|
Uvaysiyning hayoti va adabiy faoliyati.
2
|
bet | 79/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti1. Uvaysiyning hayoti va adabiy faoliyati.
2. Uvaysiy – iste’dodli lirik shoira.
3. Uvaysiy dostonlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Uvaysiy, Xoljon otin, Umarxon, Xoljonbibi Mag’ziy otin, Nodira, Gulxaniy,Maxmur, qizi Quyoshxon, shoir Vazir, o’gli Muhammad, turmush o’rtog’i Hojihon.
Birinchi asosiy masala: Uvaysiyning hayoti va adabiy faoliyati.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Talabalar shoira hayoti bilan tanishadilar.
2. Shoira ijodining kamolotini kuzatadilar.
3. Uvaysiyni ayol, shoira, ona sifatida tasavvur etadilar.
4. Uvaysiy-mesenatligini biladilar.
1-asosiy masalaning bayoni:
Jahon otin Siddiqbobo qizi— Uvaysiy XVIII asrning oxiri va XIX asrning I yarmida yashab ijod etgan is’tedodli shoiradir.
Uvaysiyning faoliyati va ijodiy merosini o’rganishda adaboyitshunosligimiz xiyla katta yutuqlarga erishdi: yangi ma’lumotlar qo’lga kiritildi. Shu jumladan, Uvaysiy avlodidan bo’lgan kishilarning bergan ma’lumotlari ham muhimdir. Chunonchi, Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Sverdlov nomli kolxoz territoriyasida hayot kechirgan Xoljon otin Abduqodirovaning o’z ota-bobolari to’g’risida qilgan hikoyalari ana shunday muhim ma’lumotlardandir.
Xoljon otin hikoyasidan ma’lum bo’lishicha, Uvaysiy va uning farzandlari, nabiralari o’tmishda zamondan jabr-sitam ko’rib, juda og’ir sharoitda hayot kechirganlar.
Feodal hukmron doiralarning maddoh shoirlari xalqning ahvolidan ko’z yumib, Umarxonni ko’klarga ko’tarib maqtab she’rlar yozgan bir vaqtda, Uvaysiy she’riyat maydoniga zamona kulfatidan kuyganlarning bulbuligo’yosi bo’lib chiqib, fig’onu nola chekkan edi:
Zamona kulfatidin bu ko’ngil dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngil dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.
Jarohat bo’ldi bag’rim tig’i bedodi raqiblardin,
Bu ko’tohfahm mardumdin ko’ngil dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.
Uvaysiy "mehnat, alam, g’am-g’ussa giriftor bo’lgan dard eli" ning shoirasi sifatida:
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa,oshno Uvaysiyman.
Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
deb yozadi.
Uvaysiyning 4 nusxada ko’chirilgan devonlari ma’lum. 1960-yillarda topilgan bir devoni 404 betlik-5628 bayt, ikkinchi nusxa 161 betlik-2093bayt, 1870/71 yillarda ko’chirilgan uchinchi nusxa 228 betlik bo’lib, ular tarkibida she’riy janrlarning keltirilishi bir xil emas. Chunonchi, Xoljonbibi Mag’ziy otin qalami bilan ko’chirilgan qo’l yozmada keyingi ikki nusxa devonga nisbatan 300 dan ziyod she’r bor. Ular-g’azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, mustazodlardan tarkib topgan. Uvaysiyning Beruniy nomidagi institutning qo’l yozmalar fondida saqlanayotgan "Devon"ida 269 g’azal, 29 muhammas, 55 musaddas, 1 murabba va "Karbalonoma" yoki "Dostoni Hasan va Husayn", "Voqeoti Muhammad Alixon" nomidagi asarlar bor. "Devon"dagi baytlarning hammasi ham bir xil emas.
Uvaysiyning "Devon"ida mashuqaning o’z oshig’iga qarata aytgan latif va chiroyli misralari bor:
Jon tasadduq boshing uzra chirmagan dastoringa,
Bosh tasadduq so’zlagan shahdu shaker guftoringa.
Ko’z tasadduqdur sening xurshid tal’at husningga,
Qaddi dolim ham tasadduq chun alif raftoringa.
Qo’l tasadduqdur seni ul yaddi abyozingga ham,
Jon tasadduq etmagan kim ko’zlari xumoringga.
Bu misralar, ehtimol, shoiraning yoshligida bitilgan yoki yangi turmushga chiqqan paytlarida eri Hojihonga qaratilgandir. Ammo bu haroratli misralar, qachon to’qilgan bo’lmasin, ularning xotin-qizlar haq-huquqsiz bo’lgan, doimo tahqir ostida tutilgan bir sharoitda ma’shuqqa qarata yozilganligi shoiraning mardligi va zo’r jur’atidan dalolat beradi. Chunki o’tmish adabiyotida, jumladan XIX asr o’zbek adabiyotida, shoirlar ko’pincha ma’shuqani maqtab yozar edilar. Uvaysiy esa g’azalnafislikda an’anaday bo’lib qolgan bu odatni buzib, ma’shuqaning oshiqqa bo’lgan ishqini vasf etadi, mashuqaning jasorati, pok muhabbati, samimiy va beg’ubor his-tuyg’ularini tarannum qiladi, bu tuyg’ularni qalbining nozik torlaridan chiqqan yurak so’zlari bilan ravon ifodalaydi.
Uvaysiyning "Devon"idagi ko’pchilik she’rlarining tirik qahramoni ayol obrazi ekanligi Uvaysiy poeziyasini saroy shoirlarining poeziyasidan ajratib turgan eng muhim xususiyatdir. Ularda go’zallar vasf etilgan. Misol uchun uning nozik dilbar haqidagi latif baytlarini ko’zdan kechiraylik:
|
| |