SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
324
qo‘shig‘i” (Y.Shomansur she’rlari), “Suv quydim gulimga” (S.Zunnunova she’ri), “Bog‘cha
kutar” (N.Toshpo‘lat she’ri), “Biz ekkan archa” (Q.Hikmat she’ri), “Alisher ismli bolalarga”
(B.Isroil she’ri), “Bog‘chamiz”, “Paytaoy”, “Qorbobo”, “Quvnoq bolalar qo‘shig‘i”
(H.Qayumov she’rlari) kabi juda ko‘plab bolalar uchun mualliflik qo‘shiqlarini bastalagan.
Serqirra ijodkor Fattoh Nazarov ijodiy faoliyatida yuzdan ortiq turli mavzularda
qo‘shiqlar yaratdi. Ayniqsa, bolalar uchun yozilgan qo‘shiqlari ustuvordir. “O‘zbekiston”
(M.Qoriyev she’ri), “Vatan mehri” (Shonazar she’ri), “Terimchi qiz” (Habibiy she’ri), “Mening
qalbim” (H.Rasul she’ri), “Qaydasan” (X.Muhammadjonov she’ri), “Qirg‘iziston” va “Kel, bu
oqshom” (Mirtemir she’rlari), “Do‘stlik qo‘shig‘i” (D.Polinin she’ri), “Chilonzor” (Oymirzayev
she’ri), “Durdona” (A.Toqomboyev she’ri), “Oy, muhabbat”» (K.Akayev she’ri), “Do‘stlik
qo‘shig‘i” va “Qaldirg‘och” (B.Ismoilov she’rlari), “To‘y taronasi” (Haydar she’ri), “Yor-yor”
(A.Bo‘riyev she’ri), “Lirik qo‘shiq” va “Bahodir jangchilar” (Kamtar she’rlari),
bolalar
qo‘shiqlaridan “Kichik paxtakor” (Shonazar so‘zi), “Sayra, bulbul” va “Archa” (Muhammadiy
she’rlari), “Qumrixon” (Boboyev she’ri), “Onaginamning allasi” (R.Bobojon she’ri),
“Maktabim”, “Yoz” va “Shodlik” (I.Muslim she’rlari), “Ohangaron” (Y.Qurbon she’ri), “Dono
bobo”, “Qish chog‘lari”, “Oyijon” va “Oltinko‘l” (P.Mo‘min she’rlari), “Bo‘z to‘rg‘ay”
(B.Ismoilov she’ri), “O‘yinchi laylak”, “Kichkintoylar qo‘shig‘i” (I.Muslim she’rlari),
“Dadajon” (Z.Obidov she’ri) va boshqa asarlarni bastladi.
Bolalar qo‘shiqlari deganda Sharif Ramazonov nomi muhim hisoblanadi. Jumladan
“Ozod diyorim”, “Tinchlik uchun”, “Go‘zal Farg‘ona” (A.Bobojonov she’rlari); “Raqqos”,
“Oltin ter”, “Toshkent gulshani” (O.Kamtar she’rlari); “Yayrayman” (M.Rahmonov she’ri), “Bir
o‘zimga havola” (T.To‘la she’ri), “O‘zbekiston” (A.Isroilov she’ri), “Andijonim” (X.Xo‘jayev
she’ri), “Terimchi qizlar taronasi” (A.Po‘lat she’ri), “Qutlayman” (E.Vohidov she’ri), “Raqsga
tushing, dugonalar” (B.Isroilov she’ri), “Bulbulcha”
bolalar xor jamoasi, “Paxtaoy” bolalar
estrada ansambli uchun “A’lochi” (X.Muhammadali she’ri), “Bugun bayram” (B.Isroilov she’ri),
“Qo‘zichog‘im”, “Bo‘shashmayman”, “Jiblajibon” (P.Mo‘min she’rlari) va boshqa qo‘shiqlarni
yaratdi.