• 1-kurs talabasi Mahmudov Abrorbek. ILMIY RAHBAR : Katta oqituvchi Karimova N.A REJA: I. KIRISH II. ASOSIY QISM
  • IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
  • O'zbekiston davlat konservatoriyasi "O'zbek musiqasi tarixi" kafedrasi




    Download 27.8 Kb.
    Sana08.06.2023
    Hajmi27.8 Kb.
    #70929
    Bog'liq
    Mahmudov Abrorbek O`MT-KURS ISHI
    2 KURS YN, 1242870, raximjonova Muslimabonu, Ózbekiston da konfessiyalar aro munosabat

    O'ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI
    "O'ZBEK MUSIQASI TARIXI" KAFEDRASI
    O'zbek musiqasi tarixi va nazariyasi” fanidan


    KURS ISHI

    MAVZU: O’zbek estrada san’atining rivojlanish jarayoni.

    Bajardi:Akademik ijrochilik fakulteti
    Akademik xonanda” bo'limi
    1-kurs talabasi Mahmudov Abrorbek.
    ILMIY RAHBAR : Katta o'qituvchi
    Karimova N.A
    REJA:

    I. KIRISH

    II. ASOSIY QISM

    2.1. O’zbekistonda estradani rivojlanishi
    2.2. Botir Zokirovning O’zbek estradasiga qo’shgan hissasi

    III. XULOSA

    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

    Estrada sanʻati kundan-kunga rivojlanib, oʻz muxlislari sonini koʻpaytirib bormoqda. Hozirgi kunda “estrada” nomi bilan yuritilayotgan musiqa namunalari tobora koʻplab tinglovchilar eʻtiborini oʻziga jalb etmoqda. Bugungi kunda radio- televideniye va turli bayram tantanalari dasturlaridan keng oʻrin olgan bu turdagi musiqa nafaqat yoshlarni, balki jamiyatimizning turli yoshdagi millionlab vakillari ongi va maʻnaviyatiga sezilarli taʻsir oʻtkaza boshladi.


