|
O’zbekiston Finlandiya Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti talabasi. Zuhrobova Samiyaxon Soxibjon qizi
|
bet | 2/2 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 64,25 Kb. | | #132761 |
Bog'liq e323425d-d81a-4563-b107-9815bf1aad6f[tdi.uz]
Milliy uyg’onishga olib boradigon yo’l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o’tadi va bu faqat, poydevori mustahkam bir ta’lim tizimi bilan qilinishi
mumkin. Afsuski, ta’lim tizimini mustahkam poydevor asosida qura olmaydigon jamiyatning taqdiri halokatlidir. Mazkur loyihada, O’zbekistondagi ta’lim tizimining takomillashishiga, mamlakatimizni ilmiy-texnikaviy yuksalishiga, Finlandiya ta’lim tizimini o’rnak qilishim mumkin. Ko’plab stajirovka o’tamoqchi bo’lgan yoshlarni aynan Finlandiyada olib borishlarini xohlagan bo’lar edim.
Finlandiya va O’zbekiston ta’lim tizimimg o’xshashliklari va shu bilan birga Finlandiya ta’lim tizimining ustunligi.
Fin xalqi milliy uyg’onishga ta’lim orqali erishdi va uning XVF va BMT tadqiqotlari bo’yicha dunyodagi farovonlik darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar ro’yhatida birinchi o’rinda turadi. Ta’lim reytingida 149 mamlakat ichida uchinchi o’rinni egalladi. Bugungi kunda, O’zbekiston va Finlandiya xalq ta’limi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda. O’zbekiston, Finlandiya ta’lim tizimi bo’yicha o’qituvchilarni qayta tayorlash o’quv rejalarini va maktab yaratish bo’yicha tajribalarini o’rganishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlagan.
Finlandiyada va O’zbekiston o’rtasidagi ta’lim tizimlarini taqqoslasak, biz ikkala mamlakatda ham ta’lim bepul ekanligini bilamiz va o’quvchilar o’zlari tanlagan mavzuni tanlash huquqiga ega. Shuningdek, Finlandiyada o’qituvchilar bolalarni maxsus ko’nikmalarini va qiziqisharini rivojlantirishni qo’llab quvvatlaydilar, maktabda mazmunli ta’lim va tenglikka e’tibor qaratishadi va shu bilan birga tizimda professional o’qituvchilar dars beradi. Finlandiyaning xalqaro ta’lim sifati bo’yicha doimo birinchi o’rinni egallashining asosiy sabablaridan yana biri, maktablarda ham sinf o’qituvchilari Magstr darajasiga ega bo’lishlari shart, hamda talabalar standartlashtirilgan testdan 16 yoshga qadar topshirmaydi. Ijtimoiy jamiyat - ta’lim, madaniyat va bilimga asoslangan. Barchasini hisobga olgan holda Finlandiyaning ta’lim tizimi butun dunyodan farq qiladi va shu bilan birga u eng muvaffaqqiyatli hisoblanadi.
O’zbekistonda ham ana shu ta’lim islohotini, metodikasini qiziquvchan va intiluvchan yoshlarning fikr g’oyalarini moliyaviy rag’batlantirgan holda, Finlandiyaga stajirovkalarini amalga oshirish orqali O’zbekistonda ham Fin metodikasini kiritishni boshlash maqsadga muvofiq boladi.
|
| |