• International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
  • O‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi istorizmlar jabborova Guljahon Mardanaqulovna




    Download 369,96 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana19.02.2024
    Hajmi369,96 Kb.
    #158815
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    istarizm va axratizmlar

    Kalit so‘zlar: istorizm, arxaik shakl, qobiliyat, intellektual rivojlanish, pedagoglik qobiliyat. 
    Kirish: Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad – muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy 
    taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada 
    tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi[14]. Ya’ni tarixiy xotira tuyg`usi to‘laqonli ravishda 
    tiklangan, xalq bosib o`tgan yo‘l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch 
    va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi. Yalpi axborotlashuv, 
    texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson kechmaydi[29]. O‘quvchi kerakli ma’lumotni tez va qulay 
    topish yo‘llarini izlaydi, o‘quv lug‘atlari uning yoshi, qiziqishlari, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini torta 
    oladi.
    Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Istorizmlar tarixini o‘rganish harakatlari Yevropa tilshunosligida ham, 
    ingliz tilshunosligida ham umumiy lug‘atchilik masalalarini o‘rganishdan ikki-uch asr keyin boshlangan. 
    O‘quv lug‘atlarini ilmiy asosda o‘rganish XVII asrda birinchi ingliz leksikografi S.Jonson, XIX asr boshlarida 
    fransuz tilshunoslari J.Dyubua, K.Dyubua, G.Matore, K.Bak, ispan tilshunosligida Y.Malkil ishlaridan 
    boshlanadi. Keyinchalik o‘zbek tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog‘ini takomillashtirish davlat 
    ahamiyatidagi masala sifatida kun tartibiga qo‘yiladi[30]. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o‘laroq o‘zbek 
    o‘quv lug‘atchiligi yuqori pog‘onaga ko‘tariladi va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Bunda P.N.Denisov, 
    L.A.Novikov, S.G.Barxudarov, V.V.Morkovkin, Y.N.Karaulov, M.A.Skopina, V.N.Sergeyev, V.A.Redkin, 
    A.V.Tekuchev, Z.A.Potixa, D.E.Rozental kabilarning xizmatlari katta bo‘ladi.


    International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education

    Download 369,96 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 369,96 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi istorizmlar jabborova Guljahon Mardanaqulovna

    Download 369,96 Kb.
    Pdf ko'rish