    “Estrada sanʻati” shakllanishidagi ilk jarayon, bu sanʻat yoʻnalishini ifoda etuvchi va amaliyotda keng qoʻllanila boshlangan atamalar bilan bogʻliqligini eʻtirof etish lozimdir. “Estrada” (fransuzcha ESTRADA, lotincha STRATUM) atamasi aslida taxtadan pol qurish maʻnosini anglatadi. Shu bilan birga konsertlar oʻtkazish uchun maxsus qurilgan sahna(joy)ni bildiradi. Oʻzbekiston musiqa madaniyati koʻp yillik tarixga ega. Uning hozirgi kunda yoʻnalishlari va janrlari kengayib bormoqda. Har bir sanʻatning oʻz asosi boʻlganidek, oʻzbek estradasining ham asosi professional qoʻshiqchilikka asoslangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalq orasida «estrada», «estrada konsterti», «Estrada sanʻati» kabi atamalar isteʻmolga kirib kela boshladi. Bu Turkiston oʻlkasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan konstert guruhlarining chiqishlari bilan bogʻliq edi. XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekistonda tashkil etilgan «Ashula va raqs guruhi», «Mashshoqlar to‘dasi», «Musiqiy etnografik ansambl»larning xalq ommasiga ko‘rsatgan tomoshalarini «konsert», «estrada konserti» deb e‘lon qilish
    asta-sekin odat tusiga kirdi. Shu davrdan boshlab musiqachilar ahli va xalq orasida «konsert», «estrada», «ansambl» kabi atamalar xalq orasida ommalasha bordi. 1927-
    yili Ali Ardobus (Ibrohimov) Samarqand shahrida yosh havaskorlardan tuzgan «Ко‘k ko‘ylaklar» ansambl konsertini «estrada konserti» deb e‘lon qiladi. O‘zbekistonda zamonaviy milliy estrada san‘atini tashkil etilishi va rivojiga
    Tamaraxonim (1906-1987) o‘zining ulkan hissasini qo‘shadi. O‘zbekistonda Yevropa
    uslubidagi estrada san’atining turli xillari XX asming 40-yillaridan boshlab
    amaliyotga kirib keldi. Bu, asosan, Moskva va Leningrad shaharlarida bunyodga
    kelgan estrada orkestrlariga taqlid qilgan holda, rusiyzabon san’atkorlarning
    tashabbusi bilan respublikamizning yirik korxonalari madaniyat saroylarida paydo
    bo‘ldi. 1940-yil Toshkent shahrida M. Jolkov rahbarligida «Myuzik xoll» estrada
    jamoasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida 1942-yili estrada ansambili,
    1944-yili N. Zinin rahbarligida «Simfo-jaz orkestri» tuzdi. Ushbu ansambllarning ijro
    dasturi asosan rus kompozitorlarining qo‘shiq va cholg‘u musiqalaridan tuzilgan edi.
    Estrada sanʻati Oʻzbekistonda 1950-yillardan boshlab rivojlandi. Uning birinchi
    asoschilari Botir Zokirov va Enmark Salixovlardir. Shu kungacha sanʻatning bu
    yoʻnalishida juda katta yutuqlarga erishildi. 1958-yili Oʻzteleradio qoshida Estrada orkestri tashkil qilindi. Kompozitorlar Sh.Ramazanov, I.Akbarov, E.Salixov, M.Leviyev, M.Burxonov, E.Qalandarov, V.Milov va boshqalar avval xalq folklore qoʻshiqlarini estrada yoʻnalishiga moslashtirib, keyinchalik esa oʻzlari shu
    yoʻnalishda ijod qila boshladilar. Ularning yozgan qoʻshiqlarini Botir Zokirov, Luiza Zokirova, Yunus Toʻrayev, Raʻno Sharipova, Muhabbat Shamayeva va boshqa xonandalar kuylab ijod etganlar.
    Bu paytda mualliflik qoʻshiqlari bobida yetuk asarlardan biri Botir Zokirov
    ijrosidagi Mutal Burxonovning “Maftun boʻldim” asari boʻldi. Uning oʻsha yillar ijro
    qilgan “Goʻzal qiz”, “Arab tangosi”, “Muhabbat”, “Jayron” kabi turli millat
    qoʻshiqlari bugungi kun uchun ham namunaviy boʻlib turgan yangicha ohang tizimi
    milliy estrada qoʻshiqchiligidagi noyob topilmalardandir. Hozirda turli uslubiy
    yondoshish orqali ushbu qoʻshiq ijrosiga yosh estrada qoʻshiqchilarimiz murojaat
    etayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi.
    70-yillarning boshlariga kelib ommaviy musiqa san’atida yangi yo‘nalish - bit-
    musiqa ommalasha boshlanadi. Orkestr jamoasini faoliyatini saqlagan holda Botir
    Zokirov va Yunus To'rayevlar hamkorligida «Toshkent myuzik-xoll» ni tashkil topdi.
    Toshkent myuzik-xolli o‘z yo‘nalishida adabiy mazmun asosida, dramatik spektakllar
    orqali qiziqarli, rang-barang konsert dasturlarini tuzish va jamoaviy tarzda namoyish
    etish maqsadlarini amalga oshiradilar.
    Teatrlashtirilgan ssenariylar asosida konsert namoyishlarini tashkil etadilar. Eng
    muhimi o‘zbek estrada musiqasi ijrochiligi amaliyotida vokal-cholg‘u ansambllari
    tuzila boshlanadi, estrada xonanda va sozandalarining yangi avlodi tarbiyalanadi.
    Myuzik-xoll yosh xonandalar uchun haqiqiy estrada maktabi vazifasini o‘taydi.
    E. Salixov, A. Kalvarskiy, E. Qalandarov, G. Xoliqov kabi kompozitorlar bu
    yo‘nalishda samarali ijod qiladilar. Estrada san’atida yangi guruhlar va ijrochilar
    avlodi shakllanadi. Buning zaminida albatta o‘zbek estrada simfonik orkestrlarining
    samarali faoliyati, respublikada zamonaviy estrada musiqa san’atini rivojlantirishda
    alohida ahamiyat kasb etdi.
    Oʻzbek estrada musiqasi shakllanishi jarayonida anʻanaviy xalq musiqa namunalari muhim zamin boʻlgan. Bunda, asosan, ularning raqsbopligi, yengil ohang usullarida ijro etilgani qoʻl kelgan. Ayni payta bu holat oʻzbek estrada musiqasining
