|
Elektr zanjiri va uning elementlari
|
bet | 15/23 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 238,38 Kb. | | #124029 |
Bog'liq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi-hozir.orgElektr zanjiri va uning elementlari. Eng sodda elektr zanjiri elektr energiyasi manbaidan, elektr energiyani uzatuv-chi va qabul qiluvchi qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday qilib, elektr energiya manbai, tok o‘tishi mumkin bo‘lgan simlar va tokni qabul qiluvchi qismlardan tashkil topgan sistema elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjirni tashkil qilgan qismlarning shartli belgilar asosida ifodalanishi elektr sxema deyiladi.
Elektr toki va tokning kuchi. Zaryadlarning tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Zaryadlangan jismlarning tartibli harakatidan hosil bo‘lgan tokka konveksion tok deyiladi.
Metallardagi erkin elektronlarning tashqi elektr maydoni ta’sirida tartibli harakati natijasida hosil bo‘lgan tokka o`tkazuvchanlik toki deyiladi.
Tok kuchi deb, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida o‘tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi
I = dq . (1)
dt
Agar tokning kuchi miqdor va yo‘nalish jihatdan doimiy, ya’ni I=const bo‘lsa, (1) tenglama integral ko‘rinishga keladi
I = q . (1.a)
t
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O‘tkazgichning bir qismidan o‘tgan tokning kuchi, uning uchlaridagi kuchlanish U ga to‘g‘ri, qarshiligi R ga teskari proporsionaldir
I U . (2)
R
O‘tkazgichning qarshiligi uning uzunligi l ga to‘g‘ri, ko‘ndalang kesim yuzi S ga esa teskari proporsionadir, ya’ni
R l
S
(3)
bunda, - proporsionallik koeffitsiyenti, u metallning tabiatiga bog‘liq bo‘lib, solishtirma qarshilik deb ataladi.
Metallardagi zaryadli zarralarning ta’sirlashuvi o‘tkazgichning
temperaturasiga bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida o‘tkazgich elektr qar- shiligining o‘zgarishiga olib keladi. Bu bog‘lanishni ifodalash uchun qarshilikning temperatura koeffitsiyenti () tushunchasi kiritiladi.
Agar berilgan o‘tkazgich materialining To =273 oK (0 oC)
temperaturadagi solishtirma qarshiligi
0 bo’lsa, u holda uning ixtiyoriy
temperaturadagi solishtirma qarshiligining temperaturaga bog‘lanishi quyidagicha ifodalanadi
= o(1+T)= o[1+(T-T o)] (4)
U vaqtda (3) ga asosan o‘tkazgich qarshiligining temperaturaga bog‘lanishi quyidagicha bo‘ladi
R=R o(1+T)=R o[1+(T-T o)], (5)
bunda, R 0 - o‘tkazgichning T o=273 K (0 oC) temperaturadagi qarshiligidir.
(4) va (5) formulalardagi (1+T)=[1+(T-To)] ifodaga termik qarshilik binomi deb ataladi va o‘tkazgich qarshiligining R0 ga nisbatan necha marta o‘zgarishini ko‘rsatadi.
O‘tkazgichlar uchun yana xarakterli bo‘lgan parametrlar solish-
tirima qarshilik va qarshilikning teskari ifodasidan iborat bo‘lgan solishtirma va elektr o‘tkazuvchanlik ( , G ) dir
|
| |