Flyuksmetr deb, elektromagnit induksiya qonuniga binoan induksiyalangan zaryadni o’lchab, magnit oqimini aniqlashga imkon
beradigan qurulmaga aytiladi. Flyuksmetrning asosiy gismi galvanometrga ulangan N ta o’ramdan tashkil topgan sinov galtagidan
iborat (4-rasm). Galvanometr strelkasining og‘ishi
Ф magnit
oqimining o‘zgarishiga proporsional va oqimni hamda magnit maydon induksiyasi В ni o‘lchash mumkin.
Galvanometr zanjiridan o‘tuvchi induksion tok tashuvchi zaryadni aniqlash mumkin. Elektromagnit induksiya qonuniga asosan
d ,
i dt
Om qonuniga asosan galvanometr zanjirida induksiyalangan tok kuchi
I i ,
i R
bu yerda R -galvanomentr zanjiridagi umumiy qarshilik. Tok kuchi ifodasiga ko’ra
dq Idt
dt d ,
R R
q
R
d
1 R
.
R
(1)
Odatda, magnit oqimini o‘zgartirish uchun quyidagi usullarining biridan foydalaniladi:
magnit maydonda sinov g‘altagi 90 yoki 180 ga buriladi;
g‘altak, o‘lchanayotgan maydon sohasidan, nolinchi maydon sohasiga chiqariladi, yani galtak magnit maydonida harakatlantiriladi;
v) g‘altak tinch holatda qoldirilib, o‘lchanayotgan magnit maydoni o’zgartiriladi .
Ushbu laboratoriya ishida (5-rasm) ko‘ndalang kesim yuzasi S va o‘ramlar soni N bo‘lgan sinov g‘altagi, induksiya chiziqlariga perpendikular holda joylashtirilgan, magnit maydonni o‘chirib- ulanadi. Solenoiddagi tok kuchi (B) tok manbayi orqali hosil qilinadi. Solenoid zanjiriga (A) ampermetr ulangan.
Sinov g‘altagining solenoid ichkarisida joylashishi (x) masshtabli chizg‘ich orqali aniqlanadi.
Bu ishda harakatlanuvchi tizimli yuqori inersiya momentiga ega bo‘lgan ballistik galvanometr ishlatiladi.
Galvanometr ramkasining ballistik og‘ishi unda tok bo‘lmaganda sodir bo‘ladi, uning impulsini o‘lchanayotgan zaryad tashib o‘tadi. Tok impulsining davomiyligi sekundning yuzdan yoki mingdan bir qismini tashkil etadi.
Ballistik galvanometr nazariyasiga ko‘ra uning zanjiridan oqib o‘tuvchi zaryad miqdori, galvanometr qo‘zg‘almas tizimining birinchi og‘ishidagi bo‘limlar soniga proporsional (ballistik og‘ish).
q b , (2)
b – galvanometrning ballistik doimiysi.
Magnit maydon induksiyasi kattaligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
B Ф
NS
(1) va (2)ni hisobga olgan holda,
B Rq
NS
Rb NS
(3)
ifodani olamiz. Ya’ni В induksiya kattaligi galvanometrning ballistik og‘ishiga proporsional.
Ushbu ishdan maqsad В х orasidagi bog‘lanish grafigini olish.
(3) formuladan, В galvanometrning birinchi ballistik og‘ishi ga pro- porsional bo‘lgani uchun, х bog‘lanish grafigini chizish mumkin.
Ishni bajarish tartibi va o‘lchash natijalarini hisoblashga doir uslubiy ko’rsatmalar
Galvanometrning yorituvchi qurilmasi ulanadi va ko‘rsatishi "nol" holatga keltiriladi.
Sinash g‘altagini solenoid markaziga joylashtiriladi va П- pereklyuchatel yordamida solenoid zanjiriga tok berilib, ballistik og‘ish kuzatiladi. Solenoiddagi tok shunday tanlanadi, bunda
galvanometrning ko‘rsaishi ("0" ga yaqin bo‘lmasligi va juda katta bo‘lmasligi kerak). Agar ikki marta katta og‘ishlarni olish kerak bo‘lsa, u holda tokni o‘chirmasdan perpendikular yo‘nalishini, uni markazida ushlab turmasdan tez almashtirish kerak.
2 banddagi o‘lchashlar tokning bir xil qiymatida, lekin sinash g‘alta- gining har xil (tashqi tomondan har 1 sm da va solenoid o‘rta qismidan har 2-3 sm da) qaytariladi. Tokning o‘zgarmasligiga qarab turiladi.
Hamma o‘lchashlar tokning boshqa qiymatlarida qaytariladi, В va
I larning proporsionalligiga iqror bo‘lish kerak.
Quyidagi jadval to‘ldiriladi.
Ikkala grafikni millimetrli qog‘ozga chiziladi
В х, х
Magnit oqimi deb nimaga aytiladi? O‘lchov birligi nima? Nimalarga bog‘liq?
Berk sirt ichidan o‘tuvchi B vektor oqimini ta’riflovchi teoremani tushuntiring (Gauss teoremasi). Uning fizik ma’nosi nimada?
Elektromagnit induksiya hodisasini va uning qoidasini ta’riflang.
Induksion tok olib o‘tgan elektr miqdori nimaga teng (formulasini keltirib chiqaring).
Cheklangan solenoid magnit maydoni cheksiz uzun solenoid maydonidan nima bilan farq qilinadi? Bio-Savar-Laplas qonunidan va sirkulyatsiya teoremasidan foydalanib cheksiz uzun solenoid va cheklangan solenoidning (chetida va o‘rtasida)gi induksiyasini hisoblash formulasini keltirib chiqaring.
O‘zinduksiya hodisasini ta’riflang va uni ushbu ishda ishlatilishini tushuntiring? Induktivlik nima? Induktivlikning o‘lchov birligi? Solenoidning induktivligi nimaga teng?
Ballistik galvanometr yordamida magnit maydonni induksion usulda o‘rganish nimadan iborat? Ishni bajarish tartibini va usulini tushuntirib bering.
ADABIYOTLAR
Savelyev I.V. "Umumiy fizika kursi", II tom. Toshkent, "O‘qituvchi", 1983 .
Ismoilov M.I., Habibullayev P.K., Xaliulin M.G. Fizika kursi (Mexa- nika, elektr, elektromagnetizm). Toshkent, ”O`zbekiston”, 2000.
Ahmadjonov O. Fizika kursi, 2-qism, Toshkent, “O’qituvchi” 1985.
Трофимова Т.И. Курс физики. Москва. «Высшая школа» 1990.
Детлaф А.А., Яворский Б.М. Курс физики. Москва. «Высшая школа», 1989
Kalashnikov S.G.. Elektr. Toshkent, "O‘qituvchi", 1979.
M U N D A R I J A
Laboratoriya ishlarini bajarishda talabalarning vazifalari . . 3
Fizik kattaliklarni o‘lchashdagi xatolik turlari . . . . . . 4
Bevosita o‘lchash natijalarining xatoligi. Fizik kattaliklarning o‘rtacha qiymati, o‘lchashning mutlaq va nisbiy xatoliklariI . . . 6
|