    milliylik asosini ham taʻminlovchi muhim vositalardan biri boʻldi desak, toʻgʻri
    boʻladi.
    Oʻzbek milliy estrada qoʻshiqchiligi tamal toshini qoʻygan Botir Zokirov va
    uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus Toʻrayev, Staxan Rahimov, Alla Iyoshpe va
    boshqalar oʻzbek estradasi sahnasida milily va nomilliy kuylash uslubini
    sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uygʻunlashtirishga erishganlar.
    Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan darvdan boshlab yaratilayotgan qoʻshiqlar
    Vatan, Istiqlol, tabiat, doʻstlik va muhabbat kabi mavzularda yozilgan. Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov raisligida Milliy estrada sanʻatini
    rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi. Kengash badiiy-musiqiy jamoalar oldiga bir qancha asosiy vazifalar va talablar qoʻydi.
    Qoʻshiqlarda aks etgan milliylik gʻururi, Vatanga sadoqat, milliy ohanglar tinglovchilar qalbida Vatan tuygʻusini yanada joʻsh urishiga zamin boʻlmoqda.
    Yulduz Usmonovaning «Dunyo», «O‘zbekiston», «Xalqim»,
    Nilufar Rahmatovaning «O‘zbek elim», marhum Nuriddin Haydarovning «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?», Sevara Nazarxoning «Vatanim», Gulsanam Mamazoitovaning «O‘zbekiston-ona tuproq» kabi qo‘shiqlari, mustaqillik davrining o‘ziga xos,
    yangicha talqindagi vatanparvarlik mavzusini barpo qildi. Bu mavzu san'atda eng qadimdan ulug’lanib kelgan.
    Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan san’atning deyarli barcha sohalarini yuksak baholaganlar. Afrosiyobdagi devoriy suratlar, Kamoliddin Behzodning mohirona mo‘yqalam tasvirlari; Alp Er To‘nga marsiyasi, xalq kuylari va boshqalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shunday bo‘lsa-da, mintaqamizga san’atning zamonaviy tarmoqlari oktabr inqilobidan so‘ng bo‘y ola boshlagan. Jumladan, 1917-1950-yillarda xalqimizning ko‘p asrlik, tarixan shakllangan, qadimiy an’analari negizida yuzaga kelgan boy musiqiy merosi
    xalq orasida keng yoyila boshladi. Xususan, aholini musiqiy havaskorlikka jalb etish va ular
    negizida to‘garaklarni tashkil qilish ishlari, aynan, shu davrdan rivojlana boshlagan.
    Musiqa folklori9 va og‘zaki an’anaviy professional musiqa deb yuritilgan xalq
    qo‘shiqlari va cholg‘u kuylari, mumtoz kuy va ashulalarini targ‘ib etishda professional
    hamda havaskorlik jamoalari shakllana boshlandi. Qolaversa, bir va ko‘p ovozli uslubiy
    yo‘nalishda o‘zbek estrada san’ati ham vujudga kela boshladi. Turli xil milliy vokal-cholg‘u
    ansambllar, “jaz”10 va “simfo-jaz”11 orkestrlari shakllanib, ijro etuvchi havaskor,
    professional sozanda hamda xonandalarning ilk, ya‘ni birinchi avlodlari yetishib chiqdi.
    “Estrada san‘ati” shakllanishidagi ilk jarayon, bu san’at yo‘nalishini ifoda etuvchi va
    amaliyotda keng qo‘llanila boshlangan atamalar bilan bog‘liqligini etirof etish lozimdir.
    Jumladan:
    “Estrada” (lotincha, stratum) atamasi, aslida, taxtadan pol qurish yoki sahna qurish
    ma’nosini anglatadi. Estrada fransuzcha yoki lotincha bo‘libgina qolmay, deyarli barcha
    tillarga kirib borgan. Masalan: ingliz tilida – estrada, rus tilida – эстрада, yunon tilida
    estrad, shved tilida – estradu, ispan tilida – estrados, polyak tilida – estradowa va hokazo.
    Estrada musiqaning muhim tarmog‘i bo‘lib, u ham o‘z navbatida turli qismlardan
    iborat:
    1. “Estrada konserti” – bir yoki turli xil san’at namunalari jamlanmasidan tashkil
    qilingan konsert tomoshasi, dasturi hisoblanadi.
    2. “Estrada san’ati” – musiqaning bir turi bo‘lib, ko‘p qamrovli, ko‘pincha, yengil
    cholg‘u va vokal musiqa asarlar yig‘indisi.
    3. “Estrada musiqasi”- turli xil mavzu va bir-biriga bog‘liq hamda o‘xshash bo‘lmagan
    mazmunda bastalangan yengil, rang-barang, xilma-xil qo‘shiq, cholg‘u musiqasi va, shu
    bilan birgalikda, musiqa san’atining bir turi hamdir.
    4. “Estrada bastakori” (kompozitori) - estrada musiqasini va insonlarning qalbiga
    xush yoquvchi kuylarini bastalovchi ijodkorning nisbiy nomi.
    5. “Estrada xonandasi yoki sozandasi” - ijrochi san’atkor, kasbiy mutaxasisning nisbiy
    nomi.
    6. “Estrada musiqa jamoalarining nomlari”- “Esrtada orkestri”, “Estrada-simfonik
    orkestri”, “Jaz orkestri”, “Simfo-jaz orkestri”, “Big-bend”, “Estrada vokal-cholg‘u ansambli”
    va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
    Hozirgi kunda zamonaviy estrada san’ati G‘arb uslubi va mintaqaviy xususiyatlar
    asosida shakllangan. Biroq, uning mamlakatimizga ilk kirib kelgan yillaridagi ko‘rinishi sokin, og‘ir-vazmin va kuylari sekinroq ijro etilgan. Botir Zokirovning ajabtovur ijrosi, “Yalla”guruhi va boshqa retro namunalaridan ko‘rishimiz mumkinki, estradaning dastlabki va
    hozirgi ko‘rinishlari kuylarning bastalanishi, ijro talaffuzi va tezligida anchagina farqlarga
    ega. Shunday bo‘lsa-da, makon va zamon bilan hamnafas ravishda ushbu yo‘nalishning
    rivojlanishi kishilarning intellektual yuksalishiga hamohang bo‘lib bormoqda. Xulosa. Maqolaning umumiy mazmuni estradaning o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘zbek estrada san’atining vujudga kelishiga bag‘ishlangan bo‘lib, undagi mazmunni tahlil qilish mamlakatimiz musiqa olamining nazariy jihatlarini namoyon etadi.
    Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda.
    Shu bilan birga, estrada san’ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san’atkorlarning o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Xalqimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar bilan bir qatorda, mutasaddi tashkilotlar va ba’zi estrada jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarning mas’uliyatsizligi oqibatida mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qo‘shiqlar ham konsert dasturlari, radio-telekanallardan o‘rin olmoqda, audio-video kassetalar orqali tarqatilib, ma’naviy tarbiya ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati va repertuarlarini muvofiqlashtirish yuzasidan Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi olib borayotgan ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi.
    O‘zbek milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalariga yo‘l ochib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, estrada qo‘shiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san’atining taniqli namoyandalari, “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, uning Nizomi (2-ilova) ma’qullansin.
    (1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-iyundagi PQ-653-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 306-modda)
    2. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangani e’tiborga olinsin:
    estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish; zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
    mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash;
    milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
    soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
    Xalqimiz qo‘shiq tinglashni hush ko‘radi dil tortar taronalar kayfiyatimizni
    ko‘taradi. Kimdir mumtoz yana kimdir estarada janrini eshitib qalbi yorishadi. Zero
    inson qalbiga qay tarzda kirib borib qanday iz qoldirish bu san‘atkorning ijro
    mahoratiga bog‘liqdir.Estrada haqida so‘z borar ekan estrada atamasi ―Estrada‖
    (ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy,
    musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi hisoblanadi. Ma‘lumki estrada san‘ati O‘zbekistonga kirib kelgach shiddatli tarzda
    tez ommalashdi va rivojlandi. Dastlab, ―Yalla‖, ―Paxtaoy‖, ‖Navo‖ va ―Sado‖ estrada
    guruhlari shakillandi. Ayniqsa, 80-90-yillardan boshlab jahon andozalariga mos turli
    rok, rep guruhlari tuzildi va o‘zbek estradasi yangi tamoyillar asosida misilsiz ravnaq
    topdi.
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
    Ta‘kidlash kerakki, o‘zbek estrada musiqasining asoschisi, o‘zbek milliy estrada san‘atining yirik namoyondasi Botir Zokirov edi. U muntazam ravishda o‘zbek milliy estrada san‘ati rivojida izlanishlar olib bordi.Ijodiy izlanishlar
    jaroyonida rus, horijiy, sharq estrada qo‘shiqlarini o‘zbek milliy qoshiqchilgiga
    uyg‘unlashib yangi qiyofa topishga muyassar bo‘ldi.Uning amalga oshirgan ijodiy
    ishlari keyinchalik o‘zbek estradasining mumtoz namunasi bo‘lib qoldi. Masalan
    ―Arab tangosi‖, ‖Habiba‖, ―Qochoq qiz‖ va boshqalar O‘zbekistonni butun dunyoga
    tanitdi.
    Darhaqiqat, estrada janriga Botirovlar suloasining mehnati ko‘p singan Bu
    haqida ham aytish joiz: Zokirovlar sulolasi- 20-asr Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga
    ulkan hissa qoʻshgan oʻzbek sanʼatkorlari oilasi. Sulola boshligʻi opera xonandasi
    Oʻzbekiston xalq artisti Karim Zokirov, oʻgʻli Botir Zokirov xonanda aktyor, rassom.
    Oʻzbekiston xalq artisti Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi
    (ijrochi)ligining asoschisi. Qizi Luiza Zokirova estrada xonandasi, oʻgʻli Navfal-
    Zokirov estrada xonandasi,oʻgʻli Farrux Zokirov – estrada xonandasi, aktyor va
    bastakor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan davlat "Yalla" ansambli xonandasi, badiiy
    rahbari Oʻgʻli Jamshid Zokirov — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist,oʻgʻli
    Ravshan Zokirov— xonanda, kelini Gavhar Zokirova— Oʻzbekistonda xizmat
    koʻrsatgan artist, Botir Zokirovning oʻgʻli Baxtiyor Zokirov— kinoaktyor.
    Download 27.8 Kb.




    Download 27.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston davlat konservatoriyasi "O'zbek musiqasi tarixi" kafedrasi

    Download 27.8 Kb.