning o’zining farzandlarini sarosima bilan kutishi tasvirlangan hayotiy lavhalarda o’sha davr onalarining onalik dramatizmi ifodalangan.
|
| |