|
O‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi istorizmlar jabborova Guljahon MardanaqulovnaBog'liq istarizm va axratizmlarHosted from Berlin, Germany
https://conferencea.org June 5
th
2022
111
Yevropada o‘quv lug‘atchiligi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga to‘la erishib, bugungi kunda o‘quv lug‘atlarini
zamonaviy
takomillashgan
ko‘rinishlarini
yaratish,
ularni
elektronlashtirish
masalalari
bilan
shug‘ullanmoqda. Bu borada K.Petrova, I.V.Azarova, O.A. Mitrofanova, A.A. Sinopalnikova, I.G.
Gelfenbeyn, A.V. Goncharuk, V.P. Lexelt, A.A. Lipatov, V.V. Shilo, Y.N.Karaulov, Y.A. Sorokin,
Y.F.Tarasov, N.V.Ufimseva, G.A.Cherkasova va boshqalarning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim[15].
Boshqa tillarda bo‘lgani kabi umumiy lug‘atchilik masalalari o‘zbek tilshunosligida ham Z.M.Ma’rufov,
A.P.Hojiyev, S.F.Akobirov, H.Yusufxo‘jayeva, N.Alhamova, E.Umarov, A.Madvaliyev, T.Aliqulovlarning
ishlarida atroflicha o‘rganilgan. Biroq bevosita o‘quv lug‘atchiligi masalalari hozirga qadar maxsus tadqiq
etilmagan[32].
Tahlil va natijalar: Til taraqqiyotining ma'lum bir davrida muomalada faol qo‘llangan, lekin
keyinchalik shu so‘z ifodalagan predmet, voqea yoki hodisa o‘zining hayotiy faoliyatini to‘xtatgach, uni
anglatgan so‘z ham eskirsa, qo‘llanish darajasini susaytirib, yo‘qotib, tarixiy so‘zga aylanib qoladi. Demak,
tarixiy so‘zlar o‘zi atagan narsa yoki tushuncha iste'moldan chiqib ketganligi bois qo‘llanmayotgan leksik
qatlamdir[8]. Bu qatlam har bir davrda jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda yuzaga keladi, kamayib boradi.
Istorizmlar leksik, semantik, frazeologik xarakterga ega bo‘ladi. Eskirib iste'moldan chiqqan, o‘z sinonimiga
ega bo‘lmagan so‘zlarga leksik istorizmlar deyiladi: omoch, cho‘ri, yuzboshi kabi.
Istorizmlar tilning leksik tarkibidan tamoman chiqib ketmaydi, zarur payt-da nutqda qo‘llanib turadi, lekin
eskirganligi, unutilganligi sababli ma'nosi ko‘pincha izoh talab qiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksikasi tarkibidagi
batrak, amin, vasiqa, vaqarnoma, mudarris, charx, kansava, tanob, choriq, quloq kabi so‘zlar tarixiy so‘zlar –
leksik istorizmlardir[16].
So‘z ma'nosi anglatgan narsa, voqea, hodisalar eskirmay, uning ma'nosida yangilanish yuz berib, oldingi
ma'nosi istemoldan chiqsa, semantik istorizm deyiladi. Masalan, arbob – aristokrat, arbob – fan arbobi; saroy
– podsho qarorgohi, saroy – san'at saroyi; vazir – podshoning o‘rinbosari, vazir – mi-nistr; rais – shayxlar
rahnamosi, rais – jamoa xo‘jaligi boshlig'i kabi. Eskirib iste'moldan chiqqan, o‘z ekvivalentiga ega bo‘lmagan
iboralarga frazeologik istorizmlar deyiladi[17]. Masalan, madrasa tuprog'ini yalamoq, tarki dunyo
qilmoq holatlari hayotda mavjud bo‘lmasa ham, ularning ifodasi tarixiylik sifatida saqlanib qolgan
1
.
Jamiyat to`xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o‘tishi bilan mehnat qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining
yangi nusxalari paydo bo‘ladi, eskilarining ba‘zilari ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi
so‘zlar ham bora-bora juda kam qo‘llanadi yoki iste’moldan chiqib ketadi. Masalan, qadimgi o‘zbek qatlamga
tegishli ashu (qizil tuproq), ashuq (temir qalpoq, dubulg‘a), aqru (sekin) kabi so‘zlar eskirgan so‘zlardir.
Demak, qadimda nutqda faol qo‘llanilgan, bugun esa kundalik hayotda ishlatilmay qolgan so‘zlar eskirgan
so‘zlar deb atalar ekan
2
.
Tilshunoslikda eskirgan so‘zlar ikki guruhga ajratiladi: tarixiy so‘zlar; istorizmlar
3
.
1) tarixiy so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan
nomlaridir; bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: o`nboshi, ellikboshi, kanizak,
olampanoh, eshik og`ası, xalfa kabi[9].
2) istorizmlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan
nomlaridir; bunda so‘z eskiradi, lekin tushuncha eskirmaydi, boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qoladi,
bunday so‘zlar iste‘moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlardir. Agar buni ona
tilimizda ifodalaydigan bo‘lsak, qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan: rayon (tuman), ekspress
(tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir),
redaksiya
(tahririyat),
ulus
(xalq),
bitik
(yozuv)
va
h.
Bizning fikrimizcha, ushbu materialni o‘rganayotganda, istorizmlar haqida bir necha so‘z aytish kerak, ya'ni.
g'oyib bo‘lgan narsalar, hodisalar, tushunchalar nomlari: qo‘riqchi, zanjirli pochta, jandarm, politsiyachi,
hussar va boshqalar[18].
1
Аскарова М, Абдурахмонов Г ” Xoзирги узбек тили ” Тошкент 1986, 28-32 betlar
2
Judah Friedlander and Tracy Morgan in "Corporate Crush." 30 Rock, 2007, p 103
3
N.M. Shanskiy 1984 yilda ''Leksikonidagi eskirgan so'zlar"27-33 betlar
|
